Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Tuproqda chuqurligi 60 sm bo’lgan tik inda


Download 297.44 Kb.
bet64/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Biy qayerda yashaydi?Tuproqda chuqurligi 60 sm bo’lgan tik inda.

Eng yirik o’rgimchaksimon va uning uzunligi?Falanga,6 – 7 sm.

Sariq falanga qayerlarda keng tarqalgan?O’rta Osiyo cho’llarida.

Falanganing tanasi qanday qismlardan iborat?Bosh, ko’krak va qorin.

Falanganing boshida qanday organlar joylashgan?1 juft ko’zi va og’iz organlari(jag’lari)

Falanganing jag’lari nimaga o’xshaydi?Tirnoqqa.

Sariq falanga qanday hayvon va qachon ovga chiqadi?Yirqich, kechasi.

Falangalar nimalar bilan oziqlanadi?Turli hasharotlar va mayda sudralib yuruvchilar bilan.

Qaysi o’rgimchaksimonning zahar bezi bo’lmaydi?Falanga.

Falanganing foydali tomonlari?Zararkuranda hasharotlarni qirib.

Janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan o’rgimchaksimonlardan biri?Chayon.

Sariq chayon qayerlarda ko’p uchraydi?O’rta Osiyo hududida.

Chayon tanasi qanday qismlarga bo’lingan?Boshko’krak va qorin.

Chayonlar boshining ustida qaysi organlari joylashgan?1 juft yirik ko’zlari, ikki yonida 5 juft mayda ko’zlari.

Chayonlarning qaysi organlari o’rgimchaknikiga o’xshaydi?Ustki jag’lari.

Chayonlarning qaysi organlari qisqichga aylangan?Oyoq paypaslagichlari.

Chayonlarning qorin bo`limi qanday tuzilgan? Keng oldingi va ingichka orqa qismlaridan.

Chayonlarning zahar bezi va nayzasi qayerda joylashgan ? Qornining oxirgi bo`g`imida.

Chayonlarning zahar bezining yo`li qayerga ochiladi? Nayzaning uchiga.

Chayonlar kunduzi …. yashirinib yotadi? Toshlar ostida, devor va yerdagi kovaklarda.

Chayonlar qachon ovga chiqadi? Kechasi.

Chayonlar qornining ingichka qismini yuqori ko`tarib …? Tez yugiradi.

Chayonlar nimalar b-n oziqlanadi? Har xil bo`g`imoyoqlilar, asosan o`rgimchak va hashorotlar b-n.

Chayonlar o`ljasini qanday tutadi?Qisqichlari yordamida tutib olib zaharli nayzasi yordamida o`ldiradi.

Tirik tug`adigan o`rgimchaksimon? Chayonlar

Chayonlar qancha tirik bola tug`adi ?20-30 ta.

Chayonlarning foydali tomoni? Zararkunanda hashorotlarni qirib.

Mayda o`rgimchaksimon bu?Kana.

Kanalarning tanasi qanday shaklda va qanday qismlarga bo`linmagan? Yassi oval: bo`g`imlarga.

Gavda bo`limlari qo`shilib ketgan hayvon? Kanalar.

Kanalarda og`iz organlari qanday tipda? Sanchib so`ruvchi, xartumga aylangan.

Kanalar qanday hayot kechiradi? Parazitlik qilib.

Kanalar qaysi organizmlarda parazitlik qiladi? Turli hayvonlar va odam tanasidan qon so`rib.

It, qoramol va boshqa hayvonlar hamda odam qonini so`rib yashovchi o`rgimchak simon? Mol kana.

Kanalar o`z xo`jayinini qanday topadi? Hidni juda yaxshi sezishi orqali.

Kanalar odamlarga qanday og`ir kasalliklarni yuqtiradi? Terlama, tulyaremiya, ensefalit.

Terlama, tulyaremiya, ensefalit kasalliklarining qo`zqatuvchilari ….yovvoyi hayvonlar tanasida yashaydi? Bakteriya va viruslar.

Parazit kanalar qaysi organizmlarga katta ziyon keltiradi? Chorva mollariga va inson salomatligiga.

Kanalagan hayvonlarda qanday o`zgarishlar kuzatiladi? Ozib ketadi va ularning mahsuldorligi kamayadi.

Parazit kanalardan saqlanish uchun qanday choralar qo`llaniladi? Molxonalarni ozoda tutish,hayvonlarni kanalardan tozalash,yaylovda yoki molxonalarda ishlagan kishilarning kiyim-bo`shlarini kanadan tozalash,teriga yopishgan kanalarni terib olib o`ldirish kerak.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling