Xivchinlilar sinfiga ta’rif bering?Tanasi qobiq bilan qoplangan bir hujayrali sodda organizmlar.
Yashil evglena qaysi sinf va qaysi tipga mansub?Xivchinlilar sinfi,Bir hujayralilar tipi.
Evglena qayerlarda yashaydi?Ko’lmak suvlar va hovuzlarda.
Evglenaning kattaligi qancha?Amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik.
Evglenaning tanasi qanday shaklda?Duksimon.
Evglena nima uchun doimiy shaklga ega?Qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi uchun.
Evglena nima yordamida va qanday harakatlanadi?Xivchini bilan,vintga o’xshash buralib.
Evglenaning sitoplazmasida nimalar joylashgan?1ta yirik yadro, qisqaruvchi vakuol,qizil dog’ga o’xshash ko’zcha.
Evglenaning oziqlanish usullari?Fotosintez qilib va saprofit.
Evglenaning xramatoforalari qaerda joylashgan?Sitoplazmada.
Evglenaning qaysi xususiyati o’simliklar bilan hayvonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqaligini bildiradi?Fotosintez qilish .
Evglenaning ta’sirlanishini tushuntiring?Ko’zchasi yordamida yorug’likka qarab harakat qiladi.
Evglenaning ko’payish usuli?2 ga bo’linish orqali.
Evglena noqulay sharoitda nima hosil qiladi?Sista.
Evglenaning nafas olinishini tushuntiring?Suvda erigan kislorod yutib CO2 chiqaradi.
Volvokislarni qaerlarda uchratish mumkin?Iflos suvli hovuz va ko’llarada
Volvokis shakli qanday?Noksimon, kolloniyasi sharsimon.
Volvokis koloniyasi bir-biri bilan nima orqali birlashib turadi?Sitoplazmatik ipchalar bilan.
Volvokis ichi nima bilan to’lgan?Dildiroq modda bilan.
Volvokisning o’lchami?Diametri 1 mm
Tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab,uyqu kasalligini keltirib chiqaradigan parazit?Triponosoma
O’zbekistonning janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda uchrab,odamning yuzi va qo’l terisida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladigan parazit?Leyshmaniya.
Tripanosoma odamga qanday yuqadi?Se-se chivini orqali.
Odam qonida parazitlik qiladigan sodda organizm?Triponosoma.
Odam terisida parazitlik qiladigan sodda organizm?Leyshmaniya.
Murakkab tuzilgan bir hujayrali organizmlar?Infuzoriyalar.
Odamlarning o’t yo’li va o’t pufagida parazitlik qiladigan sodda organizm?Lyambliya.
Infuzoriyalarga ta’rif bering?Tanasi kipriklar bilan qoplangan, katta va kichik yadroli, hazm qilish organlari murakkab.
Leyshmaniya odamga nima orqali yuqadi?Iskabtopar.
Tufelka qayerlarda uchraydi?O’simlik qoldiqlari ko’p bo’lgan suv havzalarida.
Tufelkaning uzunligi qancha?0,1 – 0,3 mm.
Tufelka tanasining shakli qanday?Poyabzalning ostki tomoniga o’xshaydi.
Tufelka qanday harakatlanadi?Kiprikchalarining tebranishi tufayli, to’mtoq tomoni bilan harakatlanadi.
Tufelka tanasi nima bilan qoplangan?Kiprikchalar bilan.
Tufelka nima bilan oziqlanadi?Bakteriyalar bilan oziqlanadi.
Tufelkaning og’zi qayerda joylashgan?Tanasining yon tomonidagi uzun tarnovsimon chuqurcha tubida.
Qaysi sodda organizmlar hujayrasida xromatoforalari bor?Volvoks va evglena.
Tufelkaning ozig’i qayerda to’planadi?Halqumida.
Tufelka ozig’i nima ta’sirida hazm bo’ladi?Hazm qiluvchi vakuolalari ta’sirida.
Do'stlaringiz bilan baham: |