Maktab o’quvchilariga sifat so’z turkumini samarali o’qitish.“Uchlik qoidasi” asosida dars ishlanma
Download 17.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqDars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning uslubi
Maktab o’quvchilariga sifat so’z turkumini samarali o’qitish .“Uchlik qoidasi” asosida dars ishlanma “Uchlik qoidasi” Brayan Treysining “ Samaradorlikning 21 usuli “ kitobining 8-bobida keltirilgan. Unga ko’ra, oldingizga qo’ygan maqsadingizga yetish uchun qilishingiz kerak bo’gan vazifalardan eng muhim uchtasini tanlab olasiz va eng ko’p e’tibor va energiyangizni shu uch vazifani bajarishga qaratasiz. Kitob muallifining yozishicha, “Aslida eng ko’p naf ham aynan shu uch eng muhim vazifaning bajarilishidan keladi.” Avvalo, “Uchlik qoida”ga asosan darsimizga umumiy tarzda uch maqsad qo’yamiz:
O’quvchilarga ta’lim berish maqsadi: o’quvchilarda sifat so’z turkumi bo’yicha bilim hosil qilish; O’quvchilarga tarbiya berish maqsadi:guruh bo’lib ishlashda o’zaro hurmat hissini rivojlantirish, do’stlik ruhida tarbiyalash, har bir narsani o’z vaqtida qadrlash; O’quvchilarni rivojlantirish maqsadi: o’quvchilar nutqini o’stirish, savodxonligini oshirish, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish. Darsning uslubi : ko’rgazmali , ijodiy Darsning jihozi: darslik, shashka doskasi, akvarium rasmi tushirilgan plakat, rag’bat kartochkalari, kompyuter, electron doska, ramziy toj( qo’g’ozdan ishlangan). Darsda qo’llaniladigan metodlar:” O’z uyingni o’zing qur”, “Konfetlar janggi”, “Baliq ovi”, “ Aqliy hujum”, “Qarsak” . Baholash : “ O’z uyingni o’zing qur” ( bunda uyni uch qismga bo’lamiz : tom, devor , beton . Dars davomida bajariladigan uch shart mana shu uyning uch qismlariga bog’lanadi. Ya’ni birinchi shartda g’oliblik qo’lga kiritilsa uyning beton qismi jamoaga taqdim etiladi va bu doskaga magnit yordamida yopishtirilib boriladi. Shu tarzda dars so’ngiga qadar jamoalar o’z uylarini quradilar.) metodi orqali jamoalar, “Darsimiz qiroli/qirolichasi” metodi (har bir ishtiroki uchun o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi, eng ko’p rag’bat yig’gan o’quvchi “qirol” sifatida toj kiyadi. ) orqali har bir o’quvchi ning darsdagi faolligi ta’minlanadi. Darsning borishi ham uch qismdan iborat : 1.Tashkiliy qism ( salomlashish , navbatchi axborotini tinglash) 2.O’tilgan mavzuni so’rash 3.Yangi mavzuni o’rgatish O’qituvchi: Zukkolarim , omonmisiz ? Xo’sh, darsga tayyormisiz ? Bir o’quvchi : Rahmat, ustoz, omonmiz Hamma o’quvchilar: Doimgidek tayyormiz!!! ( qo’llarini ko’targan holda) O’qituvchi: Barakalla, azizlarim mana shunday jo’shqinligingiz meni har doim quvontiradi! Darsni boshlanishida o’quvchilar ikki guruhga bo’linib oladilar, jamoalarini nomlaydilar. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “Konfetlar jangi “ metodi o’tkaziladi. Bunda shashka doskasiga 24 ta raqamlangan konfetlar teriladi. O’qituvchi qolida 24 ta raqamlangan savol avvaldan tayyorlab qo’yiladi. Jamoalardan 1 tadan o’quvchi taklif etilib , shashka qonun- qoidalari asosida “konfetlar jangini “ o’tkazishi so’raladi. Yutib olingan konfetlar raqamiga ko’ra o’quvchilarga savollar taqdim etiladi. O’quvchi savolga javob bersa , konfet taqdim etiladi. Aks holda uztozda qoladi. Qaysi guruh a’zolari eng ko’p savollarga javob bersalar, uyning beton qismi taqdim etiladi. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar egallagan bilimlar ustoz tomonidan xulosalanadi. O’tilgan mavzu va yangi mavzu orasida “lirik chekinish” tariqasida ustoz tomonidan o’rtaga mantiqiy savol tashlanadi. Bunda o’quvchilar guruh bo’lib ishlaydilar. Mashhur insonlardan biri bolalik esdaliklarida shunday deydi : “ Maktab chog’larimda juda sho’x bola bo’lganman. Bir qiziq holat bor edi. Maktabdagi bir narsa meni ham xursand qilar va shu xursand qilgan narsa o’sha paytda ham hafa qilardi. Ustozlarimga bu haqida aytganimda, mening fikrim xato ekanini, meni hafa qilgan narsa aslida xursand qilishi kerakligi, xursand qilgan narsa esa hafa qilishi kerakligini aytardilar. Ammo men quloq solmas edim. Bugun shuni angladimki, ustozlarim haq ekan.” Diqqat savol : bu insonni bir vaqtning o’zida ham hafa , ham xursand qilgan o’sha narsa nima ? Download 17.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling