Qaysi bakteriyalar bo`lmaganda er yuzi turli xil qoldiqlar bilan to`lgan bo`lardi?Tuproq bakteriyalari(chirituvchi).
Qaysi bakteriyalar faoliyati natijasida oziq ovqat maxsulotlari chiramaydi balki achiydi?Achituvchi.
Achish deb nimaga aytiladi?Azotsiz organik moddalarning bakteriyalar tomonidan parchalanishi.
Oziqlanish usuliga ko`ra achituvchi bakteriyalar qanday hisoblanadi?Saprofit.
Achituvchi bakteriyalar qaysi maxsulotlarda yashaydi?Sutda,yangi sersuv sabzavotlarda,o`tlarning barg va poyalarida.
Burchoqdoshlar ildizida yashaydigan bakteriya turi va uning vazifasi?Tugunak bakteriyalar,azotni yig`ish.
Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar qanday ataladi? Parazit bakteriyalar.
Parazit bakteriyalar odamda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?Sil,terlama,bo`g`ma,vabo,o`lat.
Yuqimli kasalliklarni suv va havo orqali tarqalishini kim aytib o`tgan?Abu Ali Ibinsino.
O`zidan fitonsidlar chiqarib havoni tozalaydigan o`simliklar?Gledichiya,archa,yong`oq,terak.
Paxtachilikka katta ziyon yetkazuvchi bakteriya turi?G`o`za gommozi.
Bakteriya yuqqan o`simlikda qanday o`zgarishlar bo`ladi?O`simlik bargida qora dog`lar paydo bo`ladi, va quriydi.
Bakteriyalar kasal o`simlikdan sog`lom o`simlikka qaysi organi orqali yuqadi?Barg og`izchalari orqali.
Zamburug`lar nimasi orqali ko`payadi?Sporalari.
Zamburug`ning meva tanasi nimalarga bo`linmagan?Ildiz,poya,barg.
Zamburug` hujayrasining tarkibiy qismi?Qobiq,protopplazma,mag`iz.
Zamburug`larning oziqlanish usuli?Saprofit.
Zamburug` hujayralarida … bo`lmaydi?Plastidalar va xlorofil.
Mitseliy bu?Zamburug`ning meva tanasi.
Mitseliy nimalar yig`indisidan iborat?Gifalar.
Zamburug`larning spora hosil qiluvchi qismi nima deb ataladi?Mevatana.
Zamburug`lar qanday yo`l bilan ko`payadi?Vegetativ,jinsiy,jinssiz.
Er yuzida zamburug`larning qancha turi bor?100000dan ortiq.
O`zbekistonda-chi?3000ga yaqin.
Zamburug`larning meva tanasi qanday qismlardan iborat?Oyoqcha va qalpoqchalardan.
Mog`or zamburug`ining mitseliysi nechata hujayradan iborat?1ta.
Mog`or zamburug`ining 2-nomi?Po`panak.
Mog`or zamburug`i yaxshi sharoitda qanday yo`l bilan ko`payadi?Jinssiz.
Mog`or zamburug`ining sporalari qaerda etiladi?Sporangiy ichida.
1ta zamburug`da nechata sporangiy bo`ladi?10 lab.
Sporangiy ichida qancha spora bo`ladi?10000 dan ortiq.
Zamburug`larning sporalari etilganini qaerdan bilish mumkin?Sporangiylari qoramtir ranga kiradi.
Zamburug`larning qanday ko`payish turida gifalarning uchlari tutashadi?Jinsiy.
Po`panak zamburug`ining oziqlanishi uchun qanday sharoitning keragi yo`q?Yorug`lik.
Qaysi zamburug`namlik va issiqlik bo`lmasa yashay olmaydi?Po`panak(mog`or) zamburug`i.
Penitsillin qaysi zamburug`dan olinadi?Penitsill zamburug`idan.
Zamburug`larning o`sishi uchun qanday sharoitlar zarur?Harorat,namlik,ozuqa.
Mog`or zamburug`idan qanday maqsadlarda foydalaniladi?O`simlik va hayvonlarning o`sishini tezlatish uchun,chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda.
Achitqi zamburug`i nechata hujayradan iborat?1ta.
Do'stlaringiz bilan baham: |