Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet82/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti nimalar orqali umurtqa pog’onasi bilan tutashgan?Kamar suyaklari.

Baqalarning yelka kamari suyaklari nimalardan iborat?2 tadan ko’krak tirgak,umrov,kurak suyaklar.

Baqalar kamari suyaklarining ikkinchi uchi nimaga tutashgan?To’sh suyagi.

Baqalaning orqa oyoqlar kamarini qaysi suyaklar tashkil etadi?3 ta chanoq suyaklari.

Baqalarda tayanch vazifasini qaysi suyaklari bajaradi?Chanoq.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar nima uchun baliqlarga nisbatan xilma – xil va murakkab harakat qiladi?Oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o’zaro bo’g’imlarga harakatchan birikkani sababli.

Baqaning qaysi organlari rivojlanganligi quruqlik muhitiga moslashganligini ko’rsatadi?Yapaloq gavdasi,2 juft oyoqlari,qovoqlari.

Baqalarning nam sharoitga moslashganligi qanday bilish mumkin?Terisi yupqa va nam bo’lishi hamda terisining nafas olishda ishtirok etishi.

Baqaning hazm qilish organlarini ketma – ketlikda sanang?Og’iz bo’shlig’i,halqum,qizilo’ngach,oshqozon,ichak,kloaka.

Baqaning hazm qilish organlari qaysi hayvonnikiga o’xshaydi?Baliqlarnikiga.

Baqalarning og’iz boshlig’ida qaysi organlari joylashgan?Harakatchan tili va jag’lari.

Baliqlarning hazm qilish sistemasi nimasi bilan baqalardan farq qiladi?Oshqozonining bo’lmasligi bilan.

Baqaning tishlari qanday shaklda va qayerda joylashgan?Konussimon bo’lib,yuqori jag’i va tanglayida.

Baqa ichagining kengaygan qismi nimani hosil qiladi?Kloaka.

Baqalar qaysi organlari yordamida nafas oladi?O’pka va terisi orqali.

Baqaning o’pkasi qanday bo’limlardan iborat?1 juft xaltachalarda.

O’pka xaltacha devori terisi nimalar bilan qoplangan?Kapillarlar bilan.

Baqa nafas olganda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Tomoq pastga tortiladi,og’iz bo’shlig’iga havo to’lib, o’pkaga o’tadi.

Baqa nafas chiqarganda qanday o’zgarishlar kuztiladi?Tomoqi yuqoriga ko’tariladi, o’pkadagi CO2 og’iz bo’shlig’i burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi.

Baqaning qon aylanish sistemasi organlari nimlardan iborat?Yurak,arteriya,vena va kapillar qon tomirlaridan.

Baqaning yuragi nechta kameradan tashkil topgan va qaysilar?3 ta kameradan tashkil topgan, 2 ta bo’lmacha va 1 qorincha.

Baqalarning katta qon aylanish sistemasi qayerdan boshlanib, qayerda tugaydi?Yurak qorinchasidan boshlanib yurakning o’ng bo’lmachasida tugaydi.

Katta qon aylanish sistemasini ayting?Yurak qorinchasidan chiqqan qon arteriya qon tomiri orqali barcha to’qima orgalariga borib, ularga kislorod bilan oziq moddalarni berib, o’ziga CO2 li zararli moddalarni biriktirib olib, yurakning o’ng bo’lmachasiga kelb quyuladi.

Kichik qon aylanish doirasi qayerdan boshlanib, qayerda tugaydi?Yurakning qorinchasidan boshlanib,yurakning chap bo’lmachasida tugaydi.

Kichik qon aylanish sistemasini ayting?Yurak qorinchasidan chiqqan qon o’pka arteriyasi qon tomiri orqali o’pkaga borib,kislorod bilan to’yinib, yurakning chap bo’lmachasiga kelib quyiladi?

Suvda va quruqlikda yashovchilarning qoni qanday?Aralash qon.

Baqaning ayirish sistemasi qaysi hayvonlarnikiga o’xshaydi?Baliqlarnikiga.

Baqalarning 1 juft buyraklari qayerda joylashgan?Qorin bo’shlig’ida,umurtqa pog’onasining yon tomonlarida.

Baqalarning buyragidan chiqqan ingichka naycha nima deb ataladi?Siydik yo’llari.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling