Qaysi qushlar ayrim so’zlar hatto boralarni eslab qolib takrorlashi mumkin?Qarg’a,mayna,qorayaloq ayniqsa to’tilar.
Qushlarda qaysi reflekslar oson hosil bo’ladi?Shartli refleks.
Qushlar qachon ko’payishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi?Havo isiy boshlashi bilan bahorda.
Qushlarning ko’payishi nima bilan bog’liq?Tuxumdan chiqadigan jo’jalari uchun oziqning mo’l-ko’l bo’lishi bilan bog’liq.
Qaysi qushlar 1 mavsumiy juft hosil qiladi?Chumchuqsimonlar va musichalar.
Qaysi qushlarning jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi?Yirtqichlar,laylaklar va qarqaralar.
Tovuqsimonlardan qaysilari 1 mavsumiy juft hosil qiladi?Qurlar va karqurlar.
Erkak qushlar qanday jarayonlarni amalga oshirib urg’ochisini taklif etadi?Sayraydi yoki raqsga tushganday harakat qiladi.
Karqurlar va qurlar urg’ochisini qanday qilib jalb etadi?Xo’rozlari katta maydonga yig’iladi va ular qanotlarini yoyib, o’zini ko’rsatishga harakat qiladi.Ularda vaqtincha jangler ham bo’lib turadi.
Qaysi qushlar oddiy kosasimon uya quradi?Yirtqich qushlar,laylaklar,kaptarlar,go’ngqarg’lar.
Kosasimon uya quruvchi qushlar uyalarini qayerlarga quradi?Novdaga,butoqqa.
Qaysi qushlar daraxtlarning kovagiga in quradi?Qizilishton va chittak.
O’rdak va turnalar qayerlarga uya quradi?Yerga.
Qaldirg’ochlar qayerlarga uya quradi?Uylarning bo’g’oti ostidagi yog’och to’sinlar ustiga yoki devorlarga yumaloqlangan loyni so’lagi bilan yopishtiradi.
Qaysi qushlar uya qurmaydi?Kakku va kayra.
Qaysi qushlar boshqa qushlar uyasiga tuxumlarini qo’yadi?Kakku.
Kayra qayerlarga tuxum qo’yadi?Yalong’och qoyalarga tuxum qo’yib, uni bosib yotadi.
Qushlar tuxumining tuzilishini ayting?Tashqi tomondan qalin po’choq,ichki qismi oqsilsimon suyuqlik va markazida sariqlikdan.
Tuxum sariqligi nima yordamida osilib turadi?Kanopcha yordamida.
Murtak qayerda joylashgan?Sariqlik sirtida.
Jo’ja ochadigan qushlar?Qirg’ovul,bedana,o’rdak,g’oz,tovuqlar.
Jish bola ochadigan qushlar?Kaptar,qaldirg’och,chumchuq,qarg’a,musicha,laylak.
Jo’janing bilan jishdan farqli tomoni?Tanasi pat bilan qoplangan,ko’zlari ochiq;jish jo’jada esa ko’zlari yumuq va patlari bo’lmaydi.
Qushlarning nasliga g’amxo’rlik qilishi qanday jarayon bilan bog’liq?Tuxum bosish,jo’jalarni boqish,isitish va himoya qilish.
Qaysi qushlar dushmanini ko’rganda ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni chaqiradi?Chug’urchuqlar.
Qaysi qushlar xavf tug’ilganda tovushi bilan jo’jalarini ogohlantiradi?Jo’ja ochadigan qushlar.
Yo’rg’a tuvalog’ining urg’ochisi yirtqich hayvonni o’ziga tortish va jo’jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun qanday nayrang ishlatadi?U yaralangan holatga kelib,qanotini sudraganicha yirtichning oldiga tushib, yugura boshlaydi.
Qushlar qaysi hayvonlarda kelib chiqqan?Sudralib yuruvchilardan.
Eng qadimgi qush?Arxeopteriks.
Arxeopteriks qaysi belgilari bilan sudralib yuruvchilarga o’xshaydi?Jag’lari,tishlari va 20 ta umurtqadan iborat demining bo’lishi.
Arxeopteriks qaysi belgilari bilan qushlarga o’xshaydi?Tanasining patlar bilan qoplanganligi,oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi.
Arxeopteriksda qaysi organlarining bo’lishi uning daraxtda yashaganligini ko’rsatadi?Oyoqlaridagi barmoqlarining biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaragan bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |