Ullotriks qanday oziqlanadi?Fotosintez qilib.
Ullotriks qanday yo`l bilan ko`payadi?Jinssiz va jinsiy.
Ullotriksning qaysi qismi xramataforsiz bo`ladi?Ostki.
Ullotriks ipi qanday hosil bo`ladi?Vegetativ hujayrasining o`sib,ko`p marta ko`ndalangiga bo`linishi hisobiga.
Ullotriksning jinsiy ko`payishi nima orqali kechadi?Izogametalar orqali.
Ullotriksning zoosporalarida nechata xivchin bo`ladi?4ta.
Izogametalarda necgata xivchin bo`ladi?2ta
Ullotriksning nechata turi bor?25ta.
Iplari shoxlanmagan va yirik silindirsimon hujayralardan tuzilgan bo`lib, suvda plankton holda yashaydigan suvo`ti?Spirogira.
Spirogiraning bo`linishi qachon boshlanadi?Yozda quyosh botgandan so`ng.
Qaysi suvo`tining tallomi biror ta`sir natijasida uzulishidan ham ko`payib ketaveradi?Spirogira.
Spirogiraning jinsiy ko`payishini tushuntiring?2ta spirogira ipi parallel turadi va yondosh hujayralaridan bir –biriga qaragan o`simta o`sib,chiqadi va tutashadi.To`siq yo`qoladi va 2ta hujayra ichidagi borliq qo`shilib zigota hosil bo`ladi.
Qaysi suvo`tidan yashil qog`oz,karton olinadi?Kladafora.
Baqa to`nlarini qaysi suvo`tilar hosil qiladi?Spiragira va kladafora.
Spirogiraning qancha turi bor?340.
Tallomi sershox bo`lib bo`yi 1metrga etadigan suvo`ti?Kladafora.
Ariq,hovuz,ko`l va sholi poyalarda keng tarqalgan ashaddiy begona o`t?Xara.
Bo`yi 30-60 sm bo`lib, tallomi sershox, asosiy shoxdan chiqqan yon shoxlar ustida ham halqa hosil qilib,o`sadigan suvo`ti?Xara.
Kladafora va xara qanday yo`llar bilan ko`payadi?Jinssiz va jinsiy.
Suvda osilgan holatda yashovchi suvo`ti?Spirogira.
O`zbekistonda suvo`tilarni o`rganishga qissa qo`shgan olim?A.M.Muzaffarov.
Dengiz suvo`tilarining bo`yi qanchagacha bo`ladi?Bir necha smdan 60-70metrgacha.
Dengiz suvo`tilarining chuchuk suvo`tilardan farqi?Xramatoforida xlorofildan tashqari karotin,ksantofil,hamda qo`ng`ir va qizil pigmentlarning bo`lishi bilan.
Tanasining yuqori qismi yzun lentasimon, cheti kungurali,bo`yi 2-6-12m keladigan suvo`ti?Yapon laminariyasi.
Yapon laminariyasining eni necha sm?10-75sm.
Yapon laminariyasining 2-nomi?Dengiz karami.
Laminariya tarkibida qanday moddalar bor?Darmon dorilar,shakar va ozuqabop moddalar.
Laminariya turkumiga nechata tur kiradi?30ta.
Laminariyaning har gektaridan qancha quritilgan maxsulot olish mumkin?50-65 tonna.
Dengiz suvo`tilarining tarkibida qanday moddalar kam va qanday moddalar ko`p boladi?Yog` kam,oqsil,uglevod,vitamin ko`p.
Sanoatda dengiz suvo`tilaridan nima olinadi?Yod va brom.
Agar-agar qaysi suvo`tilardan olinadi?Qizil,fillofora.
Algin kislotasining natriyli tuzi qaysi xususiyati jihatidan arab elimiga nisbatan 37 marta,kraxmalga nisbatan 14 marta qimmat turadi?Yopishqoqlik.
Dengiz suvo`tilarining 1kg kulidan qancha yod olinadi?5-20gr.
Agar-agar labaratoriya sharoitida nima maqsadda ishlatiladi?Bakteriya va zamburug`larni o`stirish uchun.
Ovqatga ishlatiladigan dengiz suvo`tilari?Laminariya,nemalion,ulva.
Ayrim suvo`tilar necha metr chuqurlikda o`sib, quyosh nurini necha foizgacha qabul qila oladi?269mva 99,9%.
Eng uzun suvo`ti qaysi, uning bo`yi necha metr va 1sutkada qancha o`sadi?Makrotsistis 60m 1sutkada 45sm o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |