Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet114/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Odam skeletining qaysi qismlari xilma-xil murakkab va nozik harakatlar bajaradi?Qo’lning yelka,bilak,kaftusti,panja va oyoqlari.

Odam barmoqlarining syakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi?16 – 20 yoshgacha.

Nima uchun hayvonlar bosh skeletining yuz qismi miya qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan?Chunki ular dag’al, qattiq oziq bilan oziqlanadi,bundan tashqari ularning jag’i hujum va himoya organlarining vazifasini ham bajaradi.

Organik moddalarning 2-nomi?Osseinlar(kollagen tolalar).

Tirsak suyagining pastki uchi qaysi suyakka borib birikadi?Bilak suyagining yoniga.

Suyaklarni yemiruvchi hujayralar nima deyiladi?Osteoklastlar.

Kichik liqildoqlar qayerda joylashgan?Tepa va ensa suyaklari o’rtasida.

Tepa va peshona suyaklari orasida nechta liqildoq bor?1 ta(katta liqildoq).

O’mrov suyagining suyakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi?20 – 25 yoshgacha.

Suyaklanish jarayonining sekinlashuviga qaysi vitamin yetishmasligi sabab bo’ladi? D vitamin.

Nima sababdan odamning oyoq suyaklari hayvonlarning orqa oyoqlariga nisbatan kuchli rivojlangan?Chunki odam tik yurishi tufayli tana massasi 2 oyoqqa tushgani uchun,bundan tashqari odam oyoqlari bilan xilma-xil va murakkb harakatlat bajaradi.

Odamning tik yurishi uning qaysi suyaklarining kattalashuviga sabab bo’lgan?Chanoq suyagi va chanoq bo’shlig’ining.

Odamning murakkab va nozik harakatlarni bajarishda ayniqsa, qo’lning qaysi barmog’i nihoyatda katta ro’l o’ynaydi?Qo’lning bosh barmog’i.

Muskullar necha xil bo’ladi?3 xil:ko’ndalang targ’il, silliq tolali, yurak muskullari.

Motoneyron bu …?Muskullarning harakatini ta’minlovchi nerv hujayrasi.

Odam tanasida qancha muskullar bor?600 dan ortiq.

Oliy nerv markazi qayerda joylashgan?Orqa,uzunchoq va o’rta miya markazlarida.

Markaziy falajlik qachon kelib chiqadi?Bosh miya po’stlog’idagi nerv hujayralarning ishi buzilsa.

Narvonsimon muskullar odam tanasi muskullarining qaysi guruhiga kiradi?Bo’yin muskullariga.

Odam tana massasini o’rtacha necha foizini muskullar tashkil qiladi?40%.

Periferik shol qachon vujudga keladi?Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilsa.

Qanday insonlarning tana massasini 50% ini muskul tashkil qiladi?Jismoniy mehnat va sport bilan muntazam shug’ullanuvchilarning.

Muskullar tana tuzilishi necha qismdan iborat va ular qaysilar?3 qismdan:bosh,qorin(tana),dum.

Nafas olishda va nafas chiqarishda ishtirok etadigan muskullar?Ko’krak qafasi muskullari.

Uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, duksimon shaklli muskullar qaysi muskul turiga mansub?Skelet muskullari.

Tashqi va ichki qanotsimon muskullar qayerda joylashgan?Og’izning ikki yonida.

Odam tanasi muskullari necha qismga bo’linib o’rganiladi?Bosh,bo’yin,gavda,qo’l va oyoq.

Bosh muskullari ishiga ko’ra necha qismga bo’linadi?Chaynash va mimika muskullari.

Chaynash muskullariga qaysi muskullar kiradi?Xususiy chaynash,og’izning ichki va tashqi qanotsimon,chakka muskullari.

Mimika muskullariga qaysi muskullar kiradi?Qoshning bir-biriga yaqinlashtiruvchi, ko’z va og’izning aylana muskullari,yanoq muskullari, pastki labning uchburchaksimon muskullari va yuqori labning kvadratsimon muskullari,kulgich muskullari.

Bo’yin muskullariga qaysi muskullar kiradi?Bo’yin teriosti muskullari,bo’yinning narvonsimon muskullari,to’sh va o’mrov so’rg’ichsimon,tilosti muskullari kiradi.

Gavda muskullari qanday guruhlarga bo’linadi?Ko’krak,qorin va orqa muskullarga.

Ko’krak qafasi muskullarini ayting?Ko’krakning katta va kichik muskullari,o’mrovosti,qovurg’alararo ichki va tashqi,diafragma va tishsimon muskullar.

Ko’krak qafasi muskullari qanday jarayonlarni amalga oshiradi?Nafas olish,nafas chiqarish,qo’llarning harakatlanishida.

Qorin muskullariga qaysilar kiradi?Ichki va tashqi qiyshiq muskullar,ko’ndalang muskullar,belning kvadratsimon muskullari,chov-kanal va qorinning tog’ri muskullari.

Qorin muskullari qanday vazifani bajaradi?Qorin devorini hosil qilishda,nafas harakatlarida,umurtqa pog’onasini bukishda,ichki organlar bosimini saqlashda,kuchanishda.

Qorin muskullari kimlarda yaxshi rivojlangan va qanday vazifani bajaradi?Ayollarda, tug’ish jarayonini yengillashtiradi.

Orqa muskullarga qaysi muskullar kiradi?Trapetsiyasimon,rombsimon,tishsimon,serbar muskullar,umurtqa pog’onasini yozuvchi muskullar.

Orqa muskullar qanday vazifani bajaradi?Umurtqa pog’onasini,kurak suyaklarini harakatlantirishda va gavadni rostlab turishda.

Qo’l muskullari nechaga bo’linadi?Yelka kamari va qo’l muskullari.

Yelka kamari muskullariga qaysi muskullar kiradi?Deltasimon va kurak sohasidagi muskullar.

Qo’l muskullari qanday muskullarga bo’linadi?Yelka,bilak,panja.

Yelkaning ichki yuzasida necha boshli muskul joylashgan?2 boshli.

Yelkaning tashqi yuzasida necha boshli muskul joylashgan?3 boshli.

Panjani bukilishida qaysi muskullar qisqaradi?Bilakning ichki sohasidagi.

Panjani yozilishida qaysi muskullar qisqaradi?Bilakning tashqi sohasidagi.

Oyoq muskullari qanday muskullarga bo’linadi?Son,boldir va oyoq panjasi muskullariga.

2 boshli muskul oyoqning qaysi qismida joylashgan?Sonning orqa tomonida.

Sonning old qismida necha boshli muskul joylashgan?4 boshli.

Boldirning orqa yuzasida necha boshli muskul joylashgan?3 boshli.

Axil payi qayerda joylashgan?Boldirning orqa sohasidagi 3 boshli muskullarda.

Muskullarning tashqi tomondan o’rab turuvchi parda nima deyiladi?Fastsiya.

Fastsiya bilan muskul paylari orasida muskulning harakatini qulaylashtiruvchi qanday suyuqlik bo’ladi?Sinovial suyuqlik.

Skalet muskillarning ishi necha xil bo`ladi va ular qaysilar? 2 xil bo`ladi, statik va dinamik.

Muskullarning statik holati qanday? Odam tanasi va uning ayrim qismlari, malum vaqt davomida zarur bo`lgan vaziyatni saqlash.

Muskullarning dinamik ishi qanday? Odam tanasi va uning ayrim qismlari har-xil harakatlarni bajaradi.

Muskullarni charchashi nima? Ma’lum vaqt davomida ish bajarish, natijasida muskullarni charchashi.

Muskullarning charchashi sabablari qaysilar? * - Uzoq vaqt davomida qo`zg`alish vaqtda miyaning muskul ishini boshqaradigan nerv hujayralari charchaydi, ular qo`zg`alish jarayoni pasayadi, hujayralar tormozlanish holatiga o`tadi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling