Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet53/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Yomg’ir chuvalchangi nima sababdan yomg’ir chuvalchangi deb nomlanadi?Kuchli jaladan so’ng, ba’zan ko’plab yer yuziga chiqishi sababli.

Yomg’ir chuvalchangining uzunligi qancha va oldingi uchi qanday shaklda bo’ladi?8 – 10 sm, konussimon o’tkirlashgan.

Yomg’ir chuvalchangi har bir tana bo’gimining qorin tomonida nimalar joylashgan?4 juftdan kalta va ingichka tukchalar joylashgan.

Yomg’ir chuvalchangi harakatlanayotganda nima tayanch vazifasini bajaradi?Tuklar.

Yomg’ir chuvalchangining oldingi tomonidagi bir nechta halqalar yo’g’onlashib, nimani hosil qiladi?Belbog’.

Yomg’ir chuvalchangi tashqi tomonidan qanday hujayralar bilan qoplangan?1 qavat epiteliy hujayralaridan iborat yupqa teri bilan.

Yomg’ir chuvalchangining teri hujayralaridan nima ishlab chiqariladi va uning vazifasi?Shilimshiq modda, tanani doim namlab turish.

Yomg’ir chuvalchangining teri ostida qanday muskullar joylashgan?Halqasimon va bo’ylama muskullar.

Yomg’ir chuvalchangining muskullarining ostida qanday qavat joylashgan va uning vazifasi?Ichki epiteliy, tana bo’shlig’ini o’rab turadi.

Yomg’ir chuvalchangi teri-muskul haltasini nimalar yig’indisi tashkil qiladi?Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo’ylama muskullar.

Yomg’ir chuvalchangining teri-muskul halqasi nimani hosil qiladi?Tana devorini.

Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’ida nimalar joylashadi?Ichki organlari.

Yomg’ir chuvalchangining tana shakli va tashqi tuzilishi qanday hayot kechirishga moslashgan? Tuproqdan in qazib hayot kechirishga.

Yomg’ir chuvalchangining harakatlanishini tushuntirib bering?Harakatlanayotgan chuvalchangda oldingi qismidagi halqasimon muskullar qisqarib, tanasi cho’ziladi va ingichkalashadi; u tanasining oldingi uchini tuproq zarrachalari orasiga tiqadi.Shundan keyin tana devoridagi bo’ylama muskullari qisqaradi; tanasining oldingi qismi yo’gonlashib, tuproq zarrachalari suriladi.Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o’ziga yo’l ochadi.

Yomg’ir chuvalchangining tuproqda harakatlanayotganda uning siljishi nima hisobiga yengillashadi?Teri ustidagi shilimshiq pardadan ajralayotgan modda hisobiga.

Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i nima hisobiga bo’gimlarga ajralgan?Yupqa pardadan iborat to’siqlari bilan.

Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i bo’limlari soni nimaga teng?Tashqi tana halqalar soniga.

Yomg’ir chuvalchangining tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to’planib, qanday nerv tugunlarini hosil qiladi?Halqumusti va halqumosti.

Yomg’ir chuvalchangining nerv tugunlari qanday tolalar yordamida birlashadi?Halqumning ikki tomonidan aylanib o’tadigan halqa nerv tollari bilan.

Yomg’ir chuvalchangining qorin nerv zanjirida har bir tana bo’g’im to’g’risida qanday nerv tugunlar joylashgan?Bittadan kichikroq nerv tugunlari.

Yomg’ir chuvalchangining hamma nerv tugunlaridanqaysi organlarga nervlar chiqqan?Teriga va ichki organlarga.

Yomg’ir chuvalchangining nerv sistemsini tartib bilan sanang?Halqumusti va halqumosti – qorin nerv zanjiri – halqalardagi nerv tugunlar – ulardan chiqqan nerv tolalari.

Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’ladimi?Yo’q bo’lmaydi.

Yomg’ir chuvalchangi qaysi qismi orqali tashqi ta’sirlarni sezadi?Terisi.

Yomg’ir chuvalchangi terisi orqali qanday tashqi muhit ta’sirlarini yaxshi sezadi?Yorug’lik, harorat, kimyoviy va mehanik ta’sirlarini.

Yomg’ir chuvalchangining reflekslari… qanday bo’ladi?Ancha murakkab va xilma – xil bo’ladi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling