Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Go`sht, baliq,tuxum,sut va sut mahsulotlarida


Download 297.44 Kb.
bet133/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Sifatli oqsillarga qaysi mahsulotlarda bo`ladi?Go`sht, baliq,tuxum,sut va sut mahsulotlarida.

Sifatsiz oqsillar qaysi o’simlik mahsulotlarida bo’ladi?Guruch,no’xat,loviya,bug’doy,kartoshka,makkajo’xori va boshqalar.

Yog’lar odam organizmida qanday funksiyalarni bajaradi?Plastik va energetik.

1 gramm yog’ organizmda kislorod tasirida oksidlanib,qancha energiya hosil bo’ladi?9.3 kkal

Yog’lar necha xil bo’ladi va qaysilar?2 xil;hayvon yog’lari va o’simlik moylari.

Uglevodlar odam organizmining qaysi faoliyatlari uchun zarur bo’lgan energiya bilan ta’minlaydi?Jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo’lib parchalanadi va hujayra to’qimalarni,ayniqsa muskullarning ish faoliyati uchun zarur bo’lgan energiya bilan ta’minlaydi.

1 gramm uglevod kislorod ta’sirida parchalanganda qancha energiya ajraladi?4.1 kkal.

Uglevodlar asosan qaysi mahsulotlarda ko’p bo’ladi?Asosan o’simliklardan olinadigan ovqat mahsulotlarda:non,kartoshka,mevalar,qovun-tarvuz hamda shirinliklarda.

Katta yoshdagi odam tanasining necha %ini suv tashkil etadi?50-60 %ini

Qonning qanchasini suv tashkil etadi? 92%ini.

Chaqaloq massasining necha %ini suv tashkil etadi?80%ini.

Suyaklarning 22%ini qanday suyuqlik tashkil etadi?Suv

Suv miya to’qimasining necha %ini tashkil etadi? 84% ini.

Tana muskullarining 70%ini nima tashkil etadi? Suv.

Organizmning qaysi qismlarida suv erigan holda bo’ladi?Qon plazmasida,hujayralarning protoplazmasida.

Odam mutlaqo ovqat iste’mol qilmasa,lekin suvni me’yorda iste’mol qilsa,necha kungacha (uning tana massasi necha %ga kamayguncha ) yashashi mumkin?40-45 kungacha(tana massasi 40%ga kamayguncha).

Agar odam me’yorida ovqat iste’mol qilib,suv iste’mol qilmasa,necha kungacha ,tana massasining % ga kamayguncha yashashi mumkin?1 haftaga yetmasdan,tana massasi 22%gacha kamayganda halok bo’ladi.

Suv odam organizmida qanday rol o’ynaydi?Ovqat tarkibida va ichimlik sifatida iste’mol qilinadi,me’da ichaklardan qonga so’rilgan suv hujayra va to’qimalarda moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi,uning asosiy qismi nafas chiqarish, terlash va siydik bilan tashqariga chiqariladi.

Katta odamlar organizmi1 kecha-kunduzda qancha miqdordagi suvga ehtiyoj sezadi?1-3 litr

Issiq sharoitda ,og’iz quruqlashganda haddan tashqari ko’p iste’mol qilmaslik uchun qanday chora ko’riladi?Og’izni tez-tez chayqaladi,nordon(limonli va mineral) suvichiladi.

Mineral tuzlar odam organizmining qaysi qismlarida bo’ladi?Barcha hujayra va to’qimalar tarkibida.

Makroelementlarni ayting? Na,Cl2,Ca,P, K, Fe.

Makroelementlar odam organizmining qaysi qismlarida ayniqsa ko’p miqdorda bo’ladi?Qon ,hujayra, ayniqsa suyaklar tarkibida.

Mikroelementlarni ayting?Zn,Mn,Co,Cu,Al,F,J2.

Mikroelementlar odam organizmining qaysi qismlarida ayniqsa kam miqdorda bo’ladi?Qon ,hujayra ,suyak.

Mineral tuzlar odam odam organizmidagi qaysi jarayonlarda muhim o’rin tutadi?Moddalar almashinuvida,ayniqsa hujayralarning qo’zg’alish jarayonlarida.

Vitaminlar organizm uchun muhim modda ekanligini kim birinchi bo’lib isbotlagan?1880-yilda rus olimi N.I.Lunin.

Lunin vitaminlar haqida qanday fikr yuritgan?Ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar,tuzlar va suvdan tashqari alohida moddalar ham bo’ladi,bularsiz organizm yashashi mumkin emas.

’’Vita’’ so’zi qanday ma’noni bildiradi?’’Hayot’’




Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling