Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Baliqlar va yirik qisqichbaqasimonlar bilan


Download 297.44 Kb.
bet95/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Pingvinlar nimlar bilan oziqlanadi?Baliqlar va yirik qisqichbaqasimonlar bilan.

Imperator pingvinining bo’yi va vazni qancha?Bo’yi 120 sm,vazni 45 kg.

Pingvinlar qanday hayot kechiradi?Koloniya bo’lib.

1Imperator pingvini necha gradus sovuqda tuxum qo’yib, bola ochadi?60 – 70 C

Sohil qushlari suv havzalarining qayerlarida oziqlanadi?Sayoz suv havzalarida,sohil yaqini va botqoqliklarda.

Sohil qushlarining qaysi organlari uzun bo’ladi?Bo’yni va oyoqlari.

Sohil qushlariga xos bo’lmagan xususiyat?Suvda suza olmaydi.

Laylaksimonlar turkumiga ta’rif bering?Ancha yirik, oyoqlari va tumshuqi uzun.

Oq laylakga ta’rif bering?Qanotlari keng va qora,oyoqlari uzun va qizil bo’ladi.

Laylaklarning uzun oyoqlari nimalarga imkon beradi?Balchiqda bemalol harakatlanishga, suvning ancha ichkarisiga kirib borishga.

Laylaklar qayerlarda qishlaydi?Janubiy va Markaziy Afrikada,Markaziy Amerika,Janubiy Osiyoda.

Oq laylak qayerlarga uya quradi?Yirik daraxtlarning shoxlariga va eski binolarning tomiga.

Oq laylak nimalar bilan oziqlanadi?Baqalar,sichqonlar,turli hasharotlar va kaltakesaklar bilan.

Laylaklar nima uchun muhofaza qilinadi?Foydali qush bo’lganligi va sonining kamayganligi.

Suv qushlarining qaysi organi ularni sovuqdan saqlaydi?Zich joylashgan va yog’lanib turadigan patlar va yumshoq parlar.

Suv qushlari qanday turkumlarni o’z ichiga oladi?G’ozsimonlar,pingvinlar va laylaksimonlar.

Yirtqich qushlar qanday turkumlarni o’z ichiga oladi?Kunduzgi yirtqichlar va yapaloqqushlar.

Yirtqich qushlar asosan nimalar bilan oziqlanadi?Umurtqali hayvonlar bilan.

Yirtqich qushlarning tana tuzilishi va hatti-harakati nimaga moslashgan?O’ljani qidirib topish va ushlab olish.

Yirtqichlarning uzun va o’tkir tirnoqlari ilmoqqa o’xshab qayrilgan bo’lib, nimaga moslashgan?O’ljani ushlash va o’ldirishga.

Yirtqichlarning qisqa, baquvvat va uchi pastga qayrilgan tumshug’i nimaga imkon beradi?O’ljasini etini yulib olishga.

Yirtqich qushlarning qaysi sezgi organi kuchli rivojlangan?Ko’zlari.

Qaysi qushlarning jufti butun hayoti davomida saqlanib qoladi?Yirtqichlar.

Yirtqichlar qayerlarga uya quradi?Daraxtlarga va baland qoyalarga.

Kunduzgi yirtqich qushlar turkumiga qaysilar kiradi?Qora kalxat,miqqiy,tasqara,jo’rchi,burgut,qarchig’ay.

Qora kalxat qayerlarda uchraydi?Vohalar,to’qaylar va tog’larda.

Daraxt bo’ladigan hamma joyda uchraydigan qush?Qora kalxat.

Uchib borayotgan kalxatni kalxat ekanligini qanday bilib olish mumkin?Ayri dumiga qarab.

Kalxat qayerlarda qishlaydi?Markaziy Afrikada va Janubiy Osiyoda.

Kalxat qaysi oyda uchib keladi?Mart oyida.

Kalxat juda foydali qush bo’lib nimalar oziqlanadi?Baqalar,kemiruvchilar,har xil hasharotlar shuningdek qushxonlarning tashlandiq va o’laksalari,mayda qushlar.

Havoda baland uchib o’lja axtaradigan qush?Kalxat.

O’lkamizda uchraydigan eng yirik yirtqich qush?Tasqara.

Tasqara tanasining uzunligi va qanotining uzunligi qancha?Tanasining uzunligi 1,5 m,qanoti esa 3 m.

Tasqaraning og’irligi?6 – 12 kg.

Tasqaraning qaysi organlarida patlari juda siyrak joylashgan?Boshi va bo’ynida.

Uchib ketayotgan tasqarani tasqara ekanligini qanday bilib olamiz?Keng va uzun qanotlaridagi oqish patlarining panjasimon yozilishi hisobiga.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling