Ochiq urug’li o’simliklar qanday o’simliklardan tashkil topgan?Daraxt va butalardan.
Ochiq urug’li osimliklarning urug’i qayerda yetishadi?Maxsus qubbalarda ochiq holda.
Ochiq urug’li o’simlilarga misol? Archa,saur,qarag`ay,qora qarag`ay.
Ochiq urug’lilarga xos belgi va xossalarni ayting?Daraxt va butalardan tashkil topgan,urug`lari qubbalarda etiladi,urug`lardan ko`payadi.
Ochiq urug’lilarning arxegoneysi qayerda joylashadi?Urug`kurtakda.
Ochiq urug’lilarning eng qadimgi vakili?Gingko biloba.
Ochiq urug’lilarning tuxum hujayrasi qayerda joylashadi?Arxegoniyada.
Bo’yi 20 metrga yetadigan, doimo yashil daraxt bu qaysi o’simlik?Archa.
Archaning barglari qanday shaklda bo’ladi?Juda mayda tangachasimon.
Urug’dan unib chiqqan archaning katta daraxt bo’lib yetishishi uchun necha yil kerak?100 yil.
Archa necha uyli o’simlik?2uyli.
Archaning changlari qayerda yetiladi?Changchili qubbada.
Archaning urug’chili qubbasining shakli va uzunligi?Sharsimon, 0,5-1sm.
Archaning tuxum hujayrasi qayerda yetishadi?Urug`kurtakdagi arxegoniy ichida.
Archaning urug’chi qubbalari urug’langandan keyin necha yilda pishadi?2 yoki 3 yilda.
O’rta Osiyoda archaning nechta yovvoyi turi o’sadi?7ta.
O’zbekiston to’glarida archaning qaysi turlari katta-kichik archazorlar hosil qiladi?Zarafshon,Turkiston va Saur archalari.
Manzarali daraxt sifatida ekiladigan archa turlari?Sharq sauri va Vilgin archasi.
Sharq sauri nimasi bilan archaga o’xshaydi?Tana va barglarining tuzilishi bilan.
Sharq sauri nimasi bilan archadan farq qiladi?Novdalarning o`ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi b-n.
Qarag’ay turkumining yer yuzida qancha turi bor?100ga yaqin.
O’zbekistonda-chi?10ga yaqin.
O’zbekistonda qarag’ay nima maqsadda o’stiriladi?Xushmanzara va yog`ochbop,dori-darmon sifatida,oily nav qog`qzlar tayyorlashda,texnik spirtlar olishda.
O’zbekiston sharoitida qarag’ayning baalandligi necha metr bo’ladi?10-20m.
Oddiy qarag’ayga ta’rif bering?1uyli yorug`sevar, doimo yashil daraxt.
Qarag’ay barglariga ta’rif bering?Novdada 2tadan bo`lib o`rnashgan,uzunligi 5-7sm,och yashil rangli.
Qarag’ay o’rta hisobda necha yil yashaydi?200-400yil.
Yopiq urug’lilarga xos bo’lgan eng muhim belgilardan biri?Qo`sh urug`lanish.
Fanga yopiq urug’li o’simliklarning qancha turi ma’lum?250000dan ortiq.
Yopiq urug’lilarga oid juda ko’p dorivor o’simliklar haqida ma’lumot bergan olimlar?Ibn Sino va Al Beruniy.
Yopiq urug’li o’simliklar necha sinfga bo’linadi va qaysilar?2ga 1-urug`pallalilar va 2-urug`pallalilar.
Bir urug’pallali o’smliklar va ikki urug’pallali o’simliklarning asosiy farqlari?Bir urug’pallalilar-murtagi faqat 1 ta urug’pallali;ildizi popuk ildiz,bargi parallel yoki yoysimon,poyasi kambiysiz,yo’g’onlasha olmaydi,gulqo’rg’oni oddiy.Ikki urug’pallali o’simliklar-murtagi 2 urug’pallali,ildizi o’q ildiz,bargi patsimon yoki panjasimon tomirlangan,poyasi kambiyli, yo’g’onlasha oladi,gulqo’rg’oni murakkab.
O’zbekiston hududida qancha yopiq urug’li osimliklar o’sadi, shulardan nechtasi bir urug’pallali nechtasi ikki urug’pallali?4500 ga yaqin,3700 ga yaqin ikki urug’pallali, 800 ga yaqin bir urug’pallali.
Eng katta qirqquloq qaysi, uzunligi, bargining uzunligi qancha?Siatea turkumiga mansub daraxtsimon qirquloq balandligi 24 m, bargining uzunligi 5m.
Do'stlaringiz bilan baham: |