Parlarning vazifasi?Issiqlikni yaxshi saqlaydi.
Qushlar tullaganida qanday o’zgarish sodir bo’ladi?Eski patlar to’kilib, o’rniga yangi patlar hosil bo’ladi.
Ba’zi suv qushlarining dum asosida nima bo’ladi?Dumg’aza bezi.
Dumg’aza bezining vazifasi?Yog’simon suyuqlik ishlab chiqaradi.
Dumg’aza bezidagi yog’ning vazifasi?Patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi.
Suvda suzadigan qushlarning tanasi nimaga suv o’tkazmaydi?Patlari yog’langan bo’ladi.
Qushlarda terining ustki qismi o’garishidan hosil bo’lgan organlar?Pat qoplami,tumshug’i,oyoq qoplamlari va tirnoqlar.
Qushlar tanasining qaysi qismida patlar bo’lmaydi?Oyoqlarida.
Qushlar oyog’i terisidagi mayda tangachalar sudralib yuruvchilarning qaysi organiga o’xshaydi?Terisidagi muguz tangachalarga.
Qushlarning qaysi organlari ham muguzdan iborat?Patlari,tumshug’i,tirnoqlari.
Qushlar skeleti qanday qismlarga bo’linadi?Bosh,umurtqa,qanot,oyoq hamda yelka va chanoq kamari skeletidan iborat.
Qushlarning skelet tuzilishi … aks ettiradi?Uchishga moslashganligini.
Qushlar naysimon suyaklari nima sababdan yengil bo’ladi?Suyaklarining bo’shlig’ida havo bo’lganligi uchun.
Qushlarning skeleti sudralib yuruvchilarning skeletidan asosiy farqi?Suyaklarining qo’shilib o’sganligi tufayli ancha pishiq va mustahkam bo’lganligi bilan.
Bosh skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?Bosh qutisi,yirik ko’z kosasi,yuqori va pastki jag’lar.
Jag’lar muguz bilan qoplangan bo’lib nimaga aylangan?Tumshuqqa.
Qushlarning qaysi organlari bo’lmaydi?Tishlari.
Bosh skeletining qaysi qismi harakatchan?Pastki jag’.
Qushlarning umurtqasini qaysi bo’limi harakatchan?Bo’yin umurtqalari.
Qushlar boshini necha gradusgacha bura oladi?180o C.
Umurtqa pog’onasining qaysi bo’limi harakatsiz birikkan?Ko’krak.
Qaysi suyaklar birikib, yagona dumg’aza suyagini hosil qiladi?Bel, dumg’aza va dum.
Dum suyagi qushlarning qaysi patlari uchun tayanch bo’la oladi?Dumidagi burilish patlari uchun.
Qushlarning ko’krak qafasini qaysi suyaklar hosil qiladi?Ko’krak bo’lim umurtqalari,qovurg’alar va to’sh suyagi birgalikda.
Toj suyagining pastki tomoni kengayib nimani hosil qiladi?Qayiqqa o’xshash ko’krak toj suyagini.
Ko’krak toj suyaklariga qaysi muskullar birikkan?Qanotlarni harakatga keltiruvchi muskullar.
Qanot kamari qanday suyaklardan iborat?Ko’krak tirgak,kurak va o’mrov.
Qaysi suyakning pastki uchi tutashib ayri hosil qiladi?O’mrov suyagi.
Qanotning erkin suyaklari qaysilar va ularni juftlab ayting?1 ta yelka,2 ta bilak(tirsak va bilak) va bir nechta panja suyaklar.
Qushlarning qanotlari necha barmoqli bo’ladi?3 ta.
Qushlar uchganda asosiy og’irlik qaysi suyaklarga tushadi?Barmoq va mayda panja suyaklarga.
Oyoq kamari skeleti qanday suyaklardan iborat?3 juft chanoq suyaklardan.
Chanoq suyaklari qaysi suyaklari bilan qo’shilib ketgan?Bel,dumg’aza va dum umurtqalari bilan.
Oyog’ining erkin suyaklarini ayting?Son, 2ta boldir, ilik va barmoq.
Qaysi suyaklar faqat qushlar uchun xos?Ilik.
Ilik suyak qaysi suyaklarning qo’shilishidan hosil bo’ladi?Bir nechta mayda suyaklarni qo’shilishidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |