Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet130/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklariga tashxis qo’yishda qaysi metoddan foydalaniladi?Ultratovush metodidan.

Me’dada hazm bo’lgan ovqat qayerga o’tkaziladi?O’n ikki barmoq ichakka.

Ingichka ichakning boshlang’ich qismi nima deb ataladi?O’n ikki barmoq ichak.

O’n ikki barmoq ichakning uzunligi qancha?25 – 30 sm.

O’n ikki barmoq ichak bo’shlig’iga qanday suyuqliklar quyulib turadi?Me’daosti bezining shirasi va jigarning o’t suyuqligi.

Me’daosti bezi suyuqligida qanday fermentlar bor?Tripsin – oqsillni parchalaydi,lipaza – yog’ni parchalaydi, amilaza – uglevodni parchalaydi.

Ovqat tarkibidagi yog’larni emulsiya holatiga keltirib, lipaza fermentining faolligini oshiradigan modda qaysi?O’t suyuqligi.

Ingichka ichakning uzunligi va kengligi qancha?Uzunligi 5 – 6m,kengligi 2 – 2,5 sm.

Ingichka ichak devori qanday tuzilgan?Uzunasiga aylanasiga joylashgan silliq muskullardan iborat.

Ingichka ichakdagi silliq muskullarning vazifasi nima?Mayatniksimon va peristaltik(to’lqinsimon) harakatini ta’minlash.

Ichakning mayatniksimon harakati natijasida ovqat qanday o’zgarishga uchraydi?Ichak shirasi bilan aralashadi.

Ovqat moddalari ichak bo’shlig’i bo’ylab yuqoridan pastga siljishini ichakning qaysi harakati ta’minlaydi?Peristaltik ya’ni to’lqinsimon.

Ichak shilliq qavatida joylashgan mayda so’rg’ichlar nima deb ataladi?Vorsinkalar.

Vorsinkalarda ovqat moddalarining ichak devori membranasi orqali hazm bo’lishini nima ta’minlaydi?Vorsinkalardagi qon va limfa tomirlari.

Ichak shilliq qavatining 1 – 2 sathida va butun yuzasida nechta vorsinka bor?1 – 2 sathida 30 – 40 ta ,butun yuzasida - 4mln.

Ovqat moddalarining vorsinkalar orqali hazm bo’lishini kim aniqlagan?A.I.Ugolev.

Vorsinkalar devorida necha qavat epiteliy joylashgan?1 qavat.

Yo’g’on ichakning uzunligi qancha?1,5 m.

Yo’g’on ichak qanday qismlardan iborat?1.Ko’richak va uning chuvalchangsimon o’simtasi(appendiks). 2.ko’tariluvchi chambar ichak. 3.ko’ndalang chambar ichak. 4.tushuvchi chambar ichak. 5.sigmasimon ichak. 6.to’g’ri ichak.

Yo’g’on ichak ichki shilliq pardasida nechta vorsinka bo’ladi?Bo’lmaydi.

Yo’g’on ichakda asosan qaysi moddalar so’riladi?Suv , mineral tuzlar.

Yo’g’on ichakda oqsil va uglevodlarning necha % i so’riladi?Oqsilning 3%i, uglevodning 2%i.

Odam organizmidagi eng katta bez?Jigar.

Jigarning og’irligi qancha?1500 gr.

Jigar qayerda joylashgan?Qorin bo’shlig’i o’ng tomonining yuqori qismida, o’ng qovurg’alar yoyi ostida.

Jigar qanday bo’laklardan iborat va ular qayerda joylashgan?2 ta, o’ng va chap: o’ng bo’lagi o’ng qovurg’a yoyi ostida, chap bo’lagi to’sh suyagi ostida.

O’t suyuqligi qayerda ishlab chiqariladi?Jigar hujayralarida.

Jigarda 1 kecha-kunduzda qancha o’t suyuqligi ishlab chiqariladi?700 – 1200 ml.

Jigarning yana qanday muhim funksiyasi bor?Qonni zaharli moddalardan tozalaydi,oqsil va uglevod almashinuvida ishtirok etadi.

Qaysi kasallikda jigar hujayralari yallig’lanib yemiriladi va o’t suyuqligi o’n ikki barmoq ichakka quyilmay bevosita qonga o’tadi?Yuqumli sariq kasalligi.

O’t suyuqligining qonga o’tishi odamda qanday o’zgarishlarni keltirib chiqaradi?Ko’zi, tomog’ining shilliq pardalari va terisi sarg’ayadi.

Me’daosti bezining og’irligi qancha ?70 – 80gr.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling