Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


bo’lmali bo’lib, 2 ta qorincha va 2 bo’lmadan iborat


Download 297.44 Kb.
bet99/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Sutemizuvchilarning yuragi qanday tuzilgan?4 bo’lmali bo’lib, 2 ta qorincha va 2 bo’lmadan iborat.

Sutemizuvchilarning qon aylanish sistemasi qanday qon aylanish doiralardan iborat?Katta va kichik qon aylanish doirasidan.

Sutemizuvchilarning arteriya va vena qoni bir-biridan …ajralgan?Batamom.

Sutemizuvchilarning ayirish organlari qayerda joylashgan va nimadan iborat?Qorin bo’shlig’ida bel umurtqasining 2 yonida,loviya shakldagi 1 juft buyrakdan.

Buyraklarda hosil bo’lgan siydik nimalar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi?2 ta siydik yo’li,qovuq,chiqarish nayi.

Nima sababdan sutemizuvchilar organizimida moddalar almashinuvi juda jadal boradi?Nafas olish va qon aylanish sistemasining mukammal rivojlanganligi uchun.

Itning tana harorati o’rtacha nechaga teng?37 – 38 C

Sutemizuvchilar bosh miyasining boshqa umurtqali hayvonlardan farqi?Oldingi miya katta katta yarimsharlari ancha murakkab tuzilgan bo’lib, po’stlog’i burmalarni hosil qiladi.

Miya po’stlog’ida hujayralarni ko’p bo’lishi nimaga bog’liq?Burmalarga.

Hayvonlar hayoti davomida hosil bo’ladigan xar-xil shartli reflekslar miyaning qaysi qismi faoliyati bilan bog’liq?Miya po’stlog’i.

Sutemizuvchilarning qanday sezgi organlari bo’ladi?Hid bilish,eshitish,ko’rish,tam bilish,tuyg’u.

Quruqlikda yashaydigan sutemizuvchilarning qanday sezgi organlari yaxshi rivojlangan?Hid bilish.

Delfinlar va kitlarning qaysi sezgi organi kuchsiz rivojlangan?Hid bilish,biroq o’ljasini hidini tez payqaydi.

Tuproqda yashaydigan ko’rsichqonlarning qaysi sezgi organi kuchsiz rivojlangan?Ko’rish.

Sutemizuvchilarning eshitish organlari qanday qismlardan iborat?Ichki,o’rta va tashqi.

Sutemizuvchilarning tashqi qulog’i qanday qismlardan iborat?Quloq suprasidan va tovush o’tkazadigan yo’ldan.

Sutemizuvchilarning quloq suprasining vazifasi?Tovushni kuchaytirish va uning yo’nalishini aniqlash.

Sutemizuvchilarning qaysi sezgi organi qushlarnikiga nisbatan kuchsizroq rivojlangan?Ko’rish.

Qaysi sutemizuvchilar qushlarga nisbatan narsalar rangini yaxshi ajratadi?Maymunlar va odamlar.

Sutemizuvchilarda tuyg’u vazifasini nima bajaradi?Terisi va tananing turli joylarida joylashgan uzun va yo’gon qillar(mo’ylovlar).

Sutemizuvchilarda uzun va yo’g’on qillar tananing qaysi qismida joylashgan?Burun teshiklari va ko’zlari yaqinida.

Sutemizuvchilarning uzun va yo’g’on qillari nima deyiladi?Mo’ylovlar.

Sutemizuvchilarda qushlarga nisbatan kuchli rivojlangan xususiyati?Narsalar rangini va shaklini yaxshi ajratadi.

Sutemizuvchilarning terisi qanday sezgi organi hisoblanadi?Og’riq,harorat,tuyg’u.

Sutemizuvchilarda reflekslarning xilma-xil bo’lishi nima bilan bog’liq?Miya po’stlog’i faoliyati bilan.

Sutemizuvchilarning tuxum hujayrasi qayerda urug’lanadi?Tuxum yo’lida.

Sutemizuvchilarning tuxum hujayrasi qayerda yetiladi?Tuxumdonda.

Sutemizuvchilarning embrioni qayerda rivojlanadi?Bachadonda.

Qanday sutemizuvchilarda bachadon bo’lmaydi?Tuban sutemizuvchilarda.

Tuban sutemizuvchilarning urug’langan tuxumi qayerda rivojlanadi?Tashqi muhitda.

Homila nima?Bachadonda rivojlanayotgan embrion.

Homila nima orqali bachadon devori bilan bog’langan?Yo’ldosh orqali.

Oziq moddalar va kislorod ona qonidan homila qoniga nima orqali o’tadi?Yo’ldosh orqali.

Homiladorlik nima?Homilaning ona qornida rivojlanish davri.

Homiladorlik muddati va homila soni nimaga bog’liq?Hayvonlarning yashash tarziga.

Qayerda bolalaydigan hayvonlarning homiladorlik davri qisqa bo’ladi?Daraxtlar kovagi, in va pana joylarda.

Ochiq joylarda bolalaydigan, harakatchan hayvonlarda homiladorlik davri qancha davom etadi?Uzoq davom etadi.

Homiladorlik muddati uzoq davom etadigan hayvonlar nechta bola tu’gadi?1 – 2 ta.

Sichqonlar yiliga necha marta bolalaydi?5 – 8 marta.

Shoxli mollar yiliga necha marta bolalaydi?1 marta.

Sutemizuvchilarda sut bezlarining yo’li nima orqali so’rg’ichlarning uchiga ochiladi?Kichik teshikcha.

Sutemizuvchilarda so’rg’ichlar soni nimaga bog’liq?Hayvonlarning serpushtligiga.

3 - 8 tadan bola tug’adigan itlarda so’rg’ichlar soni?8 ta.

1 – 4 tadan bola tug’adigan echkilarda so’rg’ichlar soni?2 ta.

Sutemizuvchilarning suti tarkibida qanday moddalar bor?Suv,yog’,uglevod,oqsil,vitamin va mineral tuzlar.

Sutemizuvchilarning sudralib yuruvchilar bilan qarindoshligini ko’rsatadigan dalillar?Skeleti,muskullari,ovqat hazm qilish,nafas olish,ayirish,qon aylanish sistemalarining o’xshashligi,tuban tuzilgan sutemizuvchilarda kloaka bo’lishi.

Sutemizuvchilarning ajdodi?Yirtqich tishli kaltakesak.

Yirtqich tishli kaltakesak bundan necha yil oldin yashagan?200 – 300 ming yil.

Yirtqich tishli kaltakesakning sudralib yuruvchilarga o’xshashlik tomoni?Oyoqlari kalta,yo’g’on va uzun dumi bo’lishi bilan.

Yirtqich tishli kaltakesakning sutemizuvchilarga o’xshashlik tomoni? Oyoqlari tanasining ostida joylashganligi,tishlari bilan.

Sovuqqonli yirik sudralib yuruvchilarning qirilib ketib, ularning o’rniga issiqqonli sutemizuvchilarning paydo bo’lishiga sabab?Iqlimning sovib borishi.

Sutemizuvchilar tuzilishi, ko`payishi,bolasining rivojlanishi hususiyatlariga binoan qanday guruhlarga bo`linadi? Tuhum qo`yuvchilar, haltalilar va yo`ldoshlilar guruhlariga ajraladi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling