Soyoboni 15-20 nurli,soyabonchasi 20-30 gulli ,poyasi tuksiz,balandligi 40-60(80)sm mevasi iyulda pishadi bu qaysi o’simlik?Oddiy zira.
Mevasi danakcha,qirralarida ipsimon bo’rtmalari bor,poyasi silliq,balandligi 80-100(120)sm, shoxlangan bu qaysi o’simlik?Yovvoyi sabzi.
Oddiy zira qayerda ko’p tarqalgan?Tog’ yonbag’irlarida.
Ziradoshlarning yer yuzida qancha turkum va qancha turi bor?300 turkum,3500 tur.
O’zbekistonda-chi?69 turkum,198 tur.
Yovvoyi sabzining mevasi qachon gullab, qachon pishadi? May-uyunda gullab,iyulda pishadi.
Hayotida 1 marta gullab qurib ketadigan o’simlik?Kovrak.
Qoqio’tdoshlarning yer yuzida qancha turkum va qancha turi bor?920 turkum,19000 tur.
O’zbekistonda-chi?137 turkum,597 tur.
Qoqio’tdoshlarning muhim belgisi bu?To’pgullarining savatcha shaklda bo’lishi.
Qoqio’tdoshlarning 2-nomi?Murakkabguldoshlar.
Qoqio’tdoshlarga hayotiy shakli qanday bo’lgan o’simliklar kiradi?1yillik va ko’p yillik o’tlar,kam qismi yarim butalar.
Qoqio’tdoshlarning guliga ta’rif bering?Gulbandlarining uchida o’rnashgan savatchalarda joylashgan,ikki jinsi,tilsimon.
Qoqio’tdoshlarning bargiga ta’rif bering?Oddiy ildiz bo’g’izida to’planib yoki poyada ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashgan,yaprog’i butun,patsimon.
Qoqio’tdoshlarning poyasiga ta’rif bering?Poyasi kalta.
Qoqio’tdoshlarning gul formulasi?Gk0,(5)Gt(5)Ch5U1
Qoqio’tdoshlar qaysi xususiyatiga qarab, 2ga bo’lingan?Gul tuzilishiga qarab
Qoqio’tdoshlar qaysi oilachalarni o’z ichiga oladi?Suttikandoshlar va Moychechakdoshlar
Qoqio’tdoshlarga mansub buta,liana va daraxtlar qaysi mintaqalarda uchraydi?Tropik mintaqalarda.
Gullari zangori rangli,ikki jinsli,tilsimon.O’zbekistonda yagona tur bu qaysi o’simlik?Zanggori sachratqi.
Poyasi juda kalta,to’pguli savatcha,savatchadagi hamma gullari 2 jinsli tilsimon bu qaysi o’simlik?Dorivor qoqio’t.
Suttikandoshlarga qaysi o’simliklar kiradi?Qoqio’t,karrak,sachratqi,maxsar,kakra.
Satchratqining qaysi qismidan dori tayyorlanadi?Ildizi,bargi va gullagan paytdagi poyasi.
Satchratqidan tayyorlangan dorilar nima maqsadda ishlatiladi?Oshqozon ichak kasalliklarini davolashda.
O’zbekistonda qoqio’t turkumiga oid nechta tur o’sadi?26 ta.
Qoqio’tning mevasi qanday meva?Doncha.
Vohalardagi o’simlik o’sa oladigan har qanday yerda uchratish mumkin bo’lgan o’simlik bu-?Dorivor qoqio’t
To’pgulining aksaririyat qismini naychasimon gullar tashkil etadi,ayrim turlarida savatchaning atrofida soxta tilchasimon yoki voronkasimon gullari bo’ladigan oila bu-?Moychechakdoshlar.
O’zbekistonda shuvoq turkumining nechta turi uchraydi?39 ta.
O’zbekistonda keng tarqalgan shuvoq turlari?Oq shuvoq,turon shuvoqi,yovshan shuvoqi.
Yozgi tinim davri qaysi o’simlikda kuzatiladi?Shuvoqda.
Ermon shuvog’ining qaysi qismidan dori tayyorlanadi?Bargi,poyasi va to’pgulidan.
Tabiiy holda uchraydigan dorivor o’simliklarga… kiradi? Bo’yimodaron,bo’znoch.
Qaysi o’simlikning to’pguli kun chiqqandan to kun botgungacha quyoshga qarab buriladi?Kungaboqar.
Do'stlaringiz bilan baham: |