Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet78/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

O’tkinchi baliqlarning ba’zilari tuxum qo’yish uchun qayerlarga ko’chadi?Chuchuk suv havzalaridan dengizlarga,boshqalari dengizdan chuchuk suv havzalariga.

Qaysi baliqlar uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmog’iga o’tadi?Keta va gorbusha.

Ugor balig’i tuxumlarini qayerga qo’yadi?Yevropa daryolaridan 1000 lab km uzoqda joylashgan Atlantika okeanining Sargass dengiziga.

Zog’ora baliq tuxumlarini qayerga qo’yadi?Suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga,suv omborlari va ko’llardagi suv o’simliklari ustiga.

Zog’ora baliqning tuxumlari qanday urug’lanadi?Erkak baliq tuxumlar ustiga o’zining “sut”ini sepib urug’lanadi.

Zog’ora baliqning urug’langan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda necha kun ichida mayda baliqchalar rivojlanadi?4 – 6 kun.

Baliq chavoqlari nimalar oziqlanadi?Dastlab suvdagi mayda mikroorganizmlar,keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan.

Baliq chavoqlarining uzunligi 1 yilda qanchaga yetadi?5 – 10 sm.

Zog’ora baliqning naslga g’amxorlik qilish nimadan iborat?Tuxum qo’yish uchun joy tanlashdan iborat.

Qanday baliqlar juda ko’p tuxumlar qo’yadi?Nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilmaydigan baliqlar.

Qaysi baliqlar ko’p tuxum qo’yadi?Okun 300 000 gacha,Treska bir necha mln.

Nima sababdan ko’p tuxum qo’yadigan baliqlar naslining juda kam qismi voyaga yetadi?Chunki tuxumlari va lichinkalarining juda ko’p qismi boshqa hayvonlarga yem bo’ladi.

Qaysi baliqlarning nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilish instinkti kuchli rivojlangan?Chuchuk suv tikanbalig’i, dengiz otchasi,Afrika tilyapiya balig’i.

Urchish davrida suv o’tlarini so’lak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan yopishtirib, urg’ochisiga qulay uya yasaydigan baliq?Tikanbalig’.

Qaysi baliqning erkaklari tuxumlarini qorinidagi maxsus xaltachasida olib yuradi?Dengiz otchasi.

Qaysi baliqning erkagi urg’ochisi qo’ygan tuxumlarini og’zida olib yuradi?Tilyapiya.

Baliqlarning tuzilishi va fe’l-atvorining turlicha bo’lishi qanday omillarga bog’liq?Yashash sharoiti va oziq tarkibining xilma-xilligi,o’zaro raqobat dushmanlarning ko’p bo’lishi.

Qayerlarda hayot kechiruvchi baliqlarning ranglari xilma-xil va chiroyli bo’ladi?Rang-barang marjon riflar orasida.

Dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida yashovchi baliqlarning qanday a’zolari bo’ladi?Yog’du tarqatadigan.

Suv yuzasida va ochiq dengizda yashovchi baliqlarning qanday organlaru kuchli mrivojlangan?Suzgichlari,muskullari,xususan dum suzgichlari kuchli rivojlangan.

Skeletining tuzilishi xususiyatiga ko’ra baliqlar qanday sinflarga bo’linadi?Tog’ayli va suyakli.

Tog’ayli baliqlar sinfiga ta’rif bering?Tog’ayli baliqlarning skeleti tog’aydan iborat bo’lib,jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo’lmaydi,jabra yorig’lari 5 – 7 juft bo’ladi.

Tog’ayli baliqlar qanday turkumlarni o’z ichiga oladi?Akulalar va sakatlar turkumi.

Akulalar turkumiga ta’rif bering?Akulalar ancha yirik,tanasi torpedasimon,dum suzgichlari kuchli rivojlangan,terisini qoplab turadigan tangachalar haqiqiy suyakli baliqlarnikidan farq qiladi.

Akulalarning terisidagi tangachalari nimalardan iborat bo’lib, har qaysi tangacha ustki tomondan nima bilan qoplangan?Plastinkachalardan iborat,ustida emal bilan qoplangan tishsimon o’simtalar bo’ladi.

Akulalarning tishlari nimalarning o’zgarishidan hosil bo’ladi?Jag’ida joylashgan tishsimon o’simtalar.

Odamlar va akulalarning o’xshashlik organi?Tishlari.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling