Tush ko’rish nima?Uyquda sodir bo’ladigan subyektiv-psixik hodisa.
Odam qachon tush ko’rmaydi?Chuqur uyqu paytida bosh miya po’stloq qismining nerv hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush ko’rilmaydi.
”Tush ko’rish-bu odam ko’rgan kechirganlari ta’rining uyqu vaqtida arlash-quralash holdagi ko’rinishidir” degan fikr kim tomondan aytilgan?I.M.Sechenov.
Bolaning normal rivojlanishi uchun nimalar qilish kerak?Ongi,aql-idroki bilan o’z sog’lig’ini avaylashi,zararli odatlarga berilmasligi,kun tartibiga rioya qilishi,aqliy va jismoniy faoliyatini navbati bilan almashtirib turish kerak.
Aqliy mehnat vaqtida(o’qish,yozish,fikrlash,masala yechish,dars tinglash)asosan qaysi organlar va qaysi markazlar ish bajaradi?Ko’rish,eshitish,nutq organlari va bosh miya po’stlog’i markazlarning nerv hujayralari.
Aqliy mehnat uzoq vaqt davom ettirilsa organizmga qanday ta’sir ko’rsatadi?Miyadagi nerv markazlarining ish qobilyati asta-sekin pasayib,ish sifati yomonlasha boshlaydi.
Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun nimalar qilish kerak?Maktablarda,o’quv yurtlarida, har 45 minutlik darsdan keyin 5-10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish,sinf xonasida o’tirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish,badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazish,har xil harakatli sport o’yinlari bilan shug’ullanish kerak.
Qachon bir necha muskul guruhlari bir vaqtda qo’zg’alib,ularning miyadagi nerv markazlari o’rtasida vaqtincha bog’lanish vujudga keladi?Murakkab xarakatlar b.n bog’liq jismoniy ish,sport mashqlari bajargan vaqtda bir nechta muskul guruhlari qisqarib bo’shashganda.
Harakatlantiruvchi shartli reflekslar hosil bo’lishi natijasida harakatlarning tez,oson,silliq bajarilishi nima deb ataladi?Dinamik stereotip.
Nevroz nima?Nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzulishi bilan bog’liq og’ir ruhiy xastalik.
Nevrozning sabablari?Og’ir aqliy mehnat,urush janjallar,qayg’u,ranjish,qo’rquv,qiyinchiliklar,umidsizlik kabi hissiyotlar.
Nevrozning belgilari?Bemor serjahl,o’zidan va atrofdagilardan norozi bo’lib yuradi.
Bolalarda nevroz qanday kelib chiqadi?Bolani go’daklikdan noto’g’ri qattiqqo’llik bilan tarbiyalash,qiziqish va erkini mensimaslik,tahqirlash,unda qo’rqoqlik,jur’atsizlikni keltirib chiqarib o’z tenglariga qo’shilishga xalaqit berib nevrozga olib keladi yoki ortiqcha mehribonlik ham nevrozga sabab bo’ladi.
Alkogol nerv sismasida qaysi holatlarning bir me’yorda kechishiga xalaqit beradi?Qo’zg’alish va tormozlanish.
Alkogol iste’mol qilgan odamda bosh miya po’stlog’i qaysi markazlar ishini nazorat qilmaydi?Bosh miyaning quyi markazlari.
Ichish natijasida qaysi reflekslar hosil bo’lishi sekinlashadi?Shartli reflekslar.
Narkomaniya(giyohvandlik)nima?Kayf keltiradigan moddalarni ko’proq iste’mol qilinishi oqibatida kelib chiqadigan og’ir ruhiy kasallik.
Giyohvandlik belgilari?Dastlab,tajanglik,xotira buzulishi keyinchalik yurak tez urushi,og’iz qurushi,terlash,qo’l-oyoq titrashi,ko’z qorachig’ining kengayishi.
Analizatorlar bu…?Bosh miya po’stlog’ining turli qismlaridagi maxsus nerv hujayralar to’plami(sezgi organlarining markazlari).
Sezgi organlarining markazlari nima deb ataladi?Analizatorlar.
Analizator qanday qismlardan tashkil topgan?Ta’sirni qabul qiluvchi-retseptor,o’tkazuvchi qismi-sezuvchi nerv tolasi,analiz-sintez qiluvchi qismi-sezuvchi nerv markazi.
Hid bilish markazi qayerda joylashgan?Bosh miya po’stlog’i chekka(peshona)qismining oldingi yuqori sohasida.
Eshitish markazi qayerda joylashgan?Chakka qismining pastki sohasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |