Qo’shimcha ovqat bir kecha-kunduzgi ovqatning necha %ini tashkil qiladi?10-15%
Moddalar almashinvi natijasida organizmda qanday zararli moddalar hosil bo’ladi?Siydik kislota,qoldiq azot,mochevina,kreatinin,karbonat angidirit.
Ayirish organlariga qanday organlar kiradi?Buyrak,teri,o’pka,nafas olish organlari.
Teri orqali qanday moddalar tashqariga chiqadi?Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi.
Ayirish sistemasining asosiy qismi bu-?Siydik ayirsh organlari.
Siydik ayirish organlariga qaysi organlar kiradi?Buyraklar,siydik yo’llari,qovuq va siydik chiqarish kanali.
Buyraklar soni nechta va ular qayerda joylashgan?2ta(o’ng va chap) qorin bo’shlig’ining bel qismida,ya’ni 1-va 2-bel umurtqasining ikki yonida joylashgan.
Buyrakning shakli qanday tuzilishga ega?Loviya.
Buyrakning ichki tomoni botiqroq bo’lib, u qanday ataladi?Buyrak darvozasi.
Buyrak darvozasi orqali nima kiradi?Arteriya qon tomiri.
Buyrak darvozasi orqali nima chiqadi?Vena qon tomiri,siydik yo’li.
Har bir buyrakning og’irligi qancha?150gr
Buyrak ko’ndalangiga kesilganda necha qavatdan iboratligi ko’rinadi va ular qaysilar?2.tashqi qoramtir po’st va ichki oqimtir mag’iz.
Buyrakning funksional birligi bu-?Nefronlar.
Har bir buyrakda qancha nefron bor?1mln atrofida.
Ikkala buyrakda qancha nefron bo’ladi?2mln.
Buyrakda siydik hosil bo’lishi qanday fazalarga bo’linadi?2ta.Filtratsiya va reabsorbtsiya.
Birlamchi siydik hosil bo’lishi qaysi fazada kechadi?Filtratsiyada.
Buyrakda birlamchi siydik qanday hosil bo’ladi?Buyrak neyronlarida arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib buyrak kapsulasiga o’tadi va birlamchi siydik hosil bo’ladi.
Kapsula nima?Nefron bo’shlig’i.
Filtiratsiya jarayonining amalga oshishi nimaga bog’liq?Kapillarlardagi bosimning yuqori,kapsuladagi bosimning past bo’lishiga.
Birlamchi siydik tarkibida qanday moddalar bo’ladi?Yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar,garmonlar,fermentlar,erigan holdagi gazlar.
Birlamchi siydik tarkibida qanday modda bo’lmaydi v anima uchun?oqsil, u kapillar qontomirining devoridan filtirlanib o’tmaydi.
Buyrakda siydik hosil bo’lishning davri qanday nomlanadi?Reabsorbitsiya.
Reabsorbitsiya jaroyoni qanday amalga oshadi?Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga o’tadi,bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislatalar suv va mineral tuzlarning 98.5%-99.0% vena tomirlariga qayta so’riladi.
Ikkilamchi siydik tarkibida qanday moddalar bo’ladi?Qoldiq azot,mochevina,kreatinin va ma’lum miqdorda tuz va suv bo’ladi.
katta odamda 1 kecha-kunduzda o’rtacha qancha birlamchi siydik hosil bo;ladi?100 l
Birlamchi siydikning necha% kalavasimon kanalchalar orqali qonga o’tadi?98,5-99%
Siydik yo’li qayerdan boshlanib,qayerda tugaydi?Siydik jomidan boshlanib,qovuqda tugaydi.
Siydik yo’lining uzunligi katta yoshli odamlarda qancha bo’ladi?30sm
Ikkilamchi siydik miqdori qancha?1-1,5l
Siydik pufagi(qovuq) qayerda joylashgan?Qorinning pastki qismida,chanoq sohasida.
Qovuqning hajmi katta yoshli odamlarda qancha bo’ladi?500-700ml
Buyrakda siydik hosil bo’lishi qanday yo’l bilan boshqariladi?Nerv va gumoral.
Simpatik nerv tolalari qanday vazifani bajaradi?Buyrak qon tomirlarini toraytirib,siydik ajralishini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |