Qachondan boshlab bola o’zi yura boshlaydi va 10-12ta so’zni ayta oladi?12 oylikdan.
11 oylik bolada qanday belgi xususiyatlar rivojlana boshlaydi?Oddiy so’zlarni ayta boshlaydi va qo’lidan yetaklasa yuradi.
Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligini qanday bilish mumkin?Sut tishlari chiqishi bilan.
Qachondan boshlab bolaning sut tishlari chiqa boshlaydi?6-7 oylik davrida.
D vitamini yetishmasa bolada qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Bola suyagining shakllanishi buziladi,liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi,suyaklari yumshab egiluvchan bo’lib qoladi.
Qachon bola boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog’onasining bo’yin qismida oldinga egilish hosil bo’ladi?8-10 haftaligida.
Bolning umurtqa pog’onasining ko’krak qismida tabiiy egilish qachon hosil bo’ladi?5 oyligida.
Bolaning umurtqa pog’onasining bel qismida tabiiy egilish qachon hosil bo’ladi?1 yoshida.
Bola 2 yoshligida qanday o’sib rivojlanadi?Jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi,tanasining og’irligi har oyda 200-250grammdan ortib boradi,bo’yi1smdan o’sib boradi.
3 yoshli bolaning tana massasi va bo’yi yiliga qanchgacha ortadi?Massasi 2-2.8kg,bo’yi 7-8 sm.
Necha yoshdagi bolaning nutqi tez rivojlanadi?3 yoshli bolaning.
3 yosh oxirida bola nechtagacha so’z ayta oladi?1000-1200ta.
2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati?Juda haratchan va tinib-tinchimas bo’lishdi.Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda shikastlanish,har xil kimyoviy moddalar,kattalar iste’mol qiladigan dorilar b.n zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi.
Nech yoshdagi bola bo’yining o’sishi tezlashib bir yilda 8-10 smga yetadi,massasi esa 2.5 kg gaortadi?6-7 yoshli.
Bola 4-5 yoshida qanday o’sib rivojlanadi?Og’irligi har yili 1.5-2 kg ga ortadi,bo’yining o’sishi 4-6 sm ni tashkil etadi.
Maktab yoshi davridagi bolalarning o’sishi va rivojlanishiga nimalar ta’sir ko’rsatadi?Tashqi muhit,yashash sharoiti,o’qish va tarbiyalanish sharoiti.
Akseleratsiya jarayoni nima?So’ngi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishi,bolaning psixik rivojlanishi va balog’at yoshiga yetishishining tezlashishi.
So’ngi 100 yil davomida chaqaloqlarda,o’smirlarda va o’rta yoshli erkaklarda bo’y o’sishi qanchaga tezlashgan?5sm,10-15sm,6-8sm.
Akseleratsiya jarayoni nima sababdan yuzaga keladi?Odamlar oilaviy sharoitning yaxshilanishi,yaxshi ovqatlanish va yorug’ kunning uzayishi tufayli.
Odamni 1-nchi marta primatlar turkumiga kiritgan olim?K.Linney.
Odam daraxtlarga chirmashib yurishdan yerga tushishga o’tgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan degan g’oyani 1-nchi bo’lib kim ilgari surgan?J.B.Lamark.
Ch.Darvin qaysi asarlarida odam,odamsimon maymundan paydo bo’lganligi haqida fikrni ilgari surgan?”Tabiiy tanlanish bilan turlarning paydo bo’lishi”,”Odamning paydo bo’lishi bo’lishi va jinsiy tanlanish”.
Odam va odamsimon maymunning o’xshashlik tomonlari?Bosh suyagi,umurtqa pog’onasi,qo’l-oyoq skeleti,bosh barmoqning boshqa barmoqlarga qarshi bo’lishi,sut bezlari,bachadoni,embrional rivojlanishi,homiladorlik muddati.
Odam va odamsimon maymunning eng eng o’xshash tarafi?Bosh miya yarim sharlari po’stloq qismining pushta va egatlarining rivojlanganligi.
Odam embrioni rivojlanishining nechanchi kunlarida xuddi baliqlardagidek jabra yorig’i hosil bo’ladi?18-20 kunlarida.
Bir oylik bola embrionida nima paydo bo’ladi?Xuddi baliq miyasiga o’xshash beshta miya pufagi.
Odamdagi rudimentlarga nimalar kiradi?Odam ko’zidagi 3-nchi qovoq,qushlar ko’zidagi 3-nchi qovoq,6 oylik embrionning quloq suprasi,katta yoshli odamning quloq suprasi,maymunning quloq suprasi,odamning ko’richgi,tuyoqli hayvonlarning ko’richgi va chuvalchangsimon o’simtasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |