Burchoqdoshlarning 2-nomi?Dukkakdoshlar.
Burchoqdoshlarning gul formulasi?Gk(5) Gt1+2+(2) Gh(9) U1.
Burchoqdoshlarning yer yuzida qancha turkum va qancha turi bor?400 turkum,12000 tur.
O’bekistonda-chi?57turkum,470 tur.
Burchoqdoshlarning gultoji qanday shaklda?Kapalak.
O’zbekistonda sebarga turkumining nechta turi o’sadi?7ta.
Burchoqdoshlarga hayotiy shakli qanday bo’lgan o’simliklar kiradi?Bir yillik,ikki yillik,ko’p yillik,chala butalar,butalar,daraxtlar.
Yeryong’oqning vatani qaer?Brazilya.
Ituzumdoshlar qaysi mintaqalarda keng tarqalgan? Tropik va mo’tadil iqlimli.
Ituzumdoshlarning O’zbekistonda ko’p ekiladigan vakili?Pomidor.
Ituzumdoshlar qancha turkum va qancha turni o’z ichiga oladi?80 turkum,3000tur.
O’zbekistonda-chi?11 turkum 36 tur.
Ituzumdoshlarga hayotiy shakli qanday bo’lgan o’simliklar kiradi?1 yillik, 2 yillik ko’p yillik, qisman buta va yarim buta
Kartoshka tugunagi qaysi qismning o’garishidan hosil bo’lgan?Novdaning
Ituzumdoshlarning ildiziga ta’rif bering?O’q ildiz.
Ituzumdoshlarning poyasiga ta’rif bering?Tik o’suvchi yotib va yonboshlab.
Ituzumdoshlarning bargiga ta’rif bering?Oddiy, butun yoki bo’lingan
Ituzumdoshlarning gullari qaerda joylashgan?Barg qo’ltig’ida yoki shoxlar uchidagi gajak to’pgullarda.
Sabzavot ekini sifatida ko’p ekiladigan ituzumdoshlar vakillari?Kartoshka, baqlajon.
Ituzumdoshlarga qaysi o’simliklar kiradi?Mingdevona,bangidevona,pomidor,baqlajon,kartoshka,garmdori,chilim tamakisi,maxorka tamakisi,oloy xiyoli,qora ituzum.
Ituzumdoshlarning mevasi qanday meva ?Rezavor meva yoki ko’sakcha.
Ituzumdoshlarning gul formulasi?Gk(5)Gt(5)Ch5U1
Gullari oqish,shoxlar uchidagi gajak to’pgullarda 3tadan 10tagacha joylashgan barglari oddiy,uzunchoq tuxumsimon,poyasi sershox bir yillik yovvoyi o’t bu xususiyatlar qaysi o’simlik uchun xos?Qora ituzum.
Tamaki barglari nima maqsadda ishlatiladi?Maxorka,papiros,sigara hasharotlarga qarshi preparatlar va dorilar tayyorlashda.
Qora ituzumning bo’yi necha sm?25-50 sm
Qaysi o’simlikning bargi tarkibida kishining asab va qon tomir sistemasiga zararli ta’sir qiluvchi zaharli modda nikotin bo’ladi?Chilim va maxorka tamakisi.
Ituzumdoshlarning qaysi biri Farg’ona viloyatida o’sadi?Oloy xiyoli
Qora ituzum qachon gullaydi?Iyun oxiridan tupini sovuq urguncha.
Qora ituzum mevasining shakli qanday?Sharsimon.
Ituzumdoshlardan qaysi biri qizil kitobga kiritilgan?Oloy xiyoli.
Qora ituzum mevasi qachon pishadi?Avgustning oxirida qorayib pishadi.
O’zbekistonda bangidevona turkumiga oid nechta tur o’sadi?4 ta.
Qora ituzum mevasi tarkibida qanday moddalar bor?”C” darmondorilar bor.
O’zbekistonda mingdevona turkimiga oid nechta tur o’sadi?5 ta.
O’zbekistonda ituzum turkumiga oid nechta tur o’sadi?10 ta
Ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi qaysi o’simliklarda ham zaxarli ham dorivor xususiyati bor?Bangidevona va mingdevona.
Do'stlaringiz bilan baham: |