Baliqlarning qaysi organi tovushni kuchaytiradigan rezanator vazifasini bajaradi? Suzgich pufagi.
Zog`ora baliq nimalar b-n oziqlanadi? Suvda yashovchi mayda umurtqasiz hayvonlar, tuban suv o`tlar, yashil o`simliklar yosh novdalari va burglar b-n.
Baliqlarning hazm qilish sistemasi? Og`iz bo`shlig`i – halqum – qizilo`ngach – ichak.
Halquda nimalar joylashgan? Uch qator tishlar.
Halqum keyingi uchi qayerga ochilgan? Qisqa qizilo`ngachga.
Qizilo`ngachning keyingi uchi qayerga ochilgan? Ichakka.
Zog`ara baliqning qanday o`rgani bo`lmaydi? Oshqozon.
Baliqlarda oshqozon vazifasini qaysi o`rgan bajaradi? Ichakning oldingi qismi.
Ichak bo`shlig`iga qaysi organlarning hazim qilish shirasi ajraladi? Oshqozon osti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o`t suyuqligi.
O`t suyuqligi qayerda to`planadi? O`t pufagida.
Baliqlar nima orqali nafas oladi? Jabralar orqali suvda erigan kislorod b-n.
Baliqlar og`zi orqali kirgan suv nima orqali chiqib ketadi? Jabra teshiklari orqali.
Baliq jabrasi qanday qismlardan tashkil topgan? Jabra qilchalari, varaqlari,ravoqlari, jabra qopqog`idan.
Jabra qilchasining vazifasi? Suv b-n oqib keladigan oziqni tashqariga chiqib ketishiga yo`l qoymaslik.
Jabra varaqlari nimalar b-n qoplangan? Juda mayda qon tomirlar b-n ( kapillar).
Baliqlarda gazlar almashinuvi qayerda bo`ladi? Jabra varaqlari va kapillar qon tomirlari orasida.
Baliq qanday muhitlarda yashay olmaydi? Suvda kislorod kam bo`lgan suvda yashay olmaydi.
Baliqlar qanday qon aylanish sistemasida tashkil topgan? Yurak – qori va orqa aortalar – arteriya – vena – kapillar.
Baliqlarning yuragi necha kamerali va qanday? 2 kamerali, yurak qorinchasi va yurak bo`lmasidan.
Yurakdan chiqadigan qon tomirlar bu? Arteriyalar.
Yurakka keladigan qon tomirlar bu? Vena.
Zog`ora baliqning yuragi qayerda joylashgan? Jabralardan orqaroqda joylashgan.
Yurak bo`lmasi qisqarishi tufayli qon qayerga o`tadi? Yurak qorichasiga.
Yurak qorinchasi qisqarganda qon qayerga o`tadi? Qorin aortasiga.
Qon qorin aortasidan keyin qayerga o`tadi? Jabralarga olib boruvchi arteriyaga.
Arteriyalardagi qon qayerda kapillar qon tomirlariga o`tadi? Jabralarda.
Kapillardagi kislorod b-n to`yingan qon qayerga o`tadi? Orqa aortaga o`tadi.
Kislorod b-n toyingan qon qanday rangda bo`ladi? Qip-qizil rangda bo`ladi.
Orqa aorta qon tomiri qayerda joylasgan va tarqalgan? Umirtqa pog`anasi ostida va butin tana bo`ylanb.
CO2 b-n toyingan qon va zararli moddalar to`qimardan qayerga o`tadi? Vena qon tomiriga.
Vena qonni qangay rangda bo`ladi? To`q qizil.
Baliqlarning ayrish sistemasi qanday? 2ta tasmasimon qong`ir- qizg`ish buyraklar, 2ta sidik yo`li, qovuq, anal orqasidagi teshikcha.
Siydik qayerda va qanday hosil bo`ladi? Buyraklarda,qondan filtirlanib.
Buyrakda hosil bo`lgan siydik qaysi o`rganlardan o`tib tashqariga chiqariladi? Buyrakdan ikki ta siydik yo`li orqali qovuqqa,undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali.
Moddalar almashinuvi natichasida hosil bo`lgan moddalar qanday jarayonlar u-n sarflanadi?O`sish,ko`payish,nasil qoltirish va barcha hayotiy jarayonlar uchun sarf bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |