Odam organizmida necha xil bez bor?3 xil.
Tashqi sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?Ter,yog’,sut,so’lak(quloqoldi,tilosti,jag’osti) hamda me’da va ichak shilliq qavatidagi shira ajraluvchi bezlar.
Nima uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deyiladi?Chunki bu bezlarda ishlab chiqarilgan suyuqlik tashqi muhitga chiqariladi.
Ichki sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?Gipofiz,epifiz,qalqonsimon,qalqon orqa,ayrisimon,buyrakusti bezlar kiradi.
Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan suyuqlik qayerga quyiladi?Organizmning ichki muhitiga ya’ni qon va limfaga.
Qaysi bezlar to’qimasi 2qismdan iborat?Aralash bezlar.
Aralash bezlarga qaysi bezlar kiradi?Oshqozonosti va jinsiy bezlar kiradi.
Garmon nima?Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan suyuqlik.
Ichki sekretsiya bezlarida qancha garmon ishlab chiqariladi?Nihoyatda oz miqdorda,ya’ni grammning milliard qismiga teng.
Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilgan garmonlar qanday jarayonda muhim ahamiyatga ega?Moddalar almashinuvi jarayonida.
Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birgalikda qanday sistemani tashkil etdi?Endokrin sistemani.
Gipofiz bezining shakli va massasi qancha? No’xatsimon,0.5-0.6g.
Gipofiz bezi qayerda joylashgan?Bosh miyaning ostki sohasida,kalla suyagining turk egarchasi deb ataladigan qismida.
Gipofiz bezi nechta bo’lakdan iborat va qaysilar?3 bo’lakdan:oldingi,oraliq va orqa bo’lakdan.
Gipofiz bezining oldingi bo’lagidan qanday garmon ishlab chiqariladi va uning ahamiyati?Somatotrop garmoni va bu garmon bolalar va o’smirlarning o’sishi, rivojlanishi,organizmda oqsil sintezlanishini boshqaradi.
Gigantizim qanday kelib chiqadi?Somatotrop garmoni ba’zi sabablarga ko’ra,normadan ko’p ishlab chiqarilsa,bo’y normadan ortiq o’sib ketadi va biu holat gigantism,bunday odam esa gigant odam deyiladi.
Qanday odam gipofizar pakana deb ataladi?Somatotrop garmoni kamroq ishlab chiqarilsa,bo’y o’sishshi sekinlashdi,bunday holga nanizm deyiladi va bunday odam gipofizar pakana deyiladi.
Akromegaliya qanday kasallik?Bo’y o’sishi to’xtagan katta odamlarda somatotrop garmoni ko’p ishlab chiqarilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Akromegaliya kasalligiga chalingan odamda qanday belgilar kuzatiladi?Odamning burni,labi iyagi,tili,qo’l va oyoq panjalarining hajmi kattalashdi.
Gipofiz bezining funksiyasi nima orqali boshqariladi?Markaziy nerv tizimi ya’ni oraliq miyada joylashgan gipotamusdan ajraladigan neyrogarmonlar orqali boshqariladi.
Gipofiz bezining oraliq bo’lagidan qanday garmon ajraladi va qanday funksiyani bajaradi?Intermidin garmoni,u odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Epifiz bezi qayerda joylashgan va uning massasi qancha?Bosh miya asosida,ya’ni o’rta miya sohasida joylashgan bo’lib,massasi 0.2g.
Epifiz bezi qanday garmon ishlab chiqaradi va u qanday funksiyani bajaradi?Melatonin garmoni,u organizmda pigment almashinuvida ishtirok etdi.
Qaysi bez bo’yinning oldingi qismida joylashgan bo’lib,hiqildoqni oldingi va yon tomonlardan yopib turadi?Qalqonsimon bez.
Katta yoshli odamlarda qalqonsimon bezning massasi qancha bo’ladi?25-30g.
5-10 yoshli bolalarda qalqonsimon bezning massasi qancha bo’ladi?10g.
Qalqonsimon bezning hajmi chaqaloqlarda qancha bo’ladi?1g.
Qaysi garmonning 65%dan ko’prog’ini yod moddasi tashkil etadi?Tiroksin.
Do'stlaringiz bilan baham: |