Yomg’ir chuvalchangining qoni qanday harakatlanadi?Orqa tomir bo’ylab tananing oldingi tomoniga, qorin tomiri bo’ylab orqa tomonga oqadi.
Yomg’ir chuvalchangining qoni qayerda oqadi?Qon tomirlarida.
Yomg’ir chuvalchangi qanday qon aylanish sistemasiga ega?Yopiq qon aylanish sistemsiga.
Yomg’ir chuvalchangining qonning vazifasi?Kislorod va oziq moddalar tashish.
Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasini tartib bilan sanang?5 -6 ta yo’g’on halqali tomirlar devori muskulli(yurak) – orqa va qorin qon tomirlar – mayda qon tomirlari(kapillarlar).
Yomg’ir chuvalchangi qaysi organ orqali nafas oladi?Terisi orqali.
Yomg’ir chuvalchangi ayirish organlari qanday joylashgan?Tana bo’g’imida 1 juftdan joylashgan, sirtmoqqa o’xshash ingichka uzun naychalardan iborat.
Yomg’ir chuvalchangining moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan CO2 nima orqali chiqib ketadi?Teri.
Yomg’ir chuvalchangining qanday organi kislorodni yaxshi o’tkazadi?Nam teri orqali.
Yomg’ir chuvalchangining ayirish naychasi qayerga ochilgan?Bir uchi tana bo’shlig’iga, 2-si esa teri orqali tashqariga ochiladi.
Yomg’ir chuvalchangi ayirish naychasining tana bo’shlig’iga ochilgan uchi qanday shaklda bo’ladi va nimalar joylashgan?Voronkaga o’xshash kengaygan bo’lib, juda ko’p kiprikchalar bilan.
Yomg’ir chuvalchangining ayirish kiprikchalari harakati tufayli zararli moddalar qayerga o’tadiva qaysi organ orqali tashqariga chiqarib yuboriladi?Tananing suyuqligi bilan birga naychaga o’tadi va teridagi teshikchalar orqali tashqariga chiqarilib yuboriladi.
Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasini tartib bilan sanang?Ayirish naychasi – naychalarning tana bo’shlig’iga ochilgan uchi – naychalarning teri sirtiga ochiladigan uchi.
Yomg’ir chuvalchangining qancha turi bor?180 dan ortiq turi.
Yomg’ir chuvalchangi ta’siri natijasida tuproqda qanday jarayonlar kuzatiladi?Tuproqni yumshatib, suv va havo o’tishini yaxshilaydi, chirindiga boyitadi.
Yomg’ir chuvalchangi 1 yil davomida qancha tuproqni qayta ishlaydi?1 gektar maydondagi 250 – 600 t.
Yomg’ir chuvalchangidan nima maqsadda foydalaniladi?Chorvachilik va uy - ro’zg’or chiqindilarini qayta ishlab, sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o’g’it hisoblangan biogumus olishda.
Yomg’ir chuvalchangining o’zi ham qanday hayvonlar uchun ozuqa hisoblanadi?Qushlar, ayrim sut emizuvchilar va tuproq hayvonlari.
Yomg’ir chuvalchangi uy parrandalari uchun qanday oziqa hisoblanadi?Oqsilga boy to’yimli ozuqa.
Yomg’ir chuvalchangining parrandalarning ozig’iga qo’shib berilsa, ularda qanday jarayon kuzatiladi?Ko’p tuxum qo’yadi.
Qanday chuvalchanglar suvni tozalab sanitarlik vazifasini bajaradi?Kam tukli qizil chuvalchanglar.
Qizil chuvalchanglar qaysi hayvonlar uchun ozuqa hisoblanadi?Baliqlar uchun.
Qizil chuvalchanglar nima maqsadda ko’paytiriladi?Akvarium baliqlari uchun yemish sifatida.
Dengiz tubida hayot kechiruvchi halqali chuvalchang qaysi?Nereida.
Nereidaning tana tuzilishi qanday?Boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan; tanasi ko’p miqdorda uzun tukchalar bilan qoplangan.
Nereidaning tana tuklari qayerda va qanday bo’lib joylashgan?Tanasining ikki yonidagi muskulli o’simtalarda to’p-to’p bo’lib.
Chuvalchanglar o’simtalari yordamida qanday harakatlanadi?Suzadi yoki suv tubida o’rmalab yuradi.
Chuvalchanglarda hosil bo’lgan o’simtalar ilk bora paydo bo’lgan qanday organ hisoblanadi?Oyoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |