Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet85/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Tangachalar kaltakeskning barmoqlari uchida nimalarni hosil qiladi?O’tkir tirnoqni.

Yoz mavsumida kaltakesak necha marta tullaydi?4 – 5 marta.

Kaltakesak tullaganida uning eski terisi qanday ko’chib tushadi?Parcha – parcha.

Kaltakesakning boshi tanasiga nechta umurtqalar orqali birikkan?8 ta.

Kaltakesakning qaysi suyaklari ko’krak qafasini hosil qiladi?Ko’krak umurtqalari qovurg’alar va to’sh suyagi birgalikda.

Kaltakesakning ko’krak qafasi qanday hosil bo’lgan?Ko’krak umurtqalarining har biriga 2 yon tomondan 1 tadan qovurg’alar tutashagan bo’lib, ularning 2-uchi to’sh suyagiga tutashagan .

Kaltakesakning ko’krak qafasida qaysi organlar joylashgan?O’pka,yurak.

Kaltakesakning o’pkasi baqanikidan qanday farq qiladi?Baqanikiga nisbatan murakkab tuzilgan bo’lib, o’pka devori ko’plab xaltachalarga bo’lingan.

Nima uchun kaltakesak o’pkasining gaz almashinadigan yuzasi ancha kengaygan?O’pka devori ko’plab xaltachalarga bo’lingani uchun.

Kaltakesakning qaysi sistemalari suvda hamda quruqlikda yashovchilarga o’xshaydi?Ovqat hazm qilish,ayirish va nerv sistemasi.

Nima uchun sovuq tushishi bilan kaltakesaklarning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari karaxt bo’lib qoladi?Sovuqqonli hayvonlar bo’lgani uchun tanasining harorati atrof-muhit haroratiga bog’liq bo’lganligi.

Kaltakesakning qaysi nerv sistemasi baqanikiga nisbatan kuchli rivojlangan?Miyachasi.

Sudralib yuruvchilarning tuxumi qayerda urug’lanadi?Urg’ochisining tuxum yo’lida.

Nima uchun kaltakesaklar suvda hamda quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat qiladi?Miyachasi yaxshi rivojlanganligi uchun.

Kaltakesaklar uchun … xos?Ichki urug’lanish.

Bahor oyining oxiri va yoz boshlarida kaltakesaklar nechta tuxum qo’yadi?5 – 15 ta

Tuxum po’chog’i qanday vazifani bajaradi?Tuxumni qurub qolishdan saqlaydi.

Tuxum sariqligi nimada ishtirok etadi?Rivojlanayotgan murtak uchun ozuqa.

Tangachalilar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?Kaltakesaklar va ilonlar.

Kaltakesaklarda regeneratsiya jarayoni qanday kuzatiladi?Yirqich hayvon kaltakesak dumidan oladigan bo’lsa, u dumining bir qismini tashlab qochadi.

Kaltakesakning dumini uzib tashlash … tarzda sodir bo’ladi?Reflektor.

Kaltakesakning jarohatlangan joyidan nega qon oqmaydi?Jarohatlangan joy atrofidagi muskullarning tez qisqarishi tufayli.

Cho’llarimizda qaysi kaltakesaklar uchraydi?Dasht agamasi,kulrang echkemar va oyoqsiz kaltakesak(sariq ilon).

Gekkonlarni qayerda uchratish mumkin?Eski imoratlar devorida.

Gekkonlar qachon va nimalar bilan oziqlanadi?Tunda, har xil hasharotlar va o’rgimchaklar bilan.

Eng yirik kaltakesak?Echkemar.

Oyoqsiz kaltakesaklar?Sariq ilon va urchuqsimon kaltakesak.

Oyoqsiz kaltakesaklardan ilonlar qanday farq qiladi?Ko’zlarining tuzilishi bilan.

Ilonlar qanday harakatlanadi? Gavdasini egib, qovurg`alariga tayangan holda.

Ilonlarning qaysi organi bo`lmaydi? Haqiqiy qovoqlari va oyoqlari.

Ilonlarni ko`zini nima qoplab turadi? Shaffof qovoqlari, soat oynasi singari.

Ilonlar tulaganda terisi qanday tushadi? Paypoqqa o`xshab yahlit tushadi.

Ilonlarning qaysi organ suyaklari cho`zuluvchan paylar yordamida harakatchan birikkan? Yuqori va pastki jag`lari.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling