C vitamini qaysi maxsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi?Ho’l mevalarda, ko’katlarda, sabzavotlarda ayniqsa apelsin,limon,mandarin,karam,pomidor,piyoz tarkibida.
Qaysi vitamin organizmda Ca va P almashinuvi normallashuvida ishtirok etadi?D vitamini.
D vitamin yetishmasligi natijasida qaysi kasallik kelib chiqadi?Raxit.
Raxit belgilari qanaqa?Suyaklarning notog’ri shakllanishi,bolalarning suyagi yumshab egiluvchan bo’lib qoladi,ko’p terlash,injiqlik,uyqu buzilishi,boshning ensa qismi pachoqlannishi,ko’krak qafasi ichiga botiq bo’lib qoladi yoki bo’rtib chiqadi.
D vitamin qaysi maxsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi?Baliq yog’ida,tuxum sarig’ida,sut va sut maxsulotlarida.
Raxit kasalligini oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?Bolalarni ochiq havoda chiniqtirish,D vitaminini yetarli miqdorda istemol qilish,quyoshning ultrabinafsha nuridan yetarli foydalanish.
Energiya qanday hosil bo’ladi?oqsil,yo’g’,uglevodlarning kislarod bilan oksidlanishidan.
To’qima va organlar hayotiy jarayonlarning normal o’tishi va ish bajarishi uchun qancha energiya sarf bo’ladi?hosil bo’lgan energiyaning uchdan ikki qismi
Tana haroratining normalligini saqlash uchun qancha energiya sarf bo’ladi?hosil bo’lgan energiyaning uchdan bir qismi
Odam organizmida kecha va kunduz sarflanadigan energiya necha qismdan iborat va qaysilar?3 qismdan.1.Asosiy moddalar almashinuvini taminlash uchun sarflanadigan energiya.2.Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya.3.Odam bir kecha kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya
Tanasi 70 kg bo’lgan odam uchun bir kecha kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga sarflanadigan energiya miqdori qancha?1680kkal
Aqliy va jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchilarning energiya sarfidagi farqi?Aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchilar kam energiya sarflaydi, jismoniy mehnat qiluvchilar ko’p energiya sarflaydi.
Odam qachon semiradi?Hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoridan ko’p bo’lsa.
Odam qachon ozadi? Hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoridan kam bo’lsa.
Nima uchun yoshlarda hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoridan ko’p bo’lishi lozim?chunki ma’lum miqdordagi energiya yosh organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi.
Odam organizmida sarflanadigan energiya miqdorini aniqlashning qanday usullari mavjud?vositasiz va vositali kalorimetriya usullari.
Ovqat odam organizmida qanday muhim vazifalarni bajaradi?energetik va plastik.
Ovqatning plastik funksiyasi nimadan iborat?hujayraning eskirgan qismlarini yangilanishi va hujayraning bo’linib ko’payishini ta’minlaydi.
Ratsional ovqatlanish qoidalari?ovqatlanishning miqdor qoidasi,ovqatlanishning sifat qoidasi,ovqatlanish rejimi.
Ovqatlanishning miqdor qoidasi nima?bir kecha-kunduzdagi ovqatdan hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo’lishi kerak.
Ovqatlanishning sifat qoidasi nima?bir kecha-kunduzdagi ovqat tarkibidagi oqsillar,yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar, suv va vitaminlarning miqdori odam organizmining shu moddalarga bo’lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
Ovqatlanish rejimi nima?bir kecha-kunduzgi ovqat miqdori 4 qismga bo’lingan holda iste’mol qilinishi kerak.
Ertalabki nonushta bir kecha-kunduzgi ovqat kalloriyasining necha %ini tashkil qiladi?25-30%
Tushki ovqat bir kecha-kunduzgi ovqat kalloriyasining necha %ini tashkil qiladi?35-40%
Kechki ovqat bir kecha-kunduzgi ovqat kalloriyasining necha %ini tashkil qiladi?15-20%
Do'stlaringiz bilan baham: |