Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Sovuqqonli hayvon,ularning tana harorati tashqi muhit tasirida o`zgarib turadi


Download 297.44 Kb.
bet77/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Baliqlar qon aylanish sistemasiga ko`ra qanday hayvon?Sovuqqonli hayvon,ularning tana harorati tashqi muhit tasirida o`zgarib turadi.

Baliqlarning markaziy nerv sistemasi nimalardan tashkil topgan? Bosh miya va orqa miyadan.

Orqa miya qanday shakilda va qayerda joylashgan?Uzun nay va umurtqa pog`onasi nayida.

Orqa miyaning ikki yonida qaysi organlarga nervlar chiqqan?Ichki organlarga,suzgichlarga ,teri va muskullarga.

Bosh miya qayerda joylashgan?Miya quttisi ichida.

Bosh miya nimaning o`zgarishidan hosil bo`lgan?Nerv nayining oldingi qismining o`zgarishidan.

Bosh miya qanday qismlardan iborat?Oldingi miya,oraliq miya,o`rta miya,miyacha va uzunchoq miya.

Miyacha va uzunchoq miyalarning vazifasi?Harakatlanish,nafas olish,qon aylanish,hazm qilish.

Baliqlar sezgi organlari yordamida qanday jarayonlar boradi?O`z ozig`ini topadi,yaqinlashgan dushmanini sezadi.

Bliqlarning ko`zi qanday va qayerda joylashgan?Qovoqsiz,boshining ikki yonida joylashgan.

Baliqlarning ko`rish mosofasi qanday?Yaqin masofadan.

Baliqlar ko`zlari nimalarni yaxshi farqlaydi?Narsalarning shaklini va rangini.

Baliqning burun teshigi qanday xaltachalarga ochiladi?Hid sezuvchi hujayralarga ega bo’lgan xaltachalarga.

Baliqning eshitish organi qayerda joylashgan va nimadan iborat?Miya qutisining ikki yonida joylashgan bo’lib, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat.

Baliqlar qanday tovushlarni yaxshi eshitadi?Qirg’oqda yurgan odam qadami,suzib kelayotgan qayiq ovozi,qo’ng’iroq va o’q tovushlarini.

Baliqning tam bilish hujayralari qayerda joylashgan?Og’iz bo’shlig’i,halqumi va butun tana yuzasida.

Baliqlarning mo’ylovlari qanday vazifani bajaradi?Tuyg’u.

Baliqlarning yon chiziqlari qayerda va qanday joylashgan?Tanasining 2 yonida qator bo’lib joylashgan teshikchalardan iborat.

Baliqning yon teshikchalari qanday naylar bilan tutashgan?Maxsus sezuvchi hujayralari bo’lgan naylar bilan.

Baliqlarning yon chiziqlari qanday ahamiyatga ega?Suv oqimi,suv ostidagi narsalarni sezish,ko’r bo’lib qolgan baliq ham to’siqlarni sezadi va harakat qilayotgan o’ljasini tutib oladi.

Shartsiz(instinkt) refleksga ta’rif bering?Irsiy bo’lib,hayot davomida o’zgarmasdan saqlanib qoladi va nasldan-naslga o’tadi.

Bir turga kiruvchi hamma hayvonlarning qaysi xususiyatlari bir xil bo’ladi?Shartsiz (instinkt) reflekslari.

Shartli refleksga ta’rif bering?Hayot davomida hosil bo’ladigan,nasldan-naslga o’tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.

Baliqning sezgi organlari qaysilar?Ko’z,eshitish,tam bilish organlari, yon chiziqlari.

Zog’ora baliq urg’ochisining jinsiy organlari qayerda joylashgan va nimalardan iborat?Tana bo’shlig’ida,yirik urug’donlardan iborat.

Zog’ora baliq erkaklarining jinsiy organlari qanday tuzilgan?Bir juft uzun urug’donlardan.

Zog’ora baliq erkagining urchish davrida urug’donlari nima bilan to’ladi va ularda nimalar yetiladi?Quyuq oq suyuqlik “sut”, millionlab urug’ hujayralari(spermatozidlar).

Baliqlarning jinsiy hujayralari yetila boshlashi bilan ularda qanday jarayon kuzatiladi?Ko’payish instinkti paydo bo’ladi.

Instinkt baliqlarni nimaga undaydi?Tuxum qo’yish va nasl qoldirish uchun qulay joy axtarishga

Ba’zi baliqlar qayerlarga tuxum qo’yadi?Suv havzalarining oqmaydigan joylariga, ba’zilari suv oqib turadigan joylariga.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling