Sovuq harorat qon tomirlarga qanday tasir ko`rsatadi? Tomirlar torayadi, issiqlik ajralishi kamayadi, teri, yuzlar oqaradi, biroz qaltiraydi.
Qon tomirlar devorining ichki yuzasida yog`va tuz maddalari toplanishi oqibatida tomirlar qattiqlashib, mo`rtlashib va torayib qolishi nima deb ataladi? Aterosleroz.
Yurakning ishemik kasalligi nima? Yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi.
Qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining malum qismi yemirilishi qanday kasallik hisoblanadi? Miokard infarkti.
Insult nima? Bosh miyaga qon quyilishi.
Yurakning yallig`lanish kasalliklari qaysi kasalliklar oqibatida kelib chiqadi? Angina, surunkali tonzillit ( bodomcha bezlarning yalig`lanishi.
Chekish va spirtli ichimliklar ichish yurak va qon tomirlar sistemasiga zararli tasir ko`rsatib qanday kasalliklarga sabab bo`ladi? Ateroskleroz, gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak infarkti, insult.
Ko`p qon yo`qotish qon bosimiga qanday tasir ko`rsatadi? Qon bosimi pasayib ketadi.
Odam qancha qon yo`qotganda halok bo`ladi? 2-2.5 l.
Qaysi tomirdan qon ketganda to`xtatish oson? Kapillardan.
Kapilyarlardan qon ketganda birinchi yordam? Shikaslangan joyi yod eritmasi b-n zararsizlantirilib toza bint b-n bog`lab qo`yiladi.
Burundan qon ketganda birinchi yordam? Burun ehtiyotlik b-n sovuq suvda bir necha marta chayqaladi, burun ustiga sovuq suvda ho`llangan sochiq qo`yiladi.
Qaysi qon tomir jarohatlanganda shikaslangan joydagi ivigan qon to`xtovsiz yuvilib ketaveradi? Venadan.
Kichikroq vena shikastlanganda birinchi yordam? Tomir siqib bog`lab qo`yiladi va bemor shifoxonaga jo`natiladi.
Yirik venalar shikastlanganda birinchi yordam? Qon tomir jarohatlangan joydan yuqoriroq qismidan barmoq bilan bosib turiladi va qovuzloq qo`yiladi.
Qaysi qon tomir jarohatlanganda qon favvora bo`lib otilib chiqa boshlaydi? Arteriyadan qon ketganda.
Arteriyadan qon ketganda birinchi yordam? Jarohatlangan joining yuqoriroq qismidan barmoq b-n bosib turiladi va bu joyda rezina bint va boshqa materialdan qovuzloq qo`yiladi.
Qovuzloq qancha vaqt qo`yiladi? 1.5-2 soat.
Nima uchun qovuzloq uzoq vaqt qo`yilmaydi? Qo`l yoki oyoqning qovuzloqdan pastki qismidagi to`qimalar jonsizlanib, ishdan chiqishi mumkin.
Arteriyadan qon ketishini yana qanday to`xtatish mumkin? Qo`l yoki oyoqni qattiq bukib, bukiladigan joyga yumaloqlangan bint yoki oaxta joylanib bukilgan holda bog`lab qo`yiladi.
Ichki qon ketish qaysi organlarda bo`ladi? Qorin, ko`krak bo`shlig`i, oshqozon, ichak, bosh qutisi.
Ichki qon ketishda birinchi yordam? Bemorni yotqizilgan yoki o`tirgan holatda tich qoldirish, qon ketishi gumon qilingan joy ustiga muz, qor yoki sovuq suv solingan polietilen halta qo`yiladi.
Nafas olish nima?Tashqi muhitdan O2 qabul qilib, CO2 ni chiqarish.
Nafas olish jarayoni qanday qismlardan iborat?Tashqi nafas olish – o’pka alveolalari va tashqi muhit o’rtasida, O’pka alveolalari va o’pka kapillarlari o’rtasida, ichki nafas olish – qon va to’qimalar o’rtasida.
Burun bo’shlig’i qanday devorlardan tashkil topgan?Yuqori, pastki, 2 ta yon.
Burun bo’shlig’ini ichki yuzasi qanday parda bilan qoplangan?Shilimshiq parda.
Shilimshiq parda qanday vazifani bajaradi?Undagi ko’p mayda bezchalardan ajraladigan shilimshiq suyuqlik havoni tozlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |