Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Urug’langan qurtlarni birini alohida parvarishlash orqali


Download 297.44 Kb.
bet71/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Ona ari qanday yetishtiriladi?Urug’langan qurtlarni birini alohida parvarishlash orqali.

Ona va bir to’da ishchi arilar qachon uyani tark etadi?Yangi yosh ona ari rivojlanishidan oldin.

Erkak arilar qachon uyadan quvib chiqariladi?Sovuq kunlar tushishi bilan.

Ishchi arilar turli harakatlar yordamida axborot almashinishi nima deyiladi?Asalari tili.

Ishchi arilar nektarga boy gulni topganda o’z sheriklarini qanday ogohlantiradi?Katakcha qornini likillatib,go’yo raqsgab tushadi.

Arilarning yuqoridagi harakati nima qilish kerakligini bildiradi?Nektar yi’g’ish uchun qaysi tomonga va qancha masofaga borish kerakligini.

Asal qanday oziqa hisoblanadi?Qimmatbaho va shifobaxsh.

Asalning tarkibi qanday moddalardan iborat?Oson hazm bo’ladigan moddalar, har xil minerallar mavjud.

Asalari zahari nima maqsadlarda ishlatiladi?Tibbiyotda dori tayyorlashda,mumi esa texnikada.

Pardaqanotlilardan qaysi hasharotlarning qanotlari bo’lmaydi?Chumolilar.

Uy pashshasiga ta’rif bering?Juda harakatchan hasharot,tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan.

Uy pashshasining xartumchasi nimaning o’zgarishidan hosil bo’ladi?Pastki lablarning uchi qalinlashib, yostiqchasimon bo’lishidan.

Pashshalarning og’iz organi qanday tipda?Yalovchi-so’ruvchi.

Pashsha oziq ta’mini qaysi organi orqali sezadi?Oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalar orqali.

Pashshaning qurti qayerda rivojlanadi?Axlatlar, hojatxonalar va hayvon go’ngida.

Ikki qanotlilarning qurtining boshqa hasharotlar qurtidan farqi?Boshi va oyog’i bo’lmaydi.

Pashsha qurti nimalar yordamida harakatlanadi?Tana sirtidagi kichik bo’rtmachalar.

Pashshaning qurti qayerda g’umbakka aylanadi?Tuproqqa chiqib.

Pashsha har 2 – 4 kunda qancha tuxum qo’yadi?100 – 150 ta.

Bir mavsumda pashshaning nechta avlodi rivojlanadi?8 – 10 ta.

Bitta urg’ochi pashshaning avlodi bir mavsumda qanchaga yetadi?5 000 000 000 ga.

Pashsha qanday kasalliklarning mikroblarini hamda tuxumlarini tarqatadi?Ichburug’,qorin tifi,vabo, sil, bo’g’ma hamda gijjalarning.

Pashsha mikroblarni qaysi organlariga yopishtirib olib yuradi?Oyog’i va tanasiga.

Pashsha tez ko’paymasligi uchun qanday ishlar olib boriladi?Uy-joylar atrofini toza saqlash va har xil chiqindilarni o’z vaqtida yo’qotub turish,Xonadaonlarda yelim qog’ozlar va har xil zaharli moddalar sepib.

Ikki qanotlilar ichida qaysilari odam va hayvonlar qonini so’rib parazitlik qiladi?Chivinlar,iskabtoparlar,so’nalar, bo’kalar,yashil go’sht pashshasi va kulrang o’laksa pashsha.

Chivinning urg’ochisi nima bilan oziqlanadi?Odam va hayvon qonini so’rib.

Erkak chivin nima bilan oziqlanadi?O’simliklar shirasi bilan.

Chivinlarning qurtlari qayerda rivojlanadi?Hovuz va ko’lmak suvlarda.

Chivinlar lichinkasining ninachilar lichinkasiga o’xshash tomoni?Suvda rivojlanishi.

Bezgak chivini qanday kasallik tarqatuvchisi hisoblanadi?Bezgak kasalligi.

Chivinlarning avlodi qaysi faslda rivojlanadi?Bahor va yozda.

Qaysi hasharotlar yer to’lalarda qishda ham rivojlanishi mumkin?Chivinlar lichinkasi.

Iskabtoparlar qayerlarda ko’p uchraydi?Cho’llardagi kemiruvchilarda.

Iskabtopar nima bilan oziqlanadi?Odam va hayvon qoni bilan.

Iskabtoparlar odamda qanday kasallik tarqatuvchisi hisoblanadi?Teri leshmaniyasi(yomon yara)..


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling