Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Baliqlar,molluskalar,qisqichbaqalar


Download 297.44 Kb.
bet103/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Tulenlar nimalar bilan oziqlanadi?Baliqlar,molluskalar,qisqichbaqalar.

Qishda tulenlar hayotida qanday jarayonlar kuzatiladi?Qirg’oqqa kelib tekis muzlikka chiqib oladi.

Urg’ochisi nechta bola tug’adi?1 ta ko’zi ochiq bola tug’adi.

Tulenlarning bolasini terisi nima bilan qoplangan?Oppoq momiq jun bilan.

Momiq junning vazifasi?Sovuqdan asraydi, uni mu ustida sezdirmaydi.

Tulenlarning bolasi qachon mustaqil suza boshlaydi?Momiq junlar to’kilib, dag’al jun bilan almashganda.

Dengiz mushugi qayerda yashaydi?Uzoq Sharq dengizlarida.

Dengiz mushuglarining podasi qachon bolalash uchun qirg’oqqa chiqadi?Yozda.

Urg’ochisi qancha bola tug’adi?Qora jun bilan qoplangan 1 ta bola tug’adi.

Dengiz mushugi qachon dengizga qaytadi?Bolalari o’sib suza boshlagach.

Tulen va morjlar nimasi uchun ovlanadi?Terisi va yog’i.

Dengiz mushigi nimasi uchun ovlanadi?Mo’ynasi uchun.

Morjning qaysi organi fil suyagi singari qadrlanadi?Qoziq tishlari.

Soni juda kamayib ketganligi tufayli qaysi hayvonni ovlash man qilingan?Dengiz mushugi.

Kitsimonlar qanday sutemizuvchi hayvonlar?batamom suvda yashashga o’tgan.

Kitsimonlarning qaysi suzgichlari bo’lmaydi?Keyingi suzgichlari.

Kitsimonlar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?Ko’k kit,kashalot,kasatka,oq biqin delfin.

Kitning uzunligi va vazni qancha?30 m, 150 t.

Kitlarning qaysi organi bo’lmaydi va nimalar bilan oziqlanadi?Tishlari bo’lmaydi, mayda planktonlar, qisqichbaqalar bilan.

Kitning yuqori jag’idan pastga qarab nimalar osilib turadi?Popuk muguz plastinkalar(kit mo’ylovlari).

Kit mo’ylovlarining vazifasi?Oziqlarni ushlab qolish.

Kit 1 kecha-kunduzda qancha oziqni yutadi?2 – 4 tonna.

Ko’k kit singari boshqa mayda jonivorlar bilan oziqlanadigan kitlar nima deyiladi?Mo’ylovli ya’ni tishsiz kitlar.

Tishli kitlarga qaysilar kiradi?Delfinlar,kashalotlar.

Tishli kitlarning tishi qanday shaklda bo’ladi?Konussimon.

Konussimon tishlar nima vazifani bajaradi?Oziqni ushlab turish.

Delfinning uzunligi qancha?3 metr.

Delfinlar o’ljasini topish uchun nimadan foydalanadi?Ultra tovushlardan.

Delfinlarning qaysi organlari kuchli rivojlangan?Bosh miyasi.

Delfinlar nima orqali o’zaro bir-biri bilan aloqa bog’laydi?Tovush signallari.

Halokatga uchragan delfin nima orqali boshqalarini yordamga chaqiradi?Tashvishli signal orqali.

Qaysi hayvonlarni ovlash man qilingan?Delfin.

Tuyoqli sutemizuvchilar qaysi turkumlarni o’z ichiga oladi?Juft va toq tuyoqlilar turkumiga.

Juft tuyoqlilarning barmog’i qancha bo’ladi?1 yoki 2 juft bo’lib, tuyoq bilan qoplangan.

Juft tuyoqlilar qanday guruhlarga bo’linadi?Kavsh qaytaradigan va kavsh qaytarmaydigan.

Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilarga ta’rif bering?Oyoqlari ancha uzun, oshqozoni 4 kamerali bo’lib,o’txo’r hayvonlar.

Kavsh qaytaruvchilarning oshqozonida qanday mikroorganizmlar yashaydi?Bakteriya va infuzoriyalar.

Bakteriya va infuzoriyalarning vazifasi?Klechatkaning hazm bo’lishiga yordam beradi.

Kavsh qaytaruvchilarning oziqlanishini tartib bilan ayting?Dastlab oziq chala chaynalgan holatda oshqozonga tushadi,u yerdagi mikroorganizmlar ta’sirida yengil hazm bo’ladigan holatga keladi va yana og’iz bo’shlig’iga chiqadi.U yerda tishlari yordamida parchalanib oshqozonga tushadi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling