Retseptorlar qanday funksiyani bajaradi?Ta’sirlarni qabul qiladi.
Analizatorlarning o’tkazuvchi qismi qanday funksiyani bajaradi?U retseptordan ta’sirni qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga o’tkazadi.
Sezuvchi nerv markazi qanday funksiyani bajaradi?Bu markazlar muayyan sezgi organlaridagi retseptorlardan kelgan ta’sirlarni analiz sintez qilib,ularning mazmuniga ko’ra javob reaksiyasi hosil qiladi.
Ko’z qayerda joylashgan?Bosh suyagining chuqurchasida-ko’z kosasida joylashgan.
Ko’z qanday tuzilgan?Ko’z soqqasi,ko’rish nervi va yordamchi qismlari:ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari,qovoq va kipriklar,yosh bezlari,qon tomirlaridan tuzilgan.
Ko’z soqqasi necha qismdan iborat?2 qismdan:tashqi va ichki.
Ko’z soqqasining tashqi qismi necha qavatdan iborat va qaysilar?3 qismdan:tashqi-fibroz,o’rta-qon tomir,ichki-to’rsimon pardadan iborat.
Shoh parda ko’zning qaysi qismida joylashgan?Fibroz pardasining oldingi qismida.
Ko’z soqqasining ichki qismiga nimalar kiradi?Ko’z ichi suyuqligi,ko’z gavhari va shishasimon tana.
Yorug’likni,ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar qayerda joylashgan?To’rsimon pardaning orqasida.
Ko’z to’rpardasida joylashgan retseptorlar qanday shakllarda bo’ladi?Tayoqchasimon va kolbachasimon shaklda.
Ko’z bajaradigan funksiyasiga ko’ra qanday qismlardan iborat?2 qismdan:ko’zning optik tizimi va retseptorlar qismidan.
Tayoqchasimon va kolbachasimon hujayralar qayerda joylashgan va qanday funksiyani bajaradi?To’rsimon pardaning orqa qismida,yorug’lik kam bo’lganda ko’rishni ta’minlaydi,yorug’lik ko’p bo’lganda ko’rishni ta’minlaydi,ranglarni ajratadi.
Ko’zning optik sistemasiga nimalar kiradi?Shoh pardasi,ko’z ichi suyuqligi,gavhar va shishasimon tana.
Yorug’lik nurini sindirib,o’tkazishda ko’zning qaysi qismi muhim o’rin tutadi?Ko’z gavhari.
Ko’zning optik sistemasi qanday funksiyani bajaradi?Ko’zga tushadigan yorug’lik nurini sindirib o’tkazadi va uni ko’zning ichki to’r pardasida joylashgan retseptorlarga to’plab beradi.
Ko’z gavhari qachon qalinlashadi?Yaqindagi buyumlarga qaraganda.
Akkomodatsiya nima?Gavhar shaklining o’zgarishi.
Akkomodatsiya hodisasi qanday amalga oshadi?Gavhar atrofini o’rab turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo’shashi orqali.
Buyumlarga yaqindan qaraganda ko’z gavhari…?Yassilashadi.
Akkomodatsiya hodisasi qanday funksiyani bajaradi?Ko’zning uzoqni va yaqinni ko’rish qobilyatini ta’minlaydi.
Ko’zning rangli pardasi o’rtasida nima joylashgan?Ko’z qorachig’i.
Ko’z qorachig’ini atrofidan nimalar o’rab turadi?Aylana va to’g’ri yo’nalgan muskullar.
Ko’zning ichki to’qimasida joylashgan kolbachasimon retseptorlar qanday xususiyatga ega?Rang bilish.
Kolbachasimon retseptorlar qaysi ranglarni qabul qiladi?Ko’k,yashil,qizil.
Ko’rish o’tkirligi normal bo’lgan odam qanday tasvirni yaqqol ajrata oladi?60 sekund burchak hosil qilib joylashgan 2 ta nuqtani.
Ko’rish o’tkirligi qanday aniqlanadi?Golovin jadvali yordamida.
Ko’zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni ularning rangini ko’ra olish xususiyati nima deyiladi?Ko’zning ko’rish maydoni.
Miopiya bu…?Yaqindan ko’rish.
Miopiya holati necha xil bo’ladi va qaysilar?2xil:tug’ma va orttirilgan.
Uzoqdan ko’rish holati nima deyiladi?Gipermetropiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |