Baqachanoq qayerlarda yashaydi?Tinch oqadigan daryolar va sayoz ko’llar tubida, loy yoki qumga tanasining yarmigacha ko’milib yashaydi.
Baqachanoqning uzunligi va shakli qanday?Uzunligi 10 – 15 sm, oldingi tomoni to’mtoq, keyingi tomoni esa suyri.
Baqachanoqning chig’anoq pallalari orqa tomondan nimalar yordamida tutashgan?Elastik paylar.
Baqachanoqning qornining oldingi qismida chig’anoq orasidagi tirqishidan qanday organi chiqib turadi?Muskulli ponasimon oyog’i.
Baqachanoqning harakatlanishini ayting?Oyog’ini chig’anoqidan chiqarib, suv tubiga tiraydi va tanasini oyog’i tomonga tortib oladi.
Baqachanoq 1 soatda qancha yo’l bosadi?20 – 30 sm.
Baqachanoq chig’anoqining sirti qanday moddadan iborat va ichki yuzasi qanday modda bilan qoplangan?Sirti – muguz moddadan,Ichki yuzasi xar-xil rangli tovlanadigan sadaf bilan.
Baqachanoq chig’anoqi nimalari hisobiga pallalari yopiladi?Ichki yuzasidagi bir juft yopivchi muskullar.
Baqachanoqning chig’anoqi nimalar hisobiga ochiladi?Muskullar bo’shashganda orqa tomondagi elastik paylar tortilgach ochiladi.
Baqachanoqning keyingi uchining yuqori va pastki tomonida nima joylashgan va uning nomi?Tirqichsimon ikkita teshik – sifon
Baqachanoqning chig’anoqi ichiga suv qaysi sifon orqali kiradi va qaysi sifon orqali chiqadi?Pastki kirish sifoni orqali va Ustki chiqaruv sifon orqali chiqadi.
Baqachanoqning orqa chiqaruv sifoniga qanday organlar ham ochilgan?Ayirish va jinsiy.
Baqachanoqning og’iz teshigi qayerda joylashgan?Oyoqining asosida.
Baqachanoqning kirish sifoni orqali mantiya bo’shlig’iga qanday moddalar kiradi?Suv, organic zarrachalar, soda hayvonlar va boshqa mikroskopik jonivorlar.
Baqachanoqning og’izi oldida qanday organlar joylashgan va ularning vazifasi?2 juft paypaslagichlar oziqni tutib qoladi va hazm qilish sistemasiga yo’naltiradi.
Baqachanoqning nafas olish organi qaysi ?Jabra.
Baqachanoqning jabrasi qayerda joylashgan?Oyog’ining ikki yonidagi mantiya bo’shlig’ida.
Baqachanoqning nafas olishini ayting?Jabraning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiprikchalarining harakati tufayli suv mantiya bo’shlig’iga kiradi va jabrani yuvib chiqish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislorod jabraga o’tadi, jabradagi CO2 suvga o’tadi.
Baqachanoqning jabrasidagi kislorod nima orqali organlarga tarqladi?Qon oqimi orqali.
Baqachanoqning qon aylanish , ayirish va nerv sistemalari qaysi hayvonnikiga o’xshaydi?Suv shillig’iga.
Baqachanoqning tanasida nechta nerv tugunlari bor va ular nimalar yordamida o’zaro tutashgan?3 juft, nerv tolalari yordamida.
Baqachanoqning maxsus sezgi organlari bo’ladimi?Yo’q
Baqachanoqning jinsiy sistemsiga ko’ra qanday hayvon va qanday jinsiy sistemalarini ajratib bo’lmaydi?Ayrim jinsli, erkaklik va urg’ochilik.
Baqachanoqning tuxumlari qayerda rivojlanadi?Jabra sirtida.
Baqachanoqning tuxumidan chiqqan lichinkalari qayerga chiqadi va qaysi hayvon organizmida parazitlik qilib yashaydi?Suvga chiqadi, baliq terisida parazitlik qiladi.
Baqachanoqning lichinkasi parazitlik tasirida baliqning terisida nima hosil bo’ladi?Shish hosil qiladi.
Baqachanoqning lichinkasi shish ichida nimaga aylanadi va qayerda voyaga yetadi?Baqachanoqqa va voyaga yetadi.
Ikki pallalilarning qancha turi bor?30 000 turi.
Ikki pallalilarning ko’pchiligi qayerlarda yashaydi? Dengizlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |