Qaldirg’ochlar qayerlarga uya quradi?Ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to’sinlarga,ba’zan devorga so’lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi.
Qaldirg’ochlar nechtagacha tuxum qo’yadi?4 – 6 tata.
Qaldirg’ochlar bolalarini nima bilan boqadi?Hasharotlar bilan.
Uchib kelayotgan qaldirg’och nima uchun suv yuzasiga tegib o’tadi?Cho’miladi va suv yetadi.
Chumchuqsimonlarning eng yirik turlari?Go’ngqarg’a,zog’cha,olaqarg’a.
Go’ngqarg’a qishlash uchun qayerga uchib keladi va qachon uchib ketadi?O’lkamizga uchib keladi va mart oyida uchib ketadi.
Qaysi qushlar birgalikda katta gala hosil qiladi?Zog’cha va go’ngqarg’a.
Katta galalar qayerlarda tunaydi?Baland daraxtlarning shoxida.
Chumchuqsimonlarning ko’pchilik turlari … parrandalar?Hamma narsalarni yeydigan.
Chumchuqsimonlardan qaysi turlari qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi?Chug’urchuq,qaldirg’och.
Chunchuqsimonlarning qaysi turlari qanday ziyon keltiradi?Chumchuqlar va chug’urchiqlar,pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb ziyon keltiradi.
Qaldirg’ochlarning bitta oilasi yoz mavsumida qanchagacha zararkunanda hasharotlarni qiradi?1 mln ga yaqin.
Kaptarsimonlar turkumiga qaysi qushlar kiradi? Ko’k kaptar va musicha.
Ko’k kaptar va musicha qayerlarda ko’p uchraydi?Shahar va qishloqlarimiz ko’chalari va xiyobonlarda.
Ko’k kaptar nimalar bilan oziqlanadi?To’kilgan donlar va yovvoyi o’tlarning urug’lari bilan.
Ko’k kaptarlar qayerlarga uya quradi?Jarliklar,qoyalar,tashlandiq imoratlar va baland binolar chordoqlariga.
Xonaki kaptar zotlarining nasl boshi?Ko’k kaptar.
Qaysi qush juft bo’lib yashaydi va yil davomida 5 marta bola ochadi?Musicha.
Musichalar nimalar bilan oziqlanadi?Ko’pincha oziq axtarib, odamlar uylariga kirib qoladi va har xil don va sabzavot mevalarning urug’lari bilan oziqlanadi.
Tuvaloqlar va tuyaqushlar qayerlarda tarqalgan?Ochiq dasht va cho`llarda.
Cho`l qushlari qayerlarga tuxum qo`yib bola ochadi?Yerga.
Nima uchun cho`l qushlari dushmanlardan oson qutiladi va ularni tez payqaydi?Oyoqlari va bo`yni uzun va baqquvat ,patlari yer rangida bo’lganligi uchun.
Tuvaloqlar nimalar bilan oziqlanadi?Yovvoyi o’simliklar bargi,novdasi,urug’lari,yer osti tugunaklari,har xil hasharotlar,kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.
Tuvaloqlar qayerlarga tuxum qo’yadi?Urg’ochisi tuproq ustidagi chuqurchaga bir nechta tuxum qo’yib, bosib yotadi.
Qaysi tuvaloq noyob qush sifatida O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan?Yo’rg’a tuvaloq.
Yo’rg’a tuvalog’i qayerlarda uchraydi?O’zbekistonda.
Tuyaqushlar boshqa qushlardan nimasi bilan farq qiladi?Yirikligi,qanotlari uchishga moslashmagan,patlari yelpig’ich hosil qilmaydi.
Tuyaqushning qaysi suyagi rivojlanmagan?Toj suyagi.
Tuyaqushning oyoqlari necha barmoqli?2 ta.
Tuyaqushning oyoqlari nima uchun issiq qumda ham qizib ketmaydi?Tovoni qalin teri bilan qoplanganligidan.
Tuyaqush nimalar bilan oziqlanadi?Yovvoyi o’simliklar urug’i,yirik hasharotlar bilan.
Afrika tuyaqushining bo’yi va vazni qancha?Bo’yi 3 m, vazni 100 kg.
Tuyaqushlar soatiga qanday tezlikda yugura oladi?60 – 70 km.
Tuyaqushlar qayerlarda kichik gala bo’lib yashaydi?Afrika dashtlarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |