Qaysi qush uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, lekin yerda besunaqay qadam tashlaydi?Tasqara.
Tasqara nimalar bilan oziqlanadi?Hayvonlarning o’laksasi bilan.
Tasqarani hayvonlarning o’laksasi bilan oziqlanishiga sabab?Tirnoqlarining kuchsiz bo’lishi.
Tasqaraning qaysi organi kuchli rivojlangan?Uchi qayrilgan tumshug’i.
Kunduzgi yirtqich qushlarning foydali tomonlari?Zararkunanda,kemiruvchilar,hasharotlar,kasal qari hayvonlarni yeb ular hayvonlarni naslini sog’lomlashtirishga yordam beradi.
Yapaloqqushlar qanday hayot kechirishga moslashgan?Tunda hayot kechirishga.
Yapaloqqushlarga qaysi qushlar kiradi?Ukki,boyo’g’li,boyqush.
Yapaloqqushlarning qaysi organlari tirik o’ljani tutishga yordam beradi?Uchi qayrilgan tumshug’i va o’tkir tirnog’i.
Yapaloqqushlarning ko’zlari qanday tuzilgan?Katta,ko’z qorachig’i keng ochiladi.
Yapaloqqushlarning qaysi organi kuchli rivojlangan?Sezgir quloqlari.
Yapaloqqushlar uchganida nima uchun ovoz chiqarmaydi?Patlari g’ovak vaq yumshoq bo’lganidan.
Tungi yirtqichlar nima uchun yapaloqqushlar turkumiga kiritilgan?Yuzi yapaloq yuraksimon bo’lgani uchun.
Eng yirik yapaloqqush?Ukki.
Ukki yapaloqqushlardan nimasi bilan ajralib turadi?Boshining ustida quloqqa o’xshash ikki to’p pati dikkayib turadi.
Ukki nimalar bilan oziqlanadi?Turli kemiruvchilar ba’zan o’rgimchak va ayrim qushlar bilan.
Qaysi yapaloqqush kechqurunlari simyog’och yoki daraxtning qurigan shoxida o’tirib o’ljani poylaydi?Boyo’g’li.
Boyo’g’lining foydali tomonlari?O’simliklarga ziyon keltiradigan qo’ng’iz,chigirtka va kemiruvchilarni qirib.
Qushlar tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati?Zararkunanda,kasallik tarqatuvchi hasharotlar va kemiruvchilarni qirib ular sonini cheklab turadi,ularning o’zi ham ko’pchilik hayvonlar uchun oziq bo’ladi,meva va urug’lar bilan oziqlanib, o’simliklarni tarqalishiga yordam beradi,nektar bilan oziqlanib, gullar changlanishiga yordam beradi.Ularning axlati esa N2 va P li moddalarga boy o’g’it hisoblanadi,sayroqi qushlar esa odamlarning kayfiyatini ko’taradi.
Go’shti uchun va sport usulida ovlanadigan qushlar?Kaklik ,qur,qirg’ovul,o’rdak,g’oz,bedana,kaptar.
Qaysi qush uyasidan yig’ib olinadigan pari yengil sanoatda foydalaniladi?Gaaga.
Qushlarni muhofaza qilish uchun nima qilish kerak?Ularni bezovta qilmaslik va uyalarini buzmaslik,ularni dalaga jalb etish uchun dalalar chetiga daraxtlar ekish,yirtqich qushlar uchun dam oladigan baland ustunlar o’rnatish,qor ko’p yog’gan kunlari ularga donxo’raklar yasash.
Yer yuzida qushlarning qancha turi ma’lum?9000 turi.
Qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish maqsadida xonaki parrandalardan qaysilari boqiladi?Tovuq,o’rdak,g’oz,kurka,bedana.
Zotlar …?odamlar tomonidan suniy yaratilgan xonaki hayvonlar.
Parrandalar orasida eng ko’p boqiladigani qaysi?Tovuqlar.
Hozirgi tovuq zotlari qaysi tovuqlardan kelib chiqqan?Tropik o`rmonlarda yashaydigan Bankiv tovuqlardan.
Bundan taxminan … yil ilgari qadimgi … bankiv tovuqlari xonakilashtira boshlangan?4500 yil,Hindistonda.
Beradigan mahsulaotlariga ko`ra hozirgi tovuqlar qanday yo`nalishdagi zotlarga ajratiladi?Go`sht,go`sht-tuxum,tuxum.
Tuxum yo`nalishidagi tovuq zotlari qaysilar?Rus oq tovug`i,Lekgorn.
Tuxum yo`nalishidagi tovuqlarning og`irligi?1.6-2.4 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |