Qovoqdoshlarning poyasiga ta’rif bering?O’rmalab yoki ilashib o’sadi.
Qovoqdoshlarning guliga ta’rif bering?To’g’ri ayrim jinsli,hashoratlar yordamida changlanadi.
Qovoqdoshlarning bargiga ta’rif bering?Oddiy,ketma-ket o’rnashgan,yaproqlari panjasimon bo’lingan.
Oshqovoqning 2-nomi?Oyimqovoq.
Qovoqdoshlarga hayotiy shakli qanday bo’lgan o’simliklar kiradi?1yillik va ko’p yillik o’tlar.
Barglari yirik buyraksimon,yaprog’i 5-7ga bo’lingan changchili va urug’chili gullari bitta tupda etishadi.Bu qaysi o’simlik?Oshqovoq.
Qovoqdoshlar oilasiga qaysi o’simliklar kiradi? Oshqovoq,handalak,qovun,tarvuz,bodring,idish-qovoqlar,qozonyuvgichlar,itqovun.
O’zbekistonda qovoq turkimiga oid nechta tur o’sadi?3ta.
Oshqovoq qaysi turkumga kiradi va u necha yillik o’simlik?Oshqovoq turkumiga,1 yillik.
Qaysi o’simlikning urug’i tarkibida 50%gacha moy bo’ladi? Oshqovoq.
Qovoqdoshlar oilasiga mansub ekinlar orasida uchraydigan begona o’simlik?Itqovun.
Poyasi silindirsimon,mayin tuklar bilan qoplangan,o’rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o’sadigan o’simlik bu…? Oshqovoq.
O’bekistonda keng miqyosda ekiladigan qovoqdoshlar? Handalak,qovun,tarvuz,bodring.
Qovoqdoshlarning qaysilari turli- tuman shakllarda bo’ladi? Idish-qovoqlar,qozonyuvgichlar.
Oshqovoq mevasiga ta’rif bering?Yirik soxta meva,tashqi qavati qattiq,ichki qavati shirador va etdor.
O’zbekistonda qovoqdoshlarning qancha turi bor?18 turi.
Ikkiurug’pallalilar ichida eng yirik oila bu? ZIRADOSHLAR OILASI.
Ziradoshlar oilasining 2-nomi?Soyabonguldoshlar.
Ziradoshlarning asosiy qismi qayerda o’sadi?Shimoliy Yarimsharlarda.
Yovvoyi sabzi necha yillik o’t? 2 yillik
Ziradoshlarga hayotiy shakli qanday bo’lgan o’simliklar kiradi?1 va ko’p yillik o’tlar.
Ziradoshlarning guliga ta’rif bering?Gullari mayda 1 yoki 2 jinsli.
Qaysi o’simlik turlarining balandligi 200-250smga yetadi?Alqor,shashir,kovrak
Ziradoshlar bargiga ta’rif bering?Navbat bilan joylashgan,pastki qismida poyani ma’lum darajada o’rab turadigan barg navi bor.
Ziradoshlarning gullari qanday to’pgulda joylashgan?Kallakcha, oddiy yoki murakkab soyabon
Ziradoshlarga kiruvchi tugunakli ko’p yillik o’t? Osh zira.
Ziradoshlarning gul formulasi?Gk0,(5)Gt(5)Gh5U1
Ziradoshlarning mevasi qanday meva turiga kiradi?Danakcha
Barg yaprog’i 2karra patsimon bo’lingan,soyaboni murakkab,ko’p nurli,soyabonlari 15-20 gulli bu qaysi o’simlik? Yovvoyi sabzi.
Shivit o’simligining 2-nomi?Ukrop.
Oziq-ovqat sifatida keng ishlatiladigan ziradoshlar?Sabzi,kashnich,petrushka,shivit.
Oddiy ziraning 2-nomi?Osh zira.
Ziradoshlardan qaysi biri efir moylarga boyligi bilan ajralib turadi? Oddiy zira.
O’zbekistonda zira turkumiga oid nechta tur o’sadi?9ta.
Zira turkumiga oid o’simliklar qayerlarda tarqalgan?Adir va tog’larda.
O’zbekistonda begona o’t sifatida keng tarqalgan ziravor o’simlik? Yovvoyi sabzi.
Ziradoshlardan qaysi turkum vakillari efir moylarga boyliklari uchun qadrlanadi?Zira va alqor.
Do'stlaringiz bilan baham: |