Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet126/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Qovurg’alar ko’tarilishi qaysi muskullar qisqarishi hisobiga yuzaga keladi?Bo’yin va tashqi qovurg’alararo.

Diafragmaning pastga tushishi qaysi muskul qisqarishi hisobiga sodir bo’ladi?Diafrafma muskuli.

Diafragmaning yuqoriga ko’tarilishi qaysi muskul qisqarganda sodir bo’ladi?Qorin muskullari.

O’pkaning torayishi va ko’krak qafasining kichrayishi qaysi muskullarning qisqarishi orqali ta’minlanadi?Ichki qovurg’alararo va qorin .

Nafas havosi nima?Tinch turganda 1 marta olinadigan havo.

Nafas havosi o’rtacha qancha bo’ladi?500 ml.

Qo’shimcha havo miqdori qancha?1500 ml.

Odam tinch nafas chiqargandan so’ng, yana chuqur nafas chiqarishi nima deb ataladi?Rezerv havo.

Rezerv havo miqdori qancha?1500 ml.

O’pkaning tiriklik sig’imi deb nimaga aytiladi?Nafas havosi, qo’shimcha havo, rezerv havolarning yig’indisi.

Op’kaning tiriklik sig’imi o’rtacha, ayollarda va erkaklarda nechaga teng?O’rtacha 3,5 litr,Erkaklarda 3,5 – 4,5 litr.ayollarda 3 – 3,5 litr.

O’pka minutlik ventilyatsiyasi nima?1 minutdagi nafas soning o’pkaga kirgan havo miqdoriga ko’paytmasi.

Odam tinch turganda necha marta nafas oladi?16 – 18 marta.

Tinch holatda o’pkaning minutlik ventilyatsiyasi nechaga teng?8 – 9litr.

Atmosfera havosi tarkibining O2 , CO2 , N2 moddalari necha % larni tashkil etadi?O2 – 20,94 %,CO2 – 0,03%, N2 – 79,3 % bo’ladi.

Nafas bilan havo tarkibida O2 , CO2 , N2 moddalari necha foizni tashkil etadi?O2 – 16,3 %,CO2 – 4%, N2 – 79,7%.

O’pkalarda gazlar almashinuvi qayerlarda o’tadi?Alveolalarda.

Alveolalarning devori qancha bo’ladi?0,004 mm.

Alveolalarning atrofini nimalar o’rab turadi?Mayda qon tomirlari to’rsimon shaklda o’rab turadi.

Alveolalar va ularni o’rab turgan qon tomirlar o’rtasida qanday yo’l bilan gazlar almashinadi?Diffuziya yo’li bilan.

Diffuziya yo’li bilan gazlar qanday almashinadi?Alveola bo’shlig’idagi havo tarkibidagi O2 qonga o’tadi, qondagi CO2 gazi esa alveolalarga o’tadi.Buning sababi alveolalardagi havo tarkibidagi O2 ning bosimi yuqori, qon tarkibida esa CO2 gazining yuqori bo’lishi.

Tinch holatda odam 1 minutda atmosfera havosidan qancha O2 qabul qiladi?250 – 300 ml.

Qon bilan to’qimalar(hujayralar) o’rtasidagi gaz almashinuvi qaysi yo’l bilan boradi?Diffuziya yo’li bilan.

Atmosfera bosimi qancha simob ustuniga teng bo’lganda odam organizmidagi barcha fiziologik jarayonlar, jumladan nafas olish jarayoni ham normal o’tadi?760 mm simob ustuni.

Havo tarkibidagi O2 qachon kamayadi?Atmosfera bosimi past bo’lganda ya’ni baland tog’lar ustida, samalyot yuqoriga ko’tarilganda.

Atmosfera bosimi pasayganda odamda qanday kasallik yuzaga keladi va uning belgilari?Tog’ kasalligi(gipoksiya), nafas olish va yurak urish tezlashadi, bosh og’riydi, ko’z tinadi,ko’ngil ayniydi.Bunda zarur miqdorda O2 berilmasa bemor hushini yo’qotishi mumkin.

Tog’li joylarda yashovchi odamlar qanday qilib atmosfera bosimi past bo’lgan joylarga moslashgan bo’ladi?Ular qonida eritrotsitlar soni ko’p bo’ladi, bu esa havodagi O2 ni ko’proq miqdorda o’zlashtirishga yordam beradi.

Qanday qilib tog’ kasalligini oldini olish mumkin?Normal atmosfera bosimi sharoitida yashaydigan odamlar tog’li joylarga boorish zaruriyati tug’ilganda, ular balandlikka birdan emas , balki asta – sekin organizmni moslashtirgan holda ko’tarilishi kaerak.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling