Muskul to`qimasi necha xil bo`ladi va qanday? 3 xil:ko`ndalang targ`il, silliq tolali, yurak muskullari.
Muskul tolasining qisqarish-yozilish xususiyatini nimalar taminlaydi? Hujayralardagi miofibril tolachalari.
Nima uchun skelet mukullari deb ataladi? Skelet suyaklariga bevosita birikkanligi uchun.
Qaysi muskul to`qimasining harakati odam ixtiyoriga bog`liq? Skelet muskullari.
Silliq tolali muskul hujayrasi qanday shaklda bo`ladi? Duksimon
Silliq tolali muskul tolasining uzunligi qancha? 0.1mm.
Silliq tolali muskullarning hujayrasi qanday qismlardanlardan tashkil topgan?Hujayrasida 1 yadro va sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan kalta-kalta miofibril ipchalari bo’ladi.
Silliq tolali muskullar qayerlarda joylashgan?Nafas olish organlari,oshqozon-ichak,siydik chiqarish yo’llari,qon va limfa tomirlarida.
Qaysi muskullarning faoliyati odam ixtiyoriga bog’liq emas?Silliq tolali va yurak muskullari.
Yurak muskullari tuzilishiga ko’ra qaysi muskullarga o’xshaydi?Ko’ndalang yo’lli muskullarga.
Yurak muskullari ish-faoliyat jihatdan qaysi muskullarga o’xshaydi?Silliq tolali.
Nerv to’qimasi qayerda joylashgan?Bosh va orqa miyada.
Qaysi to’qima ikki xil hujayradan tashkil topgan?Nerv to’qimasi.
Nerv to’qimasini tashkil qilgan hujayralar nomini ayting?Neyron va neyrogliya.
Nerv to’qimasi bajaradigan vazifasiga ko’ra necha xil bo’ladi va ular qaysilar?2 xil : sezuvchi va harakatlantiruvchi.
Neyronning boshqa hujayralardan farqi nimada?Mambrana va sitoplazma hamda yadrodan tashqari 1 ta uzun va 1 nechta kalta o’simtalari bor.
Hujayralari orasida elastik tolalar ko’proq bo’lgan to’qimalar qanday ta’sirlarga chidamli bo’ladi?Cho’zilish,bukilish,tortilish.
Akson bu…?Nerv hujayrasining uzun o’simtasi.
Muskul to’qimasining asosiy xususiyatini ayting?Qo’zg’aluvchanlik va qisqaruvchanlik.
Sezuvchi neyronning uzun o’simtalari tananing qaysi qismlaridan chiqadi?Orqa va bosh miyadan.
Orqa va bosh miyadan chiqqan sezuvchi neyronning uzun o’simtalari qanday funksiyani bajaradi?Tananing barcha to’qima va organlariga boradi va ulardan ichki va tashqi muhit ta’sirlarini qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga o’tkazadi.
Orqa va bosh miyadan chiqqan harakatlantiruvchi neyronning uzun o’simtalari qaysi harakatlarni boshqaradi?Skelet muskullari,ichki organning silliq muskullari,yurak muskullari.
Nerv hujayraning qaysi o’simtalari bosh va orqa miyadan tashqariga chiqmaydi?Nerv hujayraning kalta o’simtasi.
Nerv hujayrasining kalta o’simtasi qanday vazifani bajaradi?Bir hujayrani uning atrofidagi boshqa hujayralar bilan bog’lab turadi.
Dendrit nima?Nerv hujayrasining kalta o’simtasi.
“Biror bir organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi” – degan fikr kimga tegishli?Sechenov.
Nerv to’qimasining tarkibiga kirib, orqa va bosh miyadagi hujayralar atrofida joylashgan nerv xili?Neyrogliya.
Neyrogliyaning asosiy vazifasi?Nerv hujayralarini oziqlantirish.
Qaysi hujayraning o’simtalari juda ko’p bo’ladi?Neyrogliya.
A’zo nima?Ma’lum bir funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to’qimalar to’plami.
Bir xil vazifani bajaruvchi bir nechta organlar yig’ilib, qanday sistemani tashkil qiladi?Organlar sistemasi.
Barcha organlar sistemasi nimani hosil qiladi?Organizm.
Do'stlaringiz bilan baham: |