So’na va bo’kalar tashqi ko’rinishi bilan qaysi hasharotlarga o’xshaydi?Pashshaga.
So’nalar qaysi organi yordamida qon so’radi?Yuqori jag’lari yordamida hayvon tanasini teshib.
So’nalar qayerlarda keng tarqalgan?Cho’l mintaqalarda.
Bo’kalar qurtlari qaysi hayvonlarning qanday organlarida parazitlik qiladi?Mollar terisida,otlar oshqozoni va qo’ylar burun bo’shlig’ida.
Ikki qanotlilarning qanotlariga ta’rif bering?Oldingi juft qanotlar yaxshi rivojlangan, keyingi qanotlaridan faqat kalta o’simta saqlanib qolgan.
Ikki qanotlilar uchganda nima sababdan ovoz chiqaradi?Keyingi qanotlarining o’simtalarining tebranishidan.
Ikki qanotlilar uchayotganida qaysi qanotlari muvozanat saqlash organi hisoblanadi?Keyingi qanotlarining o’simtalari.
Ikki qanotlilarning qancha turi bor?150 000 turi.
Ikki qanotlilar ichida keng tarqalgan hasharotlar?Pashshalar,chivinlar,bo’kalar,so’nalar.
Tabiatda ko’pchilik hayvonlar va o’simliklar hayoti nima bilan bog’liq?Hasharotlar..
Hasharotlar qaysi organizmlar uchun asosiy oziq hisoblanadi?Qaldirg’ochlar,qizilishtonlar,chigirtkalar,ko’rshapalaklar,tipratikanlar, kaltakesaklar,suvda ham quruqlikda yashovchilar,bir qancha baliqlar.
Hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanadigan hayvonlar?O’laksaxo’r va go’ngxo’r qo’ng’izlar,pashshalarning qurtlari.
O’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar qanday foyda keltiradi?O’simliklar chirishini tezlashtiradi.
Hayvon va o’simliklar qoldig’i bilan oziqlanadigan va yer yuzini ifloslanishdan saqlaydigan hasharotlar qanday hasharotlar hisoblanadi?Tabiiy sanitarlar.
Olma mevaxo’ri qaysi o’simlikda yashaydi?Olma mevasida.
Olma mevaxo’ri qayerda g’umbakka aylanadi?Daraxt po’stlog’ida.
Qaysi gulli o’simliklar hasharotlar yordamida changlanadi?Burchoqdoshlar,qoqidoshlar,atirguldoshlar,piyozdoshlar,loladoshlar va poliz ekinlari.
Beda va sebarganing asosiy changlatuvchisi qaysi hasharot hisoblanadi?Tukli ari.
Grechixa, kungaboqar va anjir qaysi hasharotlar yordamida changlanadi?Yovvoyi ari.
Zararkunanda hasharotlarning qancha turi bor?700 turi.
Donli ekinlarga qaysi hasharotlar zarar yetkazadi?Osiyo chigirtkasi va hasva qandalasi.
Sabzavot va poliz ekinlariga qaysi hasharotlar zarar yetkazadi?Shira.
Mevalarga qaysi hasharotlar zarar yetkazadi?Olma qurti.
Go’zaga qaysi hasharot zarar yetkazadi?Go’za tunlami.
Kartoshkaga qaysi hasharot zarar yetkazadi?Kolorado qo’ng’izi.
Omborlarda saqlanayotgan oziq-ovqat maxsulotlariga qaysi hasharot zarar yetkazadi?Mita va uning lichinkasi.
Xonadonlarda jun va jundan to’qilgan kiyim-kechaklarga zarar yetkazadigan hasharot?Kuya kapalagi qurtining kuyasi.
itlar …, kalamush burgasi…, bezgak chivini…, uy pashshasi …, kasalliklarni tarqatadi?Terlama;o’lat;bezgak;uy pashshasi-ichburug’, sarg’ayma, sil;
Biologik kurash nima ?Zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanishda iboratdir.
Zararkunadalarga qarshi kurashishda qaysi hayvonlardan foydalaniladi?Yirtqich xonqizqo’ng’izi,tillako’z,yaydoqchilardan trixogramma, gabrobrakon,inkarziya, hasharotxo’r hayvonlardan(qushlar, sutemizuvchilar, baliqlar)dan.
Bo’g’imoyoqlilarning ajdodi qaysi hayvonlar?Tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar.
Halqali chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar o’rtasidagi oraliq hayvon qaysi?Trilobitasimonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |