Hasharotlarning qorin bo’limi nechta bo’g’imdan iborat?8 ta.
Hasharotlarning qorin bo’limi ko’krak bo’limi bilan qanday qo’shilgan?Harakatsiz.
Yashil bronza qo`ng`izi nimalar b-n oziqlanadi? O`simliklar guli, yosh barglari va yetilmagan, mevalar b-n.
Yashil bronza qo`ng`izining o`tkir yuqori jag`ining vazifasi? O`simlik to`qimasini uzib olish.Yashil bronza qo`ng`izining pastki jag`ining vazifasi? `Oziqni chaynash va maydalash.
Yashil bronza qo`ng`izini hazim qilish organlarini navbat b-n sanang? Og`iz bo`shlig`i,qisqa halqum, qizilo`ngach, muskulli oshqozon, ichak.
Yashil bronza qo`ng`izining oziqlanish turi qanday? Kemiruvchi.
Yashil bronza qo`ng`izining oziqning hazm bo`lmagan qimi nima orqali tashqariga chiqadi?Orqa chiqaruv teshigi orqali.
Qattiq o`simlik va hayvonlar to`qimalari b-n oziqlanadigan hasharotlar? Qong`izlar, chigitkalar,chumolilar, beshiktervatarlar.
Suyuq oziq (o`simlik shirasi, gul nektari, qon) b-n oziqlanadigan hasharotlarning og`iz organlari nimalardan iborat? Uzun va ingichka xartumchadan.
Yashil bronza qo`ng`izining qon aylanish sistemasi qanday tipda? Ochiq qon aylanish tipda.
Yashil bronza qo`ng`izining ichki organlari va to`qimalari qayerda joylashadi? !Qon suyuqligida.
Yashil bronza qo`ng`izining qoni qanday sistemada ishtirok etmaydi? Nafas olishda.
Yashil bronza qo`ng`izining yuragi qayerda joylashga? Qorin bo`limidagi ichakning ustida.
Yashil bronza qo`ng`izining yuragi qanday shakilda? Mukulli naycha shaklida.
Yurakdan chiqan qon tomir tananing qaysi tomoniga yo`nalgan? Bosh tomoniga.
Yurakdan chiqqan qon tomirlar orqali qayerga borib quyiladi? Tana bo`shlig`iga.
Qon qanday qilib yana yurakka qayta quyiladi? Yurak kengayganda, ikki yonidagi teshik orqali.
Yashil bronza qo`ng`izi qanday nafas oladi? Tana bo`ylab joylashgan traxeya orqali.
Yashil bronza qo`ng`izining traxeyalariga havo qanday kiradi? Qornidagi muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli.
Yashil bronza qo`ng`izining ayirish sistemasi nimalardan iborat? Ingichka va uzun malpigi naychalaridan.
Malpigi naychalarining bir uchi berk bo`lib, ikkinchi uchi qayerga ochilgan? Ichak bo`shlig`iga.
Malpigi naychalariga qayerdan moddalar almashinuvi mahsulotlari o`tadi? Tana bo`shlig`idagi qondan.
Yashil bronza qo`ng`izining nerv sistemasi nimalardan iborat? Halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat.
Yashil bronza qo`ng`izining bosh miyasini nimalar hosil qiladi? Juda ko`p nerv hujayralar qo`shilib.
Yashil bronza qo`ng`izining bosh miyasidan qaysi qismlarga nervlar chiqadi? Hamma sezgi organlari.
Qaysi hasharotlar murakkab fel-atvorga ega? Arilar va chumolilar.
Bosh miyasi va nerv tugunlari boshqa hasharotlarnikiga nisbatan kuchli rivojlangan hasharotlar? Arilar va chumolilar.
Hasharotlaning murakkab xulq-atvori va sezgi organlarining rivojlanganligi nimaga bog`liq? Nerv sistemasiga bog`liq.
Yashil bronza qo`ng`izining qasi organi daryo qisqichbaqasinikiga o`xshash? Ko`zining tuzilishi.
Ko`pchilik hasharotlar nimalarni juda yaxshi sezadi? Ular rangni, tamni, ayniqsa hidni.
Kapalaklarning erkagi urg`ochisining hidini qancha masofadan sezadi? 11km.
Qaysi hasharotlarda ovoz chiqarish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan? Chirildoq, temirchaklar,jizildoqlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |