Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet35/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Gulbandi gulqo’rg’onidan bir necha marta uzun bo’lgan o’simlik?Bosh piyoz.

Piyozdoshlar oilasining guliga ta’rif bering?Gullari 2 jinsli,gulqo’rg’oni oddiy,to’g’ri gultojsimon.

Piyozdoshlar oilasining gul formulasi?Og3+3Gh3+3U1

Bosh piyoz … juda boy?Fitonsidlarga.

Bosh piyoz qachon gullaydi va mevasi qachon pishadi?May-iyunda gullaydi,iyulda pishadi.

Dorivorlik xususiyatiga ko’ra bosh piyoz bilan yonma-yon turadigan o’simlik?Sarimsoq piyoz.

Mador piyozining 2-nomi?Matur.

Piyozdoshlar oilasiga kiruvchi xushmanzara turlar?Gul piyoz,cho’chqaquloq piyoz,Suvorov piyozi,nor piyoz va qo’shbarg piyoz.

Piyozlardan nechtasi O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan?10 ta.

Piyozboshi tuxumsimon va yumaloq shaklda,qobig’i qattiq,qo’ng’ir,oqish va qizg’ish,gul poyasi 100 smgacha etadi,qalin,yarmidan pastki qismi shishgan,barglari ham shishgan o’simlik?Bosh piyoz.

Piyozdoshlar oilasining tabiiy holda o’sadigan (iste’mol qilinadigan)tur/i?Pskom piyozi,Oshanin piyozi,mador piyozi,qum piyoz,anzur piyoz.

Qaysi oila vakillarining to’pguli yoshligida qobiq b-n o’ralgan bo’ladi?Piyozdoshlar.

G’umay qaysi turkumga kiradi?Jo’xori.

Bug’doydoshlarning 2-nomi?Boshoqdoshlar.

Yer yuzida bug’doydoshlarning qancha turkum va qancha turi bor?600 turkum,10 000 ga yaqin tur.

O’zbekistonda-chi?91 turkum,271 tur.

Chayir ajriq qaysi turkumga kiradi? Qo’ng’irbosh.

Bug’doydoshlarning gul formulasi?Og(2)+2Gh3,6U1

Bug’doydoshlarning ildiziga ta’rif bering?Qo’shimcha ildizlar yig’indisidan tashkil topgan popuk ildiz tizimli.

Bug’doydoshlarning poyasiga ta’rif bering?Silindrsimon,tik o’sadi,bo’g’imlarga bo’lingan.

Bug’doydoshlarning bargiga ta’rif bering?Oddiy 2 qator bo’lib bo’gimlarda o’rnashgan.

Bug’doydoshlarning bargi necha qismdan iborat va qaysilar?2 qism barg qinidan va barg yaprog’idan.

Tilcha qayerda joylashadi va uning vazifasi nima?Barg yaprog’ining tagida yoki qindan ajralgan yerida,vazifasi qinning ichiga suv o’tkazmaslik.

Bug’doydoshlarning guliga ta’rif bering?Gullari mayda,rangsiz,ko’kimtir,boshoqchalarda joylashgan.

Boshoqchalar qanday to’pgulda yig’ilgan?Murakkab boshoq,so’ta,ro’vak,sulton.

Gul qipig’ining boshoqcha o’qidan chiqqan etli va kattarog’i?Ostki gul qipig’i.

Bug’doydoshlar mevasiga ta’rif bering?Quruq,bir urug’li don.

Piyozli arpaning bo’yi?50-150sm.

Piyozli arpani yana qanday atashadi?Javdar,xarduma,tak-tak,tog’arpa.

Bug’doydoshlarning tabiiy holda o’sadigan vakillari?Tak-tak,g’umay,qo’ng’irbosh,ajriq,qamish.

Sug’oriladigan ekinlar orasida,ayniqsa paxtazorlarda ko’p o’sib,hosildorlikka katta ziyon yetkazadigan,ko’p yillik begona o’t?G’umay.

Respublikamiz tabiiy pichanzorlarini hosil qiluvchi o’simliklaridan biri?Piyozli arpa.

G’umay o’simligining bo’yi qancha?50-150sm.

Qadim zamonlardan beri ekilib kelayotgan bug’doydoshlar?Bug’doy,sholi,makkajo’xori,oqjo’xori.

Bug’doydoshlarning nechtasi Qizil kitobga kiritilgan?2tasi.

Cho’l va adirlarda o’sadigan,uzun va sershox ildizpoyali ko’p yillik o’t?Chayir ajriq.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling