Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


O`lik hujayralari tirik hujayralarga nisbatan ko`pligi uchun


Download 297.44 Kb.
bet25/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Nima sababdan torf yo`sinining rangi oqish bo`ladi?O`lik hujayralari tirik hujayralarga nisbatan ko`pligi uchun.

Nima sababdan torf qatlamiga tushgan hayvon va o`simliklar chirimay saqlanib qoladi?Torf qatlamlarida kislorod bo`lmaydi,doimo sovuq bo`ladi,bakteriya va zamburug`larni o`ldiruvchi zaharli moddalar ajratadi.

Torf yo`sini nima maqsadda foydalaniladi?Yoqilg`i,o`g`it,xomashyo,tabobatda ishlatiladi.

Dalaqirqbo`g`imidagi sporofillar nimani o`zgarishidan hosil bo`lgan?Shakli o`zgargan barg.

Dala qirqbo`g`imining sporalari qaerda yetiladi?Sporangiyda.

Qirqbo`g`imlarning sporafiti nimadan rivojlanadi?Murtakdan.

Qirqbo`gimlarning erkak o`simtasi qaysi belgilari bilan urg`ochi o`simtasidan farq qiladi?Kichkina,chetlari bo`lingan.

Qirqbo`gimlarning qaysi qismlaridan tayyorlangan damlama siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi?Poya va shoxlaridan.

Qirqbo`g`imlarning urug`lanish jarayoni qaerda kechadi?Suvda.

Qirqbo`g`imning yozgi poyasining ahamiyati nima?Organik modda sintezlash.

Qirbo`g`imlar sporalari orqali ko`payishdan tashqari yana qanday yo`l orqali ko`patadi?Ildiz poyalari orqali(begetativ)yo`l bilan.

Er yuzida qirqquloqlarning qancha turi tarqalgan?10000ga yaqin.

O`rta Osiyoda qirqquloqdoshlar oilasiga mansub qancha tur o`sadi?32 tur.

O`zbekistonda 10 turkumga oid necha turi o`sadi?15 turi.

Qirqquloqlarga ta`rif bering?Ildiz poyali ko`p yillik o`tlar.

Qirqquloqlarning qirqbo`g`imlarga o`xshash belgilari?Ildiz poyali ko`p yillik o`t,jinssiz va jinsiy bo`g`inlar gallanadi,vegetative ko`payishi ildiz poyalar orqali,qo`shimcha ildiz.

Qirqquloqlarning daraxtsimon vakillari qaerda uchraydi?Tropik va subtropik mintaqalarda.

Qirqquloqlarning qirqbo`g`imlardan farqi?Bargi yirik patsimon qirqilgan,spora beruvchi boshoqlari bo`lmaydi,sporalari soruslardagi sporangiylarda yetiladi.

Qirqquloqlar barglarining ostidagi qo`ng`ir rangli bo`rtmalar qanday nomlanadi va u yerda nima joylashadi?Sroruslar;sporangiylar.

Qirqquloqlarning gametafiti nima yordamida tuproqqa yopishib turadi?Rizoidi bilan.

Qirqquloqlarning jinssiz ko`payishi nima orqali sodir bo`ladi?Ildizpoya va spora.

Qirqquloqlarning murtagi nimadan rivojlanadi va murtakdan nima rivojlanadi?Urug`langan tuxum hujayra,yangi qirqquloq.

Qirqquloqlarning sporalari qaerda etiladi?Sorus ichidagi sporangiyda.

Qirqquloqlarning gametafitiga ta`rif bering?Bo`yi 1 metr,yashil,yupqa va yuraksimonbo`lib,rizoidlari yordamida tuproqqa yopishib turadi.

Qirqquloqlarning vegetativ ko`payishi nima orqali sodir bo`ladi?Ildizpoya orqali.

Ildizpoyali ko`p yillik o`t,barglari keng nashtarsimon,bargining uzunligi 10-40sm 2-3 karra patsimon bo`lingan.Bu qaysi o`simlik?Zuxrasoch.

Suv yuzasida suzib yuradigan,ildizsiz mayda o`simlik bo`lib, barglari 3tadan bo`lib joylashgan 2tasi yashil, poyaning ikki tomonida o`rnashgan ,yassi,uchinchisi suv ichida osilib turadigan o`simlik?Suv qirqqulog`i.

O`zbekistonda uchraydigan qirqquloq turlari?Zuxrasoch,suv qirqqulog`i,o`rmon qirqqulog`i.

Suv qirqqulog`ining zuxrasoch qirqqulog`idan farqi?Sporali mevasida har xil sporalar hosil bo`ladi.

Zuxrasochning nam tuproqqa tushgan sporasidan nima rivojlanadi?Gametafit.

Yer yuzida ochiq urug’lilarning qancha turi bor?660turi.

O’zbekistonda-chi?18 turkumga oid 40 turi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling