Neyron qanday shakllarga ega?Doirasimon,yulduzsimon,oval,noksimon.
Neyronning hajmi qanchagacha bo’ladi?4 – 130 mikrongacha.
Odam organizmi tashqi muhit bilan chambarchas bog’lanishi qaysi sistema orqali boshqariladi?Nerv sistemasi.
Yuksak darajada tuzilgan hayvonlarning tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshi to’qima va organlarning fiziologik faoliyatini doimiy bo’lishini ta’minlaydigan omillar?Qon,qondagi qand miqdorining domiyligi,Ca , Na , Cl , K ionlarning miqdorining doimiyligi.
Magnit bo’ronining ta’siri qanday odamlarda ko’proq seziladi?Asab,yurak,qon-tomir,tayanch-harakatlanish a’zolari xastalangan odamlard.
Magnit bo’roni bilan xastalangan odamlar aholining necha foizini tashkil qiladi?17 – 25 %.
Magnit bo’roni bilan xastalangan odamlar qanday qoidalarga rioya qilishi kerak?Ko’p yurmaslik,jismoniy mashqlar bilan shug’ullanmaslik,asabiylashishdan saqlanish,issiq hammomda cho’milmaslik,shifokor tomonidan oldindan buyurilgan asabni tinchlantiruvchi dorilarni o’z vaqtida iste’mol qilib turish.
Tayanch-harakat sistemasi qaysi sistemalarni o’zichiga oladi?Skelet va muskul sistemalari.
Skelet sistemasi organizmda qanday funksiyani bajaradi?Tayanch(bu tufayli odam o’z qaddi-qomatini to’g’ri tutadi),himoya(ichki organlarni , qon tomirlarni va nerv sistemasini himoya qilish).
Suyaklarning ko’mik qismidan nima ishlab chiqariladi?Qonning shaklli elementlari(eritrotsitlar,leykotsitlar,trombotsitlar).
Mineral tuzlar deposi nima?Suyak
Odam skeleti nechta suyakdan tashkil topgan?206 ta.
Bosh miya qayerda joylashgan?Kalla suyagining miya qutisi ichida.
Ko’krak qafasi qaysi organlarni tashqi muhitning noqulay ta’siridan himoya qilib turadi?O’pkalar,traxeya va bronxlar,yurak va yirik qon tomirlarni.
Suyaklarning qaysi qismida qonning shaklli elementlari ishlab chiqariladi?Ko’mik qismida.
Odam skeletidagi 206 ta suyaklarning nechtasi juft,nechtasi toq?85 tasi juft 36 tasi toq.
Suyaklar tuzilishiga ko’ra qanday xillarga ajratiladi?Naysimon,g’ovak,yassi,g’alvirsimon.
Uzun naysimon suyaklar qayerlarda bo’ladi?Yelka,bilak,son,boldir.
Naysimon suyaklar necha xil bo’ladi?2 xil : uzun va kalta naysimon.
Bosh suyagi nechta suyakning birikishidan hosil bo’ladi?23 ta.
Bosh suyakdagi tepa, ensa, yuz, kurak, chanoq suyaklari qaysi suyak turiga kiradi?Yassi.
Odamning gavda skeleti necha qismdan iborat va ular qaysilar?2 qismdan; umurtqa pog’onasi va ko’krak qafasi.
Qo’l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari qaysi suyak xiliga kiradi?Kalta naysimon.
Umurtqa pog’onasi nechta suyakning birikishidan hosil bo’ladi va uning uzunligi?33 – 34 ta, 70 – 90 sm.
Uzun g’ovak suyaklarga qaysilar kiradi?Qovurg’a,to’sh,o’mrov.
Orqa miya qayerda joylashgan?Umurtqa pog’onasining kanalida.
Umurtqa va kaft suyaklari qaysi suyak xiliga kiradi?Kalta g’ovak.
Bosh suyagi necha qismga bo’linadi va qaysilar?2 qismga; miya qutisi va yuz suyaklariga.
Umurtqa pog’onasi qaysi qismlardan iborat?Bo’yin,ko’krak,bel,dumg’aza,dum.
Yuz suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?Yuqori jag’,pastki jag’,yanoq,burun,ko’z yosh,pastki burun chanog’i,tanglay,dimog’ va tilosti suyaklari.
Yuqori jag’, peshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g’alvirsimon suyaklar suyakning qaysi turiga kiradi?G’alvirsimon.
Do'stlaringiz bilan baham: |