Qo’lqanotlilar panjalarining vazifasi?G’orlarning devoriga,daraxtlarning tanasiga yopishib olib asta-sekin chirmashib chiqadi.
Ko’rshapalaklarning qaysi organi kuchsiz rivojlangan?Ko’zi.
Ko’rshapalaklarning fazoda mo’ljal olishi nimaga bog’liq?Ultra tovushlar tarqatishi va qabul qilishi bilan bog’liq.
Uchayotgan ko’rshapalak qaysi organlari orqali uzuq-yuluq ultra tovush chiqaradi?Burun va og’zidan.
Ko’rshapalak qaytayotgan tovushni qaysi organi orqali qabul qiladi?Qulog’i.
Ko’rshapalaklar qanday foyda keltiradi?Qon so’ruvchi va zararkunanda hasharotlarni qirib.
Qo’lqanotlilarga qaysi hayvonlar kiradi?Malla shomshapalak,taqaburun ko’rshapalak,quloqdor ko’rshapalak,kojan ko’rshapalak,katta shomshapalak.
Kemiruvchilarning qaysi organlari rivojlanmagan?Yirtqich(qoziq) tishlari.
Kemiruvchilarning qaysi tishlari yirik va o’tkir bo’ladi?Kurak tishlar.
Kemiruvchilarning kurak va oziq tishlarining vazifasi?Kurak-qattiq oziqni uzib olish,oziq tish-ezib maydaydi.
Kemiruvchilarning qaysi tishlari doim yemirib turadi, lekin o’tmaslashmaydi? Kurak tishlar.
Nima sababdan kurak tishlar o’tmaslashmaydi?Orqa tomonida emal bo’lmaydi.
Kemiruvchilarning qaysi tishlari doimiy o’sib turadi?Kurak.
Kemiruvchilar qanday hayvon?Juda serpusht hayvon.
Turar joy yaqinida va cho’llarda qaysi kemiruvchi uchraydi?Sichqon va kalamush,cho’llarda-yumronqoziq.
Qaysi hayvon koloniya bo’lib inlarda yashaydi?Yumronqoziq.
Tog’ etaklari va cho’llarda yirik kemiruvchilardan qaysi biri uchraydi?Jayra.
Qaysi hayvonning tanasi uzun ninalar bilan qoplangan?Jayra.
Sichqon va kalamushlar qanday ziyon yetkazadi?Omborxonalarda saqlanayotgan don va oziq-ovqat maxsulotlari va sanoat mollarini kemirib.
Kalamush qanday kasallik tarqatadi?O’lat.
Kemiruvchilardan qaysilari mo’ynasi uchun olinadi?Ondatra,nutriya,sug’ur,yumronqoziq,tyin.
Qaysi kemiruvchilar qimmatli mo’ynasi uchun ovalanadi?Ondatra,nutriya.
Ondatra va nutriyaning vatani qayer?Amerika.
Tog’larda qaysi kemiruvchi uchraydi?Ko’k sug’ur.
Qaysi sug’urning terisi boshqa sug’urlarga nisbatan yuqori baholanadi?Ko’k sug’ur.
Ko’k sug’urning qaysi qismidan dori-darmon sifatida foydalaniladi?Yog’idan.
Qaysi kemiruvchi qizil kitobga kiritilgan?Ko’k sug’ur.
Kemiruvchilarga qaysi hayvonlar kiradi?Uy sichqoni,ko’k sug’ur,sariq yumronqoziq,tolay tovushqoni,kulrang kalamush,ondatra.
Yirtqich sutemizuvchilar qaysi oilalarni o’z ichiga oladi?Bo’risimonlar,mushuksimonlar,suvsarsimonlar,ayiqsimonlar.
Bo’risimonlar oilasiga qaysi hayvonlar kiradi?Bo’ri,chiyabo’ri,tulki,ko’rsak,yenotsimon it.
Bo’risimonlarning qaysi organlari kuchli rivojlangan?Hid bilish.
Bo’risimonlardan qaysi hayvon yil bo’yi juft bo’lib yashaydi?Bo’ri.
Bo’rilar qanday va qachon ov qiladi?O’ljasini taqib qilib, kechqurun.
Bo’ri nima sababdan o’zidan yirik hayvonlarni ham ovlay oladi?Kuchli va chaqqon bo’lgani uchun.
Bo’ri hayvonlarni yeyishdan ko’ra nima qilishni yaxshi ko’radi?G’ajib tashlab nobud qilishni.
Urg’ochi bo’ri qancha ko’;zi yumuq jish bola tug’adi?3 – 4 tadan 13 tagacha.
Yosh bo’rilar necha kun davomida onasini emadi?35 – 40 kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |