Hiqildoq nechanchi bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan?IV – VI .
Hiqildoq qanday vazifani bajaradi?Havo o’tkazuvchi nafas yo’li va tovush hosil qiladigan ovoz apparati.
Hiqildoq qanday qavatlardan iborat?Ichki qavati – tukli shilimshiq parda, devori-tog’ay va muskullardan.
Tovush boylamlari va muskullari hiqildoqning qaysi qavatida joylashgan?Ichki qavatining o’rtasida.
Tovush qanday hosil bo’ladi?Tovush boylamlari va muskullarining bo’shashishi va qisqarishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali.
VI – VII bo’yin umurtqasidan boshlanib, V ko’krak umurtqasi ro’parasigacha davom etadigan nafas organi qaysi?Kekirdak(traxeya).
Kekirdak V ko’krak umurtqasi ro’parasida qanday qismlarga ajraladi?O’ng va chap bronxlarga.
Kekirdakning uzunligi qancha?9 – 13 sm.
Kekirdak devori nimalardan tashkil topgan?Yarim aylanasimon tog’aylar va paylardan.
Yarim aylanasimon tog’ay va paylar soni qancha?16 – 20 ta.
Bronxlar o’pka to’qimasiga kirib qanday o’zgarishga uchraydi?Darxt shoxiga o’xshab juda mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi.
Kekirdak va bronxlar qanday vazifani bajaradi?Havoni ilitib, namlab,mayda chang zarrachalaridan tozalab o’pka alveolalariga o’tqazadi.
O’pka qanday shaklda tuzilgan?Konussimon.
O’pka qanday qismlardan iborat?O’ng va chap o’pka.
O’pka qayerda joylashgan?Ko’krak qafasining 2 tomonida.
O’ng va chap o’pkaning o’rtasida qanday organlar joylashgan?Kekirdak,qizilo’ngach,qon tomirlari,ayrsimon bez,nerv tolalari,limfa tomirlari va tugunlari,yurak.
O’pka chegaralarini ayting?Pastki tomondan diafragma,orqa tomondan umurtqa pog’onasi,oldidan to’sh suyagi,atrofidan qovurg’alar bilan chegaralangan.
O’pka to’qimasi nimalardan tashkil topgan?O’rtacha,mayda,eng mayda bronxchalar va pufakchasimon alveolalardan.
Gaz almashinuvi o’pkaning qaysi qismida kechadi?Alveolalarda.
Alveolalar devori qanday tuzilgan?1 qavatli epiteliy to’qimasidan iborat bo’lib, atrofi kapillarlar bilan to’rsimon shaklda o’ralgan.
Ikkala o’pkadagi qancha?750 mln ta.
Alveolalarning umumiy sathi qancha?100 m2.
O’pka bilan tashqi muhit o’rtasida hamda alveolalar bilan qon o’rtasida gaz almasinuvi tezlashuviga nima sabab?Alveolalar sathining katta bo’lishi.
O’pkalar tashqi tomondan nima bilan o’ralgan?Plevra pardasi.
Plevra pardasi qanday tuzilgan?2 qavatdan ya’ni ichki va tashqi qavatdan iborat bo’lib, ular orasida torgina plevra bo’shlig’i bor.
Plevra bo’shlig’idagi bosim qanday bo’ladi?Past.
Ovoz hosil bo’lishida qaysi organlar ishtirok etadi?Ovoz boylamlari va muskullari,til,lablar,og’iz bo’shlig’i,burun bo’shlig’i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan qo’shimcha kovaklari, halqum,kekirdak,bronxlar,o’pkalar.
Odam gapirmay turganda ovoz boylamlari qanday holatda bo’ladi?Ochiq holda – Uchburchak shaklda.
So’zlashganda va pichirlab so’zlaganda ovoz boylamlari qanday holatda bo’ladi?So’zlashganda yopiq holatda; pichirlaganda ochiq holda.
Ovoz o’tkirligi nimaga bog’liq?Ovoz boylamlarining kalta yoki uzunligiga.
Ovoz boylamlarining uzunligi ayollarda va erkaklarda qancha bo’ladi?Erkaklarda 20 – 22 mm, ayollarda 18 – 20 mm.
Nafas olish harakati qanday yuzaga keladi?Qovurg’larning ko’tarilishi,diafrgamaning pastga tushishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |