Teri-muskul hujayralarining tana devoriga botib kirib, kengaygan tomonida nima bo’ladi?Muskul tolalari.
Muskullarning qisqarishi tufayli gidra qanday harakatlanadi?Umbaloq oshib yoki odimlab.
Gidra tanasidagi otuvchi hujayralar qayerda joylashadi?Ektodermada.
Gidraning otiluvchi hujayralari ayniqsa qayerida ko’p bo’ladi?Paypaslagichlarda.
Gidraning otiluvchi hujayralari necha xil hujayralardan tashkil topgan va ular qaysilar?2 xil, Sezuvchi tukchasi va otiluvchi kapsulasidan.
Gidraning kapsulasida qanday hujayralar joylashgan?Naysimon ingichka, otiluvchi tolali hujayralardan.
Gidraning kapsulalaridan otilib chiqqan zaharli tolalar qaysi hayvonlarni falajlaydi?Dafniya,siklop,baliq chavoqlari.
Gidraning uzun o’simtali nerv hujayralari qanday shaklda?Yulduzsimon.
Yulduzsimon nerv hujayralari o’simtalari tutashib, nimani hosil qiladi?Nerv to’rini.
Gidra nerv hujayralarining vazifasi nima?Tashqi muhitni sezish va tanasini yig’ib olishi.
Gidraning ta’sirlanishiga javob berish xususiyati nima deb ataladi?Refleks.
Gidraning endoderma hujayrasida qanday organlar joylashgan?Xivchinli va bezli hujayralar.
Gidra endoderma hujayralarining vazifasi?Hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish.
Gidraning bir hujayralilarga o’xshashlik tomonlaridan biri?Ozig’i hujayra ichida hazm bo’ladi.
Gidra ozig’ni qaysi organi orqali og’ziga olib keladi?Paypaslagichlariga yopishtirib olib.
Endoderma qavatidagi xivchinlarning vazifasi qanday?Ozig’ni hazm qilish hujayralariga haydash.
Oziqni nimalar yordamida qamrab olib hazm qiladi?Endoderma qavatidagi soxta oyoqli hujayralar yordamida.
Ektoderma hujayrasining orasida qanday hujayralar joylashgan?Yirik yadroli mayda oraliq hujayralar.
Gidra tanasi jarohatlanganda qaysi hujayralar tez o’sa boshlaydi? Yirik yadroli mayda oraliq hujayralar.
Gidraning oraliq hujayralarining boshqa hujayralaridan farqi?Yadrosining yirik bo’lishi
Regeneratsiya deb nimaga aytiladi?Tanasining jarihatlangan yoki yo’qotilgan qismining tiklanishi.
Gidraning tanasi nechta bo’lakka bo’linsa ham tansini tiklay oladi?200 bo’lakka.
Gidra necha xil usul bilan va qanday ko’payadi?2 xil,jinssiz kutaklanib yoki jinsiy urug’lanib.
Gidraning jinssiz ko’payishi qachon kuzatiladi?Oziq yetarli bo’lganda, bahor va yoz mavsumida.
Gidraning jinssiz ko’payishida ona hujayrasida nima hosil bo’ladi?Kurtaklar.
Kurtaklari qachon yosh hujayraga aylanadi?Paypaslagichlar va og’iz teshigi paydo bo’lishi bilan.
Gidraning jinsiy hujayralari qachon hosil bo’ladi?Kuzda.
Gidrasimonlar nimadan kelib chiqqan? Koloniya bo’lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan.
Gidraning jinsiy bo’rtmachalari qanday hujayralardan tashkil topgan?Yirik tuxum hujayralar yoki ko’p miqdorda urug’ hujayralar(spermatazoidlar).
Gidra tuxum hujayrasida … bo’ladi?Soxta oyoqlar.
Gidraning spermatazoidlarida qanday hujayralardan iborat?Mayda, tez harakatchan kichik hujayralardan.
Gidraning spermatazoidlari tuxum hujayrani nima orqali borib urug’lantiradi?Suv orqali.
Gidraning zigotasining sirti nima bilan qoplangan?Qalin qobiq bilan qoplangan.
Gidrada qishda qanday jarayon kuzatiladi, zigotasidachi?Qishda gidra nobud bo’ladi, zigota esa qishlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |