Ilonlar qanday tovushlarni eshitmaydi? Havoda tarqalgan tovushlarni.
Zaharli ilonlarning og`iz bo`shlig`ida qanday organlar joylashgan? Zahar bezlari va yuqori jag`da ikkita yirik tishlari joylashgan.
Ilon zahari g`animining tanasiga qanday o`tadi? Bezlar ishlab chiqaradigan zahar,ikkita yirik tishlaridagi egatcha yoki naycha orqali.
Ilonlarni tili qanday organi hisoblanadi? Tuyg`u va tam bilish organi.
Qaysi ilonlar uzoqdagi hayvonlarning tanasidan chiqayotgan issiqlikni sezadi? Bo`g`ma ilon, shaqildoq.
Ilonlarning qaysi organi yaxshi rivojlanmagan? Eshitish organi.
Ilonlar nimalar b-n oziqlanadi? O`rgimchaksimonlar, hasharotlar,baliqlar, baqalar,qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar b-n.
Ilonlar qancha tuxum qo`yadi? 1tadan birnecha o`ntagacha.
Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida uzunligi 70 sm bo`lgan zaharsiz ilonlardan qaysi biri uchraydi? Qum bo`g`ma iloni.
Qum bo`g`ma iloni nimalar b-n oziqlanadi? Kalta kesaklar va mayda qushlar b-n.
Qum bo`g`ma iloni qanday bola ochadi? Tirik tug`adi.
Suvilon nimalar b-n oziqlanadi? Mayda baliqlar va baqalar b-n.
Chipor ilon qayerlarda uchraydi? Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar,molxonalar va hatto xonadonlarda.
Chipor ilon nimalar b-n oziqlanadi? Turli qushlar va ularning jo`jalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar b-n.
O`zbekistonning janubiy hududlarida qaysi ilon tarqalgan? Kapcha ilon (Kobra)
Kapcha ilonning uzunligi qancha bo`ladi? 170 sm dan 2m.
Biron bir xavfni sezganda kobra ilon qanday holatga o`tadi? Tanasining oldingi tomonini ko`tarib, boynini kengaytirib ogohlantiruvchi holatga o`tadi.
Qaysi ilon qurbaqa kemiruvchilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlarni tutib yeydi? Kapcha ilon.
Zaharsiz ilonlarni aniqlang? Qum bo`g`ma iloni, suv ilon, chipor ilon.
Kapcha ilon nima maqsadda qizil kitobga kiritilgan? Noyob tur sifatida. Uning zaharidan tibbiyotda dori olinadi.
Janubiy hududlardagi tog`larda va tog` etaklarida uzunligi 120 sm keladigan ilon? Ko`lvor ilon.
Ko`lvor ilon qachon ovga chiqadi va nimalar b-n oziqlanadi? Kechasi, mayda qushlar,kemiruvchilar va kaltakesaklar b-n.
Ko`lvor ilon odamga duch kelganda qanday xolat kuzatiladi? Harakatsiz yotadi.
Charx ilon qayerlarda uchraydi va uzunligi? O`rta osiyo janubidagi cho`llarda va tog` etaklarida, 80-90 sm.
Bezovta qilingan charx ilonda qanday o`zgarishlar kuzatiladi? Bir joyda aylana boshlaydi va terisidagi tangachalarini ishqalab, aylanadigan charx tosh singari ovoz chiqaradi.
Charx ilon chaqanida odamda qanday belgilar kuzatiladi? Badanda kuchli og`riq paydo bo`ladi, lekin ko`pincha odam tuzaladi.
Qalqontumshuq ilon qayerlarda uchraydi? Toshkent va Samarqand viloyatlari tog` etaklari, Mirzacho`l va Xorazm cho`llarida.
Qaysi ilon chaqqanida odam badani shishib ketadi va issig`i ko`tariladi? Qalqontumshuq.
Qalqontumshuq iloni chaqqanida odam qancha muddatdan keyin tuzaladi? 10 – 15 kundan so`ng.
Zaharli ilonlar chaqqanida qanday chora-tadbirlar ko`riladi? Zahar jarohatlangan joydan qo`l b-n siqib yoki og`iz b-n so`rib qon bilan birga chiqarib yuboriladi, jarohatga margansovka, sirka yoki so`dali suv b-n hollangan bint yoki paxta bosiladi.
Toshbaqaning kosasi nimalar bilan tutashgan?Qovurg’alar,umurtqalar va o’mrov suyaklari bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |