Maktab o’quvchilariga sifat so’z turkumini samarali o’qitish.“Uchlik qoidasi” asosida dars ishlanma


Download 17.96 Kb.
bet2/2
Sana06.02.2023
Hajmi17.96 Kb.
#1169967
1   2
Bog'liq
Dars ishlanma

Javob: qo’ng’iroq
G’olib jamoaga uyning devor qismi taqdim etiladi.
Yangi mavzu oldidan ustoz “ qarsak metodi” orqali o’quvchilar e’tiborini o’ziga jalb qiladi.” Meni eshitayotgan o’quvchilar, bir qarsak deydi. Tabiiyki, sinfning 50 % o’quvchisi qarsak chaladi. So’ng, meni eshitayotgan o’quvchilar ikki qarsak deydi. Endi o’quvchilarning 80% jonlanadi. Eng so’nggida meni eshitayotgan o’quvchilar uch qarsak deydi . Ana endi 100% o’quvchilarning e’tiborini o’ziga qaratadi. Shu uch bosqich orqali o’quvchilar yangi mavzu olishga tayyor bo’ladilar.
Xo’sh, o’quvchilar, sifat so’z turkumi haqida kim nima biladi?
Mana shu birgina savol ham o’quvchilar “aqllariga hujum” tarzida bo’ladi.
Avvaldan tayyorlab qo’yilgan taqdimot orqali o’quvchilarga sifat , sifatlarning turlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Sifat so’z turkumi haqidagi bilimlarga ega bo’lgan o’quvchilar darslikdagi mashqlarni mustaqil bajara oladilar . Topshiriqni eng sifatli va eng tez bajargan uch o’quvchi alohida rag’batlantiriladi.


Xitoyliklarda bir maqol bor: “ Sen menga ayt, men uni yodimdan chiqaraman, sen menga ko’rsat eslab qolishga harakat qilaman. Sen bunda o’zimni qatnashtir, bu mening mulkimga aylanadi.”
Yangi mavzu o’quvchilarning mulkiga aylanishi uchun darhol “Baliq ovi” metodi orqali mustahkamlab qo’yiladi.
Buning uchun dengiz , baliqchalar( ortiga sifat so’z turkumiga oid so’zlar yozilgan bo’ladi), ikkita akvariumning surati tushirilgan ko’rgazmalar kerak bo’ladi. O’quvchilar dengizdagi baliqchalardan oladilar, ortidagi sifatni bilib olib o’z jamoasiga pantomimo tarzida ko’rsatib beradilar . javobini topgan o’quvchi esa tegishli tarzda bu qanday sifatligiga izoh beradi.
Faol bo’lgan jamoaga uyning tom qismi taqdim etiladi.
Shundan so’ng savodxonlik daqiqasi o’tkaziladi. O’qituvchi imlosi qiyin bo’lgan besh dona so’zni aytadi. O’quvchilar yozadilar. Agar xatoliklar bo’lsa, o’quvchilar qizil ruchlari yordamida o’zlarining xatolarini o’zlari to’g’irlaydilar.
Dars so’ngida jamoalar qurgan uylariga nazar tashlanadi. Uyning har uch qismi qo’lga kiritilgan bo’lsa” Ofarin !” deya tahsin aytiladi. Aksincha,qaysidir qismi qo’lga kirilmay qolgan bo’lsa , nima deysizlar , tom yoki devor qismi yo’q bo’lgan mana shu uyda qanday yashash mumkin ? , deya o’quvchilar mulohazaga tortiladi.
O’quvchilar to’plagan rag’batlar hisoblanib eng ko’p kartochka yig’a olgan o’quvchi “darsning qiroli” deb e’lon qilinadi va ramziy toj kiydiriladi.

Yakunda mazkur mavzu yuzasidan o’quvchilarga daslikdagi uy vazifasidan tashqari, barchalari o’z onalarining “so’z bilan chizilgan suatlarini” yaratib kelishlari topshiriladi. Bu ulardagi ijodkorlikni rivojlantiradi.
Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling