Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa-qalqon bilan


Download 297.44 Kb.
bet87/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Toshbaqatanasi nimalar bilan qoplangan?Orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa-qalqon bilan.

Biron bir xavf tug’ilganda toshbaqalarda qanday holat kuzatiladi?Boshi,oyoqlari va dumini kosasi ichiga tortib oladi.

Toshbaqalarning tishlari qanday tuzilgan?Tishlari rivojlanmagan.

Toshbaqalarning tili qanday bo’ladi?Yo’gon va go’shtdor.

Toshbaqalarning qaysi organi juda harakatchan bo’ladi?Boshi.

Toshbaqalarning jag’lari nimalar bilan qoplangan?Shoxsimon plastinkalar bilan.

Toshbaqalarning qaysi organlari yaxshi rivojlangan?Ko’zi hamda hid bilish organlari.

Toshbaqalarning qaysi organlari harakatchan birikkan va qaysilari harakatsiz birikkan?Umurtqa pog’onasida bo’yin va dum umurtqalari o’zaro harakatchan,boshqa umurtqalari orqa kosasi bilan harakatsiz birikkan.

Toshbaqalar qayerlarda hayot kechiradi?Ko’pchiligi quruqlikda, ayrimlari suv havzalarida.

Chuchuk suvda hayot kechiradigan toshbaqalar bilan dengizda hayot kechiradigan toshbaqalarning farqi?Chuchuk suvdagilarining barmoqlari orasida pardalari bo’ladi,dengiz toshbaqalarning oyoqlari eshkakka aylangan.

O’rta Osiyo toshbaqasi qayerlarda keng tarqalgan?Mamlakatimizning cho’l va adirlarida,ayniqsa lalmikor yerlarda.

Toshbaqa nimalar bilan oziqlanadi va qanday ziyon keltiradi?Yovvoyi o’simlik maysalari bilan oziqlanib, ba’zan bug’doy va bedalarning maysalarini yeb ziyon keltiradi.

Jazirama yoz boshlanib, maysalar qurib qolganda toshbaqalar nima qiladi?Kuz kirguncha uyquga ketadi.

Yevropaning janubida qaysi toshbaqa uchraydi?Botqoq toshbaqasi.

Botqoq toshbaqasi nimalar bilan oziqlanadi?Suvda uchraydigan umurtqasiz hayvonlar bilan.

Uzoq Sharq suv havzalarida yashaydigan toshbaqa?Terili toshbaqa.

Terili toshbaqa boshqa toshbaqalardan qanday farq qiladi?Kosasi bo’lmaydi.

Tropik dengizlarda qaysi toshbaqa uchraydi?Dengiz toshbaqasi.

Eng yirik toshbaqa va uning og’irligi?Dengiz toshbaqasi, 300 kg.

Dengiz toshbaqasi qachon qirg’oqqa chiqadi?Tuxum qo’yish uchun.

Toshbaqalar yil fasllarining qasyi birida ko’p uchraydi?Bahor va kuzda.

Timsoh tanasining uzunligi qanchagacha bo’ladi?7 – 10 m gacha.

Timsohlarning qaysi oyoq barmoqlariga parda tortilgan?Orqa oyoq barmoqlariga.

Timsohlarning terisi orqa tomondan nima bilan qoplangan?Juda qalin qalqon bilan.

Timsohlar qaysi organi yordamida suzadi va sho’ng’iydi?Ikki yonidan siqilgan kuchli uzun dumi yordamida.

Timsohlar oziqlanish usuliga ko’ra qanday hayvon?Yirtqich hayvon.

Timsohlarning ko’zlari va burun teshigi qayerda joylashgan?Boshi ustidagi maxsus bo’rtiqchalarda.

Suvda suzayotgan timsohning qaysi organlari suvdan tashqariga chiqib turadi?Burun teshiglari va ko’zlari.

Timsohlar urg’ochisining vazifasi?Qirg’oqqa chiqib, o’zi qazigan chuqurga o’nlab tuxum qo’yadi va ko’pincha tuxumlarni qo’riqlaydi.

Timsohlarning o’pkasiga ta’rif bering?O’pka bo’shlig’i to’siqlar bilan ko’plab kameralarga bo’lingan.

Timsohlarning yuragi necha kamerali?4 kamerali.

Timsohlarda vena va arteriya qoni qachon aralashadi?Yurakdan chiqqandan so’ng.

Timsohlar terisidan nima maqsadda foydalaniladi?Chiroyli portfel,sumka va oyoq kiyimlari.

Qaysi mamalkatlarda timsohlar teri olish maqsadida maxsus hovuzlarda boqiladi?Kubada.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling