Eng qadimgi hasharotlar?Ninachilar.
Ninachilarning qanotlari qanday holatda turadi?Taxlanmasdan ikki yonda yoyilib.
Ninachiga ta’rif bering-?Qanotlari tanasining 2 yonida yoyilib turadi,qorin bo’limi ingichka va uzun,ko’zlari juda yirik.
Ninachilarning lichinkasi qayerda rivojlanadi?Suvda.
Ninachi va ularning lichinkasi qanday hayvon?Yirtqich.
Ninachilar o’ljasini qanday tutadi?Oldingi oyoqlari yordamida havoda.
Ninachining lichinkalari nima bilan oziqlanadi?Chivinlar,kunliklar va boshqa hayvonlarni suvda yashaydigan lichinkasi bilan.
Moviy ninachi qayerlarda uchraydi?Vohalardagi suv havzalari yaqinida.
Tog’li hududlarda qanday ninachilar uchraydi?Halqali ninachi.
Suluv ninachi qayerlarda uchraydi?Oqmaydigan suv havzalari yaqinida
Ninachilarning foydali tomonlari?Zararkunanda va qon so’ruvchi hasharotlarni qirib foyda keltiradi.
To’g’riqanotlilarning qanotlariga ta’rif bering?Oldingi qanotlari uzun va ensiz,orqa qanotlari esa yelpig’ichka o’xshash oldingi qanotlari ostida taxlanib turadi.
To’g’riqanotlilarning og’iz organlari qanday tipda?Kemiruvchi.
To’g’riqanotlilarning qaysi organlari kuchli rivojlangan va qanday tipda bo’ladi?Orqa oyoqlari sakrovchi tipda.
To’g’riqanotlilar tuxumlarini qayerga qo’yadi?Tuproqda maxsus ko’zachalarga.
To’g’riqanotlilar turkumiga qaysi hasharotlar kiradi?Chigirtkalar,temirchaklar,chirildoqlar.
To’g’riqanotlilar qanday hayvon?Juda ochko’z va o’txor.
To’g’riqanotlilar turkumi boshqa turkumlardan nimasi bilan farq qiladi?Eshitish va ovoz organlari chiqaruv organlarining kuchli rivojlanganligi.
Qandalalarning qanotlariga ta’rif bering?1-juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan,keyingi qismi yupqa shaffof.
Qanadala turkumining 2-nomi?Yarim qattiqqanotlilar.
Ko’pchilik turlari nimalar bilan oziqlanadi?O’simlik shirasini so’rib.
Cho’l va dashtlarda keng tarqalgan qandala?Hasva qandalasi.
Hasva qandalasi nimalar bilan oziqlanadi?Donli ekinlar doni va bargini so’rib.
Qandalalarning qon so’ruvchi turi qaysi?To’shak qandalasi.
To’shak qandalasi qayerlarda yashaydi?Xonadonlar.
To’shak qandalasining qaysi organi bo’lmaydi?Qanotlari.
Qanadalalarning tanasi nimalar bilan qoplangan?Mayda sezgir tuklar bilan.
Qandalalarning qaysi organi kuchli rivojlangan?Hid bilish.
Tangachaqanotlilar turkumi qanday hasharotlarni o’z ichiga oladi?Kapalaklar.
Kapalaklarning yer yuzida qancha turi bor?150 000 ga yaqin.
Kapalaklarning O’rta Osiyoda qancha turi tarqalgan? Bir necha mingga yaqin.
Kapalaklar nega tangachaqanotlilar deb ataladi?Qanotlari mayda tangchalar bilan qoplanganligi uchun.
Kapalak qanotlarining rangi nimaga bog’liq?Tangachalarga.
Kapalaklarning xartumi qanday hosil bo’lgan va nimaga o’xshab buralgan?Pastki jag’ bilan pastki labning qo’shilishidan,spiralga o’xshab.
Kapalaklar nima bilan oziqlanadi?Gul nektari bilan.
Kapalaklar gul nektarini qanday so’radi?Xartumini to’g’rilab, gul ichiga suqadi va so’rib oladi.
Qaysi hasharotning lichinkasi chuvalchangsimon?Kapalaklarning.
Qurt deb nimaga aytiladi?Kapalaklar chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bo’gimlarga bo’lingan bo’lib qurt deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |