Xlorella hujayrasining tuzilishi?Qobiq,sitopalazma,mag`iz,xromatafor.
Xlorella xromataforining shakli?Kosachasimon.
Xlorellaga xos qaysi hodisa ullotriksda ham kuzatilishi mumkun?Spora hosil qilish.
Xlorella suv va mineral moddalarni qaysi qismi orqali so`rib oladi?Po`sti.
Xlorella asosan qanday yo`l bilan ko`payadi?Jinssiz.
Avtosporalar xlorellaning qanday ko`payishi natijasida hosil bo`ladi?Jinssiz.
1ta xlorella avlodi ko`payib qanchagacha etishi mumkin?Bir necha million.
Xlorella noqulay tasirdan qanday himoyalanadi?Spora hosil qilib.
Xlorella ichidagi borliq nechaga bo`linib ko`payadi?4-8.
Xlorellaning qancha turi bor?40dan ortiq.
O`rta osiyoda-chi?5ta.
Xlorella qaysi oilaga mansub?Xlorelladoshlar.
Xlamidomonada qaysi oilaga mansub?Xlamidomonadadoshlar.
Akvarium devorlarida ham o`sadigan suvo`ti?Xlamidomonada.
Xlamidomonada qaerlarda uchraydi?Iflos va azotli birikmalarga boy joylarda.
Xlamidomonada so`zining ma`nosi?Kiyimli sodda organizm.
Xlamidomonada hujayrasining shakli?Noksimon yoki oval.
Xlamidomonadaning tuzilishi?2ta xivchin,vakuola,qobiq,mag’iz,xromatofor.
Xivchinlarning vazifasi?Harakatlanish.
Xlamidomonadaning ko`zchasi qaerda joylashgan?Xramatoforining uchida.
Xlamidomonadaning qizil ko`zchasi nima deb ataladi?Stigma.
Ko`payishdan oldin xlamidomonadada qanday o`zgarishlar kuzatiladi?Xivchinlari yo`qoladi,harakatdan to`xtaydi.
Xlamidomonada qaysi vaqtda jinsiy yo`l bilan ko`payadi?Kuzda.
Xlamidomonadaning jinssiz ko`payishidan hosil bo`lgan hujayralar nima deb ataladi?Zoosporalar.
Gametalarning zoosporalarga o`xshashlik tomoni?2 xivchinli,harakatchan.
Gametalarning zoosporalardan farqli tomoni?Zoosporalarga nisbatan kichik,o`zlarida erkaklik va urg`ochilik xususiyatlarini saqlaydi.
Gametalarni hosil qilgan ona hujayraga nima deyiladi?Gametangiya.
Izogametalar deb qanday gametalarga aytiladi?Erkaklik va urg`ochilik xususiyatlarini aniqlab bo`lmaydigan gametaga.
Qanday ko`payish natijasida 4ta xlamidomonada hosil bo`ladi?Jinsiy(Izogametalardan hosil bo`lgan zigota).
Xlamidomonada jinsiy ko`payganda nechata mayda hujayra hosil bo`ladi?32-64ta.
Jinssiz ko`payganda-chi?4-8ta.
Xlamidomonadaning qancha turi bor?500.
Qoramol,qo`y,echki ovqatiga xlorella nima maqsadda qo`shib beriladi?Semirtirish.
Jo`ja va tovuqlarga xlorella pastasi qo`shib berilsa ularda qanday o`zgarish kuzatiladi?Semiradi va tuxum qilishi ko`payadi.
Xlorella suspenziyasi tut bargiga sepilsa pillada qanday o`zgarishlar kuzatiladi?Qurtlarining og`irligi va sarmog`i oshadi.
Qaysi suvo`tidan kosmik kemalar va suv osti kemalarida havoni tozalash uchun foydalaniladi?Xlorella.
Bir gektar suv havzasi yuzasidan qancha xlorella hosilini olish mumkin?30-70 tonna.
Ko`p hujayrali suvo`tilarga qaysi suvo`tilar kiradi?Ullotriks,spirogira,kladafora,xara.
Qaysi suvo`tining zanjirdek tuzilgan ipchasi bir xil hujayralardan iborat?Ullotriks.
Qaysi suvo`tining tanasi shoxlanmagan bo`lib, rizoidi pona shaklida bo`ladi?Ullotriks.
Ullotriksning xramatafori qanday shaklda bo`ladi?Belbog`simon.
Do'stlaringiz bilan baham: |